Diqqat e`lon! Institutimizning iqtidorli va izlanuvchan talaba yoshlari diqqatiga!


Download 49 Kb.
bet1/3
Sana09.10.2023
Hajmi49 Kb.
#1696459
  1   2   3
Bog'liq
Startap Innowek elon


DIQQAT E`LON!
INSTITUTIMIZNING IQTIDORLI VA IZLANUVCHAN TALABA YOSHLARI DIQQATIGA!

Aziz talabalar! Institutimiz rektorining 2023-yil 6-sentyabrdagi 159-son bilan tasdiqlangan buyrug'i ijro ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 16-20 oktyabr kunlari "Innowek-2023" haftaligi o‘kaziladi.


Shuningdek 19 – oktyabr kuni Yoshlar akademiyasi forumi o‘tkaziladi. Forumda Institutning Yoshlar akademiyasi lideri va fekultet liderlari e’lon qilinadi. Forum doirasida "Mening startap loyiham" tanlovining saralash bosqichi o‘tkaziladi.
Agar sizda tashabbusli start-up va biznes loyihalar hamda ratsionalizatorlik g‘oyalari mavjud bo‘lsa «START UP» loyihalarini tanlab olish boʻyicha "Mening startap loyiham" tanlovida ishtirok eting va gʻolib boʻling! Tanlovda ilmiy ishlanmasi yoki startap loyihasi bor o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishlanma va startaplar moliyalashtiriladi hamda mualliflari mukofatlanadi.
Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha startup loyihalar qabul qilinadi:
-texnika;
- axborot texnologiyalari;
- fan va taʼlim;
- energiya tejamkorlik;
- ijtimoiy-iqtisodiy.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 07.10.2023 dan 14.10.2023 ga qadar oʻz loyihalarini 1-ilovada keltirilgan (Start up loyihalarini tanlab olish boʻyicha “Eng yaxshi innovatsion gʻoya egasi” tanlovi asosnomasi) shaklda rasmiylashtirib, Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga topshirishlari mumkin.
Loyihasi tanlab olingan talabgorlar ekspertlar huzurida oʻz loyihalarini himoya qilishlari shart (taqdimoti oʻtkaziladi). Taqdimotga loyihaning sanoat ishlanmasi (maketi) bilan kelishingiz so‘raladi (IT sohasiga oid loyihalar bundan mustasno). Loyiha taqdimotlari ekspertlar tomonidan 19 - oktyabr kuni ko‘rib chiqiladi.
Shoshiling, koʻrsatilgan muddatdan kech qolgan talabgorlarning loyihalari qabul qilinmaydi.

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling