Aqliy qobiliyatni rivojlantirish asoslari
Download 470.51 Kb. Pdf ko'rish
|
Vroom BrainBuildingBasics UZB LI NoCrop 200323
Aqliy qobiliyatni rivojlantirish asoslari ™ Biz bolalarning erta o‘rganish ilmini soddalashtirdik! Istalgan paytda farzandingiz miyasini rivojlantirishga yordam berishga mo‘ljallangan ushbu 5 ta usulni eslab qoling. Qarash Bolalar o‘rganish uchun ko‘zlaridan foydalanadi. Farzandingiz e’tiborini nima jalb etishiga e’tibor qiling va u bilan o‘sha narsa haqida gaplashing. Yoki u bilan ko‘z urishtirng, so‘ngra tabassum qiling, gaplashing, quchoqlang yoki yuzlaringizni har xil kulgili holatga soling! Ergashish Bolalar o‘zining ko‘rsatayotgan namunasiga ergashganingizda yaxshiroq o‘rganadi. Farzandingiz so‘zlari, tovushlari, harakatlari va fikrlariga o‘zingizni chog‘lang! Ular sizga o‘zingizning so‘z va harakatlaringiz bilan javob qaytaradi. Suhbatlashish Bolalarning miyasi ular bilan suhbatlashayotganingizda yoki bir-biringizning tovushlaringizni takrorlayatganingizda chaqnab ketadi. Kuningiz, oziq-ovqatingiz va atrofingizdagi narsalar haqida suhbatlashing yoki suhbat qiziq bo‘lishi uchun tovushlarni cho‘zib talaffuz qiling! Kengaytirish Siz bolalarga keyinchalik o‘rganish ko‘lamini kengaytirishida yordam bersangiz, ularning miyasi kuchli rivojlanadi. O‘sha ruhda davom ettiring: farzandingizdan nima, qachon, qayerda, qanday qilib va nega so‘zlari bilan boshlanuvchi savol so‘rang! Navbat almashing Bolalar birga o‘ynayotgan, suhbatlashayotgan yoki biror yangi narsani kashf qilayotganingizda, navbati bilan gaplashishdan ko‘p narsa o‘rganadi. Ular yurgandan so‘ng siz navbat oling. Keyin takrorlang: ular yuradi, siz yurasiz, ular yuradi, siz yurasiz! © 2019 Vroom, Bezos oilasi jamg‘armasi dasturi vroom.org vebsaytidan ko‘proq ma’lumot oling Download 470.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling