Aqlli mashina to’siqqa yetganda to’xtash dasturi va loyihasini yaratish


Download 149.62 Kb.
Sana02.05.2020
Hajmi149.62 Kb.
#102842
Bog'liq
Kurs ishi 612-16 Turgunov Nurullo
tarix darslarida milliy mafkura va dunyoqarashni shakllantirish., chiziqli-funksiya-va-uning-grafigi-8-sinf, chiziqli-funksiya-va-uning-grafigi-8-sinf, ruxsatnoma, ruxsatnoma, Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari. Reja, boshqarishda axborot texnologiyalari, Anonim, TERAPIYA mustaqil ish, yalpi talab va taklif nisbatlari.makroiqtisodiy muvozanat, Mustaqil ish DBG'I50 Ne'matov Zikrullo, 1-maruza, Iqtisodiyot nazariyasi baholash mezonlari, 2 5409182838803138607

Mavzu: Aqlli mashina to’siqqa yetganda to’xtash dasturi va loyihasini yaratish

MUNDARIJA

KIRISH


Informatsion tеxnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma‘lumotlarning tеz o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma‘lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma‘lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma‘lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so‘ngra undan kеng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma‘lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-3549-son farmoni Axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida farmoniga muvofiq koplab ishlar olib borildi.

1. O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o`rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) hamda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligining:


  • Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini O`zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga o`tkazish;

  • «Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi» davlat muassasasini O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tuzilmasiga berish;

«Matbuot tarqatuvchi» AKni belgilangan tartibda «O`zbekiston pochtasi» AJga qo`shish masalasini «Matbuot tarqatuvchi» AK va «O`zbekiston pochtasi» AJ aktsiyadorlarining umumiy yig`ilishlarida qo`yish to`g`risidagi takliflari ma’qullansin.

Vazirlik ikki hafta muddatda o`tkazilayotgan tashkilotlarning shtat birliklari va binolari, shuningdek, ularga tegishli bo`lgan tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan pul mablag`larining O`zbekiston Matbuot va axborot agentligiga berilishini ta’minlasin.

2. Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo`nalishlari etib belgilansin:


  • axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va qo`llash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish, elektron hukumatni joriy etish, axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • «oxirgi milya» tamoyili bo`yicha Internet tarmog`idan keng polosali foydalanishni kengaytirish, mulьtiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalari, mobilь aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, logistika va pochta aloqasi xizmatlari orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;

  • davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy etish, idoralararo o`zaro elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reyestrlar va ma’lumotlar bazalarini, «yagona darcha» tamoyili bo`yicha elektron davlat xizmatlari ko`rsatish tizimlarini shakllantirishga yagona texnologik yondashuv amalga oshirilishini ta’minlash;

  • davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga ko`maklashish, raqamli iqtisodiyot o`sishini rag`batlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

Oxirgi vaqtda axborotli muhitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog‘ozsiz tеxnologiya zaruriyatini kеltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida, hisoblash tеxnikasining yanada kеng rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Axborotli muhitning kеlajakda inson hayotida o‘rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha yuqori bo‘lishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘lamini kеngaytirish talab etiladi. Shuning uchun ijtimoiy faoliyatini zamonaviy kompyutеrlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari asosida qayta qurish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridandir. Bu muammolari hal etishda «Parallel kompyuterlarning arxitekturasi va dasturlash» fanining o‘rni kattadir. Hozirgi davrda superkompyuterlardan foydalaninsh konikmasini shakillantirish zarurati oshib bormoqda. Rеspublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyutеr tеxnikalari bilan jihozlanib, ular maxsus qurilmalar yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Insonning iqtisodiy, ekologik, siyosiy va boshqa sohalarda fikrlash doirasining kеngayishi axborotli muhitninig sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishi, yangi xususiyatga ega bo‘lgan axborotli muhitning kеlib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. «Parallel kompyuterlar » fanini o‘rganishdan asosiy maqsad har bir talabada kompyutеr tеxnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, amaliy informatika va avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanib turli iqtisodiy masalalar еchish usullari sohasida bilimlar bеrishdir. Boshqaruv jarayonidagi axborotlarni saqlash, saralash, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va foydalanish kabi amallarni organish va turli sohalarga tadbiq qilish mazkur fanning prеdmеti hisoblanadi.

Darhaqiqat, hozirgi davrda AKT orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta'minlovchi qudratli vositaga aylandi. Shu bois, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun sayin ortib bormoqda.

AKT sohasini jadal sur'atlar bilan taraqqiy ettirish O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar hamda iqtisodiy islohotlarning bosh yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yo‘nalish nafaqat respublikani axborotlashgan jamiyatga aylantirish uchun xizmat qiladi, balki mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal sur'atlar bilan rivojlantirishda o‘ziga xos yetakchi tarmoq — «lokomotiv» rolini o‘ynaydi. Dasturiy vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda komputer va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma'lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Albatta, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘z navbatida, ushbu sohaning huquqiy asosini shakllantirish va takomillashtirib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan 11ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining 40dan ortiq qarorlari va 300dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Mustaqillik yillarida yaratilgan keng huquqiy maydon mamlakatimizda siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi yo‘lida qulay imkoniyatlar yaratmoqda.Jamiyatni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2017-2018 yillarda koplab qaror va farmonlar ishlab chiqildi. Bular «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridir. Mazkur qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro huquqiy me'yorlar hamda bir qator rivojlangan davlatlarning tajribalari ham atroflicha o‘rganilib, milliy qonunchiligimizga maqbul jihatlari uyg‘unlashtirildi. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi va joylarda ularning ijrosi ta'minlanishi, o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishi shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishida muhim omil bo‘ldi. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining shakllanishiga, jumladan, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishiga keng yo‘l ochdi.

Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida yangi yo‘nalish hisoblangan mazkur tizimlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishining yana bir omili — bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, xususan, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi 1-dekabrdan 10 barobargacha oshirilgani 126 davlat orasida 115 o’rinni egallshiga sabab bo’ldi va internet tezligi soniyasiga 8,93Mbit/soniya ni tashkil etdi. Shuningdek, joriy yil boshida ma'lumotlar uzatish, jumladan, internetga ulanish bo’yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subyektlarining soni 930taga yetgan bo‘lsa, jamoaviy foydalanish maskanlari 1063tani tashkil etdi. Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, elektron tijoratning shiddat bilan rivojlanishiga internetdan foydalanuvchilar soni aholining 20-25 foizini tashkil etgandagina erishish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 10 millionga yetgani elektron tijoratning kelgusidagi yorqin istiqbolidan darak berib turibdi.

I. DASTURNI LOYIHALASHGA BO’LGAN YONDOSHUVLAR


1.1. O’rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish

O’rnatilgan tizim-bu amaliy kompyuter tizimi bo’lib, u boshqa turdagi kompyuter tizimlaridan, ya’ni shaxsiy kompyuterlar (PC) yoki superkompyuterlardan farq qiladi. Biroq, siz “o’rnatilgan tizim” tushunchasini tushunishda ba’zi qiyinchiliklarga uchrashingiz mumkin, chunki u texnologiyadagi o’zgarishlar va turli xildagi kompyuter qurilmalari va dasturiy qismlari narxlari sezilarli tushish natijasida doimiy ravishda mukammallashib boradi. Yaqin yillarda o’rnatilgan tizimning an’anaviy turlari doirasi ancha kengaydi. O’quvchi yaqin kelajakda bu tizimga duch kelishi mumkinligi sababli, tizim haqida mulohaza qilishni va bugungi kunda ular qanchalik to’g’ri ishlashi yoki kamchiliklarini tushunishi juda muhim hamda ular xususida onliravishda muhokama yurita olishi kerak. Quyida o’rnatilgan tizimning bir necha umumiy xususiyatlri haqida fikr yuritiladi:

- O’rnatilgan tizimlar qurilmalar va dasturiy ta’minotining keng qo’llanishi jihatdan shaxsiy kompyuterlarga (PC) qaraganda ancha chegaralangan. Bu hol o’rnatilgan tizimlarining muhim yo’nalishlari uchun to’g’riligini saqlamoqda. Qurilmalar cheklanganligi to’rt jihatdan kamchiliklarga ega, ular ish sifatini yaxshilash, is’temol kuchi, xotira va qurilma keng tarqalishidagi kamchiliklardir. Dasturiy ta’minotdagi kamchiliklar jihatdan o’rnatilgan tizimlar shaxsiy kompyuterlarga ancha yaqin, ya’ni tatbiqlar kam, ko’lami past tatbiqlar, operatsion tizim yo’qligi yoki cheklangan tizimlar. Biroq bu ta’riflar boshqaruv kengashi nazarida qisman to’g’ri va shaxsiy kompyuterlardagi dasturiy ta’minotning avvalgi va bugungi avlodi ancha mukammal o’rnayilgan tizim loyihalariga qayta joylanmoqda.

- O’rnatilgan tizimlar faqat maxsus vazifalarni bajarish uchun loyihalashtirilgan. Ko’plab o’rnatilgan qurilmalar asosan bir xususiy vazifa uchun ishlab chiqilgan. Biroq, biz bugun ko’rishimiz mumkinki ayrim qurilmalar, masalan shaxsiy ma’lumotlar bazasi yordamchisi (PDA) gibrid telefon kameralari bir necha turdagi funksiyalarni bajarish uchun islab chiqarilgan.shuningdek, so’ngi raqamli TV lar ikkitomonlama amallarni bajarishga moslashgan, ya’ni ko’plab turdagi “TV”larga bog’liq bo’lmagan umumiy, lekin muhim bo’lgan amallarni bajaradi, xususan e-mail, internetdan foydalanish va ko’plab o’yinlar.

- O’rnatilgan tizim shunday kompyuter tizimidirki, unda boshqa kompyuter tizimlaridan ko’ra yuqori sifatli va ishonchli qurilmalar talab etiladi. O’rnatilgan qurilmalarning ba’zi qurilmalarida juda yuqori sifatli va ishonchli uskunalar bilan jihozlangan. Misol uchun, avtomobil motori kontrolerlarining harakat vaqtida tutashib ketishi yoki nozik tibbiyot asboblariningn jarrohlik vaqtidagi nuqsonlari juda jiddiy oqibatlrga olib keladi. Biroq, bu yerda ham shunday o’rnatilgan qurilmalar bo’lib, masalan TV, o’yinlar, kamera telefonlar kabi, ularda noqulayliklar mavjud bo’lib, lekin ular hayotga xavf soladigan holatlarni vujudga keltimaydi.

- Ba’zi o’rnatilgan tizimlar deb nom olgan qurilmalar, misol uchun PDA yoki web bloknotlar, aslida o’rnatilgan qurilma emas. Kompyuter tizimlari sohada ba’zi bahsli holatlar uchraydi va an’anviy tizimlarning hammasi ham aslidao’rnatilgan tizim emas. Biroz tushunildiki, ancha mukammalroq loyihalarning o’rnatilgan tizim sifatida shakllanishi, masalan PDAning, nanotexnologik bozor va sotuv jarayoniga ko’proq bog’liq ekan muhandislarga qaraganda. Haqiqatda soha muhandislari o’rnatilgan tizim jarayonidagi faoliyatiga qarab o’zaro bo’lingan, hatto bu loyihachilar joriy tizimlar borasida birgalikda muhokamalashishsada, an’anaviy o’rnatilgan tizim rivojlanishda davom etadimi yo’qmi yoki sanoat jarayonida yakunda boshqalar tomonidan boshqariladimi. Hozirda sanoatni ta’minlaydigan kompyuter tizimlari ko’lami mavjud emasligi sababli an’anaviy o’rnatilgan tizimlar va umumiy maqsadli shaxsiy kompyuterlar orasidagi raqobat sustlashdi. Bu kitob o’rnatilgan tizim evolyutsion ko’rinishini asoslab ko’rsatib beradi,qaysiki bu turdagi kompyuter tizim loyihalarini o’z ichiga olgan.

Muhandislik sistemalari nuqtayi nazaridan o’rnatilgan tizimlar arxitekturasi loyihasini tuzishda bir necha modeli mavjud bo’lib, bu modellarga o’rnatilgan tizim loyihasi siklini ifodalashda murojat etiladi. Bu modellarning ko’pchilik qismi quyida keltirilgan rivojlantirish modellari kombinatsiyasiga asoslangan:

• Big-bang modeli, bu modelning muhimlik jihati shundaki, bunda rejalashtirish va jarayonni oldindan va sistema rivojlanish davrida amalgam oshirish shart emas.

• Sode-and-fix modeli, bu modelda mahsulot resurslari ko’rsatib o’tiladi, ammo rivojlanish boshlanguncha rasmiy jarayonlarda ko’rsatilishi shart emas.

• Waterfall modeli, bunda rivojlanishning bosqichma-bosqich amalgam oshish jarayoni ko’rsatilib, natijalar keyingi bosqichlarga zamin yaratadi.

• Spiral modeli, bu modelda rivojlanish jarayoni turli bosqichda amalgam oshiriladi va erishilgan fikr-mulohazalar jarayon mobaynida birlashtiriladi.

O’rnatilgan Tizimlar Loyihasi va Lifestyle Model Rivojlantirish modeli hisoblanadi. Bu model Waterfall va Spiral modellari kombinatsiyasiga asoslangan. Qachonki muvaffaqiyatli proektlar investitsiyalashtirilganda va analiz qilinganda, yillar davomida ishga oid detal, ma’lumotlar yig’iladi va yaroqsiz yoki texnik yoki resurs jihatdan muammoli proektlar ajratiladi. Xulosa qilish mumkinki, muvaffaqiyatli proektlarda kamida bitta yaroqsiz proektlarda uchramaydigan umumiy faktor mavjud bo’ladi.

Layf sayl modeli 1-davrning 6ta bosqichi quyidagilarni o’z ichiga oladi: kuchli texnik zaxiraga ega bo’lish (1-bosqich), arxitekturial biznes tsiklini tushunish (2-bosqich), arxitekturial metod va yo’sinlarni ta’riflash (3-bosqich), arxitekturial strukturalarni ta’riflash (4-bosqich), arxitekturani hujjatlashtirish (5-bosqich) va arxitekturani qayta ko’rib chiqish va analiz qilish (6-bosqich) .

1.2. O’rnatilgan tizimlarni sinflanishi

Uzoq masofada joylashgan boshqariladigan ob’ektlarni boshqarish uchun mo’ljallangan xisoblash tizimlar sinflari axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT) deb nomlanardi. Kompyuter tarmoqlari paydo bo’lishi bilan tarmoq yoki taqsimlangan ABTlarni qurish imkoniyati vujudga keldi.Integral mikrosxemalar va mikroprotsessorlar paydo bo’lishi ABTni boshqariladigan ob’ektlarga yaqinlashtirish yoki unga EXMni o’rnatish imkonini berdi. SHunday qilib birinchi o’rnatilgan tizimlari (Embedded System) paydo bo’ldi. Bora-bora element bazasi arzonlanishi va uni integrallanishi darajasi ko’tarilishi va xisoblash qurilmalarini ishonchliligi oshishi bilan EXMni boshqariladigan ob’ektni turli joylariga o’rnatish va barcha xisoblash tugunlarini umumiy nazorat tarmoqiga birlashtirilish imkonlari vujudga keldi. Rivojlanish protsessida elementlar kichiklashishi va boshqariladigan ob’ektlar bilan birlashishi bilan kiberfizik nomini olgan (CPS, Cyber Physical System) tizimlari paydo bo’ldilar. Boshqariladigan ob’ektlariga xisoblash tizimi kiritilish darajasiga ko’ra quyidagi tizimlarni ajratish mumkin:

• Axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT).

• Taqsimlanganaxborot-boshqaruvchi tizimlar (TABT).

• O’rnatilgan tizimlar (Embedded System, ES).

• Tarmoqli o’rnatilgan tizimlar (Networked Embedded System, NES).

• Kiber fizik tizimlari (Cyber Physical System, CPS).

Texnika rivojlanishiga ko’ra boshqaruvchi kompyuter tizimlarini sinflarini belgilash evolyutsiyasi amalga oshrilildi: axborot-boshqaruvchidan o’rnatilgan tizimlarga, o’rnatilgandan tarmoqli o’rnatilganga, tarmoqli o’rnatilgandan kiberfiziktizimlariga.Zamonaviy kiberfizik tizimlari juda yaqindan boshqariladigan ob’ektlari bilan integrallashtirilgan.

Kiberfizik tizim(CyberPhysicalSystem, (CPS)- nazorat va boshqarish ob’ekti bilan bir vazifani bajaruvchi o’zaro munosabatlari fizik vositalariga ega (elektrik, ximik, optik, mexanik, biologik va x.k.) maxsus xisoblovchi tizim.Kiberfizik tizimni xisoblash platformasi asosida xarqanday kompьyuter qurilmasi qo’llanilishi mumkin.

O’rnatilgan tizimlar (Embedded System, ES) tushunchasini ko’pgina aniqlanishi mavjud:

• O’rnatilgan xisoblash tizimlari (O’XT) – nazorat va boshqarish ob’ekti bilan bir vazifani bajaruvchi va u bilan umumiy konstruktsiyali maxsus (zakazlangan) xisoblash tizimlari(XT).

• O’rnatilgan xisoblash tizimlari – ma’lum bir funktsiyalar yig’indisini bajaruvchi maxsus axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT).

• O’rnatilgan xisoblash tizimlari – asosiy funktsiyasi kompyuter funktsiyasi bo’lmagan ammo kompyuterni element sifatida qo’llovchi xarqanday tizim. Masalan: DVD-ПРОИГРЫВАТЕЛЬ, svetoforli ob’ekt, bankomat va x.k.

• Kichik kompyuterli (laptop) yoki katta universal kompyuterli (mainframe computer) ammo personal kompyuter bo’lmagan xisoblash tizimni xam o’rnatilgan tizim deb xisoblash mumkin.

• O’rnatilgan xisoblash tizimi–umumiy qo’llaniladigan kompyuter bo’lmagan dasturlanovchi kompyuterni o’z ichiga ko’shuvchi qurilma.

• O’rnatilgan xisoblash tizimlari – stol kompyuteri bo’lmagan xarqanday amaliy xisoblash tizimi.

• O’rnatilgan tizim –boshqariladigan qurilmaga xisoblash elementi to’liq o’rnatiladigan maxsus tizim. Universal kompyuterga ko’ra, o’rnatilgan tizim konkret talabli bir yoki bir necha oldindan belgilangan masalalarni bajaradi.

O’rnatilgan xisoblash tizimlari quyidagicha tasniflanadi:

• qo’llanish/tayinlanish doirasi bo’yicha;

• axborot va boshqarish funktsiyalarini turli o’zaro munosabatlari bo’yicha (tizim axborot yig’uvchi yoki avtomatik boshqaruvchi);

• apparat bloklarini fazoviy lokallashuv bo’yicha:

a) fazoviy lokallashgan;

b) fazoviy bo’linib joylashilgan.

• Xisoblash (ma’lumotlarga ishlov berish) va kommunikativ (ma’lumotlarni kiritish-chiqarish funktsiyalari) tuzuvchilarini turli o’zaro munosabatlari bo’yicha;

• Odam ishtiroqi darajasi bo’yicha:

a) Avtomatik tizimlar–operator boshlang’ich sozlash va parametrlarni va ishlash rejimlarini operativ aniqlashni bajaradigan tizimlar. Ma’lumotlarni yig’ish,uzatish va boshqarish buyruqlarini bajarish va ularni operativ ishlab chiqish odam ishtiroqisiz amalga oshiriladi ;

b) Avtomatlashtirilgan tizimlar - operator ishtiroqida qisman yoki t o’liq xajmda ma’lumotlarga operativ ishlov berish va bajaruvchi qurilmalar tomonidan boshqarish buyruqlarini xosil qiladigan tizimlar (masalan, teleboshqarish).

• Ma’lumotlarga/xisoblashlarga ishlov berishni tashkil etish bo’yicha (markazlashtirilgan/ markazlashtirilmagan );

• Tizimni fizik/mantiqiy modullari orasidagi va/yoki funktsiyalarini masalalar darajasidagi parallelashtirish bo’yicha .

Real vaqt masshtabida ishlash o’rnatilgan tizimni asosiy ishlash xususiyati bo’lib qoladi.


II. O’RNATILGAN TIZIMLAR ARXITEKTURASINI QURISH KETMA-KETLIGI


2.1. O’rnatilgan tizimlar arxitekturasini yaratish

Monolit OT ni oddiy strukturalashtirish

Xatto bunday monolit tizimlar har baribir ozgina strukturalashtirilgan bo`ladi. OT qo`llaydigan tizimli chaqiriqlarga murojaatda `arametrlar qathiy belgilangan. M-n, registrlar yoki stek kabi joylarga joylashtiriladi, keyin esa, yadro chaqirig`i yoki su`ervizor chaqirig`i kabi mahsus uzilish komandalari bajariladi. Bu komanda mashinani foydalanuvchi rejimidan yadro rejimiga (su`ervizor rejimi ham deyish mumkin) o`tkazadi va boshqaruvni OT ga uzatadi. Keyin esa OT, qaysi tizimli chaqiriq bajarilishi kerakligini aniqlash uchun, chaqiriq `arametrlarini tekshiradi. Bunday so`ng, Ot `rotseduralarga ko`rsatkichni o`z ichiga olgan jadvalni belgilaydi va mos `rotsedurani chaqiradi.

Bunday tashkil etilgan OT quyidagi strukturaga ega bo`ladi:



  1. Bosh dastur – u talab qilinadigan servis `rotseduralarini chaqiradi.

  2. Tizimli chaqiriqlarni amalga oshiradigan xizmatchi `rotseduralar to``lami.

  3. Xizmatchi `rotseduralarga xizmati qiladigan utilitalar to``lami.

Bu modelda, har bir tizimli chaqiriq uchun bittadan xizmatchi `rtsedura mavjuddir. Utilitalar, bir nechta servis `rotseduralarga kerak bo`lganfunktsiyalarni bajaradi. `rotseduralarni uchta qatlamga bo`lish quyidagi rasmda ko`rsatilgan.
Ko’p sathli tizimlar.

Oldingi yondashishni umumlashtirilgani, OT ni sathlar (qatlamlar) ierarxiyasi sifatida tashkil etishdir. OT funktsiyalari qatlamlarni tashkil etadi, m-n, fayl tizimi, jarayonlarni va qurilmalarni boshqarish va x.k. Har bir qatlam, faqat o`zining bevosita qo`shnisi, yuqorisidagi yoki `astdagi qatlamlar bilan aloqa qila oladi. Amaliy dasturlar yoki OT ning modullari so`rovni, shu qatlamlar bo`yicha yuqori va `astga uzatish mumkin.

SHu taxlitda qurilgan birinchi tizim, Deykstra va uning talabalari tomonidan 1968 yilda qurilgan bo`lib, THE tizimi deb ataladi.

Tizim 6 ta qatlamdan iborat edi, 0-chi qatlam, `rotsessor vaqtini taqsimlash bilan mashg`ul bo`ladi, u jarayonlarni uzilishi bo`yicha yoki vaqt o`tishi bilanboshqa jarayonlarga o`tkazadi.

1-chi qatlam xotirani boshqargan, u o`erativ xotira va magnit barobani sohasini, o`erativ xotirada joy yetmagan jarayondlar qismlariga (sahifalar) taqsimlagan, yahni 1-chi qatlam virtual xotira funktsiyasini bajargan.

2-chi qatlam o`erator konsoli va jarayon o`rtasidagi aloqani boshqargan. Bu qatlam yordamida, har bir qatlam o`zining shaxsiy o`erator konsoliga ega bo`ladi.

3-chi qatlam yordamida har bir jarayon, aniq qurilmalar bilan ishlash o`rniga (ularning turli xususiyatlarini hisobga olgan holda) foydalanuvchiga qulay xarakteristikalarga ega bo`lgan kiritish-chiqarish abstrakt qurilmalarga murojaat etgan.

4-chi qatlamda, kirish-chiqish qurilmalarini boshqarish, xotira va konsol, jarayonlar bilan xech qanday aloqasi bo`lmagan foydalanuvchi dasturlari ishlagan.

THE tizimida, ko`` qatlamli sxema ishlab chiqish (tselim razrabotki) maqsadlariga xizmat qilgan, chunki keyin tizimning hamma qismlari umumiy obhekt moduliga kom`anovka qilingan.

Ko’p qatlamlilikning keng umumlashtirilishi MULTICS OT larida amalga oshirildi. MULTICS tizimida har bir qatlam (xalqa deb ataluvchi) yuqorida joylashganidan ko`ra imtiyozliroqdir.

Yuqori qatlamdagi `rotsedura, quyidagi `rotsedurani chaqirmoqchi bo`lsa, u mos tizimli chaqiriqni bajarishi lozim, yahni chaqiriq bajarilishi oldidan parametrlari sinchiklab tekshiriladigan TRA` (uzilish) komandasi bajarilshi lozimdir.

MULTICS da OT, hg`ar bir foydalanuvchi jarayonining adres makoni qismidan iborat bo`lsa ham, a``aratura, mahlumotlar ximoyasini xotira segmentlari darajasida himoya qiladi. Masalan, mahlum segmentlarga faqat yozish uchun, boshqalariga faqat o`qish yoki bajarish uchun ruxsat beradi.

MULTICS da yondoshishning ustunligi shundan iboratki, u foydalanuvchi tizimi strukturasiga ham kengaytirilishi mumkin. M-n, `rofessor- talabalar dasturlarini baholash va testlash uchun dastur yozishi mumkin, va bu dasturni n-chi qatlamda ishga tushirishi mumkin, bu vaqtda talaba dasturlari n+1 chi qatlamda ishlaydi, chunki ular o`z baholarini o`zgartira olmaydi.

Ko’p qatlamli yondashish, UNIX OT ining turli variantlarini amalga oshirishda ishlatilgan.

Amalda, bunday strukturali yondashish odatda yoxshi ishlaydi, bugungi kunda u ko``incha monolit tarzda qabul qilinadi.

Ko’p qatlamli strukturaga ega bo`lgan tizimlarda, bitta qatlamni oib tashlab, boshqasi bilan almashtirish, qatlamlar orasidagi interfeysning o`ziga xosligi uchun, murakkabdir. Yangi funktsiyalarni qo`shish va mavjudlarini o`zgartirish OT ni mukammal bilish ko`` vaqtni talab qiladi. OT lar uzoq yashaydilar va kengayish va rivojlanish imkoniyatiga ega bo`lishlari kerakligi uchun monolit yondashish nazardan qoldi va uning o`rniga klient-server modeli va u bilan qathiy bog`langan mikroyadro kontse`tsiyasi keldi.

2.2. O’rnatilgan tizimlarni amalda qo’llash

Dasturni sozlash va testdan o’tkazish. Dastur loyihalashda murakkab jarayonlar sifatida sozlash bosqichi va testdan o’tkazish jarayoni hisoblanadi. Dasturni testdan o’tkazishning maqsadi, ya`ni dasturni sinashdan maqsad, undagi mavjud va engil xosil bo’lgan xatolarni aniqlashdir. Sozlashdan maqsad xatolarni hosil bo’lish sababini aniqlash va ularni bartaraf etish.

Dasturni sozlash uchun ishni testlash rejasini tuzishdan boshlanadi. Rejani tuzishda xatoni kelib chiqishi va uni xarakteriga yondashiladi. Asosiy sabablaridan biri matematik modellarni chuqur ishlab chiqilmaganligi va vazifani bajarish algoritmi to’liq qurilmaganligidir;

Dasturiy blankadagi boshlangich ma`lumotlar xaqidagi 1-tasavvur kiritish moslamasidagi klaviatura yordamida boshlangich ma`lumotni va dasturni tekshirishda loqaydlilik.

Xatolarni kelib chiqish sabablari turli xilligini hisobga olgan holda ularni 2 ta turga ajratiladi:

1. Sintaktik

2. Semantik

Sintaktik xatolar - dastur tilini tarkibini yozishdagi xatolar (sonlar, o’zgaruvchilar, funktciyalar, operatorlar, belgi va kichik dasturlar ).

Semantik xatolar - kattaliklarni ruxsat etilmagan kiymatlaridan foydalanishda va harakatni noto’g’ri tarkibi bilan bog’liq bo’lgan xatolar.

Asosiy dasturlash tizimlarida sintaktik xatolarni aniqlash avtomatlashtirilgan (fortran, paskalp, beysik, pl/1 va x. k).

2.3. Testlash

Testlash rejasiga odatda quyidagi tiplar kiradi:

1. Dasturni algoritm sxemasi bilan solishtirish

2. Displey ekranida dasturni vizual nazorat qilish yoki dasturiy blankadagi originalni dastur raspechatkasini o’rganish, solishtirishni vizual urganish.

3. Dasturni mashina tiliga olib ko’rsatish. Bu bosqichda sintaktik xatolar aniqlanadi. Dastur listingidagi sintaktik xatolarni fortran, paskalp tilidagi ko’ramalar deagnostik xabar beradi.

Xatolar xaqidagi xabarlar har xil EVM larda va tizim versiyalarida (fortran, paskalp, beysik) shakliga qarab har xil bo’lishi mumkin.

Interpretatciyalovchi beysik - navbatdagi operatorni bajarishdaxalakit kilaetgan ham sintaktik, ham semantiq xatolarni birdaniga diagnostika qiladi.

4. Dasturni kompanovkalash va tashqi aloqalarni taxrirlash.

Tashqi aloqalarni taxrirlash jarayonida tashki aloqalar taxririy dasturi yoki vazifalarini tartiblovchi shunday sintaktik xatolarni aniqlaydiki, bu xatolarda kichik dasturlarda yozilgan prametrlar qiymati bir biriga mos kelmaydi, aslida yo’q bo’lgan standart dasturlarni chiqaradi. Masalan SIN o’rniga SIH va shunga o’xshash xatolar.

5. Dasturni bajarilishi.

Translyator va tashqi aloqalar taxriri tomonidan barcha xatolar bartaraf etilgandan so’ng keyingi - EHM da dasturni mashina tilida bajarish bosqichiga utiladi: dastur operativ xotiraga yuklatiladi va boshlangich ma`lumotlar kiritilgandan so’ng boshlanadi. Xato borligi haqida belgi paydo bo’lishi sozlash o’tkazishna sabab bo’ladi: belgi yo’qligi dasturda xato yo’qligini bildiradi.

Testlash rejasi boshlangich ma`lumotlarning ruxsat etilgan kiymatlarini xulosasini to’g’riligini ham tekshirishni uz ichiga jamlaydi.

Testlash uslublari (Usullari)

Odatda dasturni testdan o’tkazishda bosqichlarga bo’lib urganiladi. Bunda har bir modulni tekshirishdan tortib, to butun tizimni yakuniy tekshirishlar kabi bosqichlarni oladi. Agar bunda biron bir ishonchli ketma - ketlikka endashilmasa, ishonchli ta`minlovchi dastur olish juda qiyindir. Testlash strategiyasi ikkita usuldan birortasiga asosan bajariladi: odatiy quyidan - yuqoriga qarab testlash, yoki zamonaviy yuqoridan - pastga qarab testlash.




III. ARDUINO PLATFORMASIDAGI LOYIHALAR


3.1. Aqlli mashina to’siqqa yetganda to’xtash dasturi

Aqlli mashina loyihasini amalga oshirish uchun biz birinchi navbatda kerakli jixozlarni tayyorlab olamiz. Aqlli mashinamiz nimalardan iborat bo’ladi va u qanday yasaladi? Demak, biz mashina maketini tayyorlab olamiz. So’ng unga 4 ta mator o’rnatamiz va bu mator uchlariga balonchalarni joylashtirib chiqamiz. Matorlarimiz yasayotgan mashinamizni oyoqchalarini va uni harakatlanishini ya’ni yurishini ta’minlaydi. Shulardan keyin biz infra qizil nur datchigini joylashtiramiz. Bu datchigimiz mashinamizni masofadan turib ishchi holatga keltirishni ya’ni ishga tushurishni ta’minlaydi. So’ng ultra zvuk qurilmamizni mashinamizning 4 ta tarafiga joylashtirib chiqamiz. Bu esa mashinamizni to’siqqa urilmasligi, avtahalokat yoki shunga o’xshash nojoya holatlardan asrashini ta’minlaydi. Shunlar bilan aqlli mashinamiz tayyor ishchi holatiga keladi.



Aqlli mashina loyihasi

Infra qizil nur, mator, ultra zvuk, pult yordamida aqlli mashina dasturi.

#include "Ultrasonic.h"

#include

int INFRAQ_PIN = 11; // define input pin on Arduino

IRrecv irrecv (INFRAQ_PIN);

decode_results qiymat;

int q=0;


Ultrasonic ultrasonic(12, 13);

void setup () {

Serial.begin (9600);

irrecv.enableIRIn ();

pinMode(2,OUTPUT);

pinMode(3,OUTPUT);

pinMode(4,OUTPUT);

pinMode(5,OUTPUT);

pinMode(6,OUTPUT);

pinMode(7,OUTPUT); }

void loop () {

float masofa = ultrasonic.Ranging(CM);

if(masofa<=30) {

Serial.println("To'qqacha masofa");

Serial.println("sm");

Serial.println(masofa); }

q=qiymat.value;

if (irrecv.decode (& qiymat))

{ Serial.println(q);

if(masofa>=20) {

if(q==23205)//Chapga {

digitalWrite(4,LOW);

digitalWrite(7,LOW);

digitalWrite(3,HIGH);

delay(80);

digitalWrite(3,LOW); }

if(q==4335)//O'nga {

digitalWrite(7,LOW);

digitalWrite(3,LOW);

digitalWrite(4,HIGH);

delay(80);

digitalWrite(4,LOW); }

if(q==19125) //orqaga {

digitalWrite(5,LOW);

digitalWrite(6,HIGH);

digitalWrite(7,HIGH); }

if(q==6375) //Oldinga {

digitalWrite(7,LOW);

digitalWrite(6,LOW);

digitalWrite(5,HIGH); }}

if(q==14535)//to'htash {

digitalWrite(3,LOW);

digitalWrite(4,LOW);

digitalWrite(5,LOW);

digitalWrite(6,LOW);

digitalWrite(7,LOW); }}

if(masofa<20)//to'siqni o'ng tomondan aylanib o'tishi {

digitalWrite(7,LOW);

digitalWrite(3,LOW);

digitalWrite(4,LOW);

digitalWrite(5,LOW);

digitalWrite(6,HIGH);

delay(5);

digitalWrite(6,LOW);

digitalWrite(4,LOW);

digitalWrite(7,LOW);

digitalWrite(3,HIGH);

delay(80);

digitalWrite(3,LOW);

digitalWrite(5,HIGH);

delay(200);

digitalWrite(5,LOW);

digitalWrite(4,HIGH);

delay(80);

digitalWrite(4,LOW);

digitalWrite(5,HIGH);

delay(200);

digitalWrite(5,LOW); }}



3-rasm: Aqlli mashina loyihasining maket chizmasi


IV. XULOSA


Men ushbu kurs ishini tayyorlash davomida Arduino platformasi va dasturiy paketi yordamida microcontrollerli tizimlar uchun dastur yozish haqida olgan bilimlarimni mustahkamladim va Aqlli mashina tizimini yaratdim

.


IV. FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR


  1. С.А. Немнюгин. Средства программирования для многопроцессорных вычислительных систем. Учебная пособия для образования и студ. ВУЗов/ С.А. Немнюгин - M.: Санкт-Петербург 2007.

  2. Оленев Н.Н. Основы параллелного программирования в системе MPI. M.: ВТС РАН. 2005. 80 с.

  3. Долматова А.И., Оленев Н.Н. - Параллельные вычисления в моделировании региональной экономики: учебное пособие / Долматова А.И., Оленев Н.Н. – Киров: ПРИП ФГБОУ ВПО «ВятГУ», 2012. – 125 с.

  4. Internet manbalari.


Download 149.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling