"Aqlli" (aqlli) boshqaruv. Modellashtirish, prognozlash va boshqarish uchun neyron tarmoq texnologiyalari


Download 72.83 Kb.
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi72.83 Kb.
#1229503
  1   2   3   4
Bog'liq
Xabibullayeva Yulduz 21-133 st

"Aqlli" (aqlli) boshqaruv. Modellashtirish, prognozlash va boshqarish uchun neyron tarmoq texnologiyalari.

Guruh 21-133 st

Xabibullayeva Yulduz


Reja
  • 2017-yildan 2022-yilgacha butun dunyo bo‘ylab «aqlli» qishloq xo‘jaligi uchun avtomatlashtirilgan tizimlar
  • Texnika va infratuzilmani o‘zgartirish
  • Asosiy innovatsion yechimlar
  • «Aqlli» suv ta’minoti

2017-yildan 2022-yilgacha butun dunyo bo‘ylab «aqlli» qishloq xo‘jaligi uchun avtomatlash-tirilgan tizimlar va texnologiyalarning ommalashishi taxmin qilinmoqda. Xususan, VRT (o‘zgaruvchan tezlikdagi texnologiya) tizimi va GPS-qabul qiluvchi qurilmalar ushbu tarmoq o‘sishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Joriy yilning 29-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekkan edi.
Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi «Aqlli qishloq xo‘jaligi» konsepsiyasiga asoslangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etish, agrar sektorda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish kabi vazifalar vazirlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi.
Texnika va infratuzilmani o‘zgartirish
Albatta, bularning ustida ishlash uchun hozirgidan tamomila boshqacha mashinalar va agregatlar kerak. Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyalari o‘z taraqqiyot strategiyalarini dehqonchilik jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilab olishni allaqachon boshlab yuborishgan.
Masalan, AQShning Jon Dir (Deere & Company) kompaniyasi qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri. Kompaniya o‘z traktorlariga IoT (Internet of Things — narsalar interneti) datchiklari va veb-interfeyslar bilan qo‘llab-quvvatlangan majmualarni joriy etishga kirishgan. Agrar texnikalar sohasida «aqlli» qurilmalarni qo‘llash darajasi bo‘yicha Yevropa hozircha AQShdan ortda qolmoqda. YeIda 80 foiz qishloq xo‘jaligi texnikalari navigatsiya tizimlari bilan sotilishiga qaramay, ularning qariyb 30 foizi amalda tarmoqqa ulangan xolos. Bunga sabab, YeIda yirik fermer xo‘jaliklari AQShdagiga nisbatan ancha kam. Chunki Yevropada yetarli texnikalarga ega kichik oilaviy fermalar ustuvorlik qiladi va ularni ancha qimmat bo‘lgan «aqlli»lariga almashtirishga shoshilishmaydi.

Download 72.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling