Aqsh dollari


Download 32.51 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi32.51 Kb.
#1484272
Bog'liq
AQSH dollari-WPS Office


AQSH dollari
Murakkab geoiqtisodiy jarayonlar, globallashuv tendensiyasi va bir qutbli dunyo ko‘p qutbliga aylangan bo‘lsa-da, xalqaro savdoda dollar yetakchiligini saqlab qoldi. Ayni paytda xalqaro hisob-kitob operatsiyalarining 60 foizidan ortig‘i hali ham AQSh dollarida amalga oshirilayotgani buning yaqqol isbotidi.Ko‘pchilikka ma'lumki AQSH dollari kupyuralarida insonlar tasvirlanadi. Xususan 1 dollarda AQSHning birinchi Prezidenti Jorj Vashington tasvirlangan.

Yosh bolalar, odatda, ota-onasidan pul so‘rashganida, birinchi Prezidentni yaxshilab tanish va eslab qolish uchun ko‘pincha 1 dollar berishadi. Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) — 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786-yildan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5 va 1 D.li qogʻoz pullar; 1 va 0,5, 0,25 0,1 D.li tangalar va 5, 2, 1 sentli tangalar ishlatiladi. Bundan 243 yil oldin, 1778-yilning aprelida dunyo valyutasiga aylangan AQSH dollarini anglatuvchi $ belgisi oʻylab topilgan.
Uning kelib chiqishi boʻyicha oʻnlab tahminlar mavjud. Ular orasida kamroq ommalashgan, biroq eng haqiqatga yaqin boʻlgani asli irland millatiga mansub yangi orleanlik biznesmen Oliver Pollok tomonidan birinchi marta pesoni ifodalash uchun ishlatgan $ belgisi hisoblanadi. Oliver Pollok esa 1778-yil 1-aprel kuni kongressmen Robert Morrisga yozgan xatida bir miqdorni avval «Ps» belgisi bilan, keyin esa zamonaviy $ bilan yozdi. Bu birinchi marta ushbu belgi yozilgan hujjat sifatida tarixda qoldi. Keyinchalik rasmiy hujjatlarda Morris uni qoʻllay boshladi[2].1879-yilda AQSh hukumati davlatning rasmiy valyutasini muomalaga kiritish chog’ida unga hech ikkilanmay hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan dollar nomini tanlashdi. O’sha paytda mashhur shaxslardan biri “Yangi Amerika o’zining yangi puliga juda eski nom tanladi” - degan edi.


Dollar kupyuralarining 94 foizi zararli bakteriyalar bilan qoplangan. 1 dollarlikda AQShning 1-prezidenti Jorj Vashington, 2 dollarlikda 3-prezident Tomas Jyefferson, 5 dollarlikda 16-prezident, Shimol va Janub o‘rtasidagi urush g‘olibi Avraam Linkoln, 10 dollarlikda AQSh asoschilaridan biri, birinchi moliya vaziri Aleksandr Hamilton, 20 dollarlikda 7-prezident Endryu Jyekson, 50 dollarlikda 18-prezident, Fuqarolar urushi qahramoni Uliss Grant, 100 dollarlikda olim, publitsist va mohir diplomat Benjamin Franklin surati tushirilga.. 1792-yilda muomalada bo’lgan AQSh pulining tarkibidagi sof oltin miqdori 1,6033 gr yoki 24,057 gr sof kumushdan tarkib topgan edi. 80 yillardan so’ng, ya’ni 1876-yilda mazkur oltin tangalar davlatning rasmiy pul birligi sifatida tan olingandan so’ng uning tarkibidagi sof oltin miqdori 1,50463 gr qilib belgilandi. Bu miqdor AQShda yana 30 yil, 1929-33 yillardagi jaxon iktisodiy krizisigacha amalda bo’ldi. Shu alfozda qabul qilingan “oltin zahirasi” haqidagi hujjatga binoan, tilla miqdori 0,88867 gr.ga, ya’ni 41 foizga tushirildi.. Eng yirik qiymatdagi valuta – 100 ming dollarlik banknotadir. Prezident Richard Nikson bu kupyurani ishlab chiqarishni to‘xtatishni buyurib, eng yuqori nominal banknota 100 dollarlik bo‘lishini belgilab qo‘yadi. 100 ming dollarlik banknota Federal zaxira banklari o‘rtasidagi operatsiyalar uchun mo‘ljallangan edi va hech qachon muomalada bo‘lmagan.
Dollar haqida qiziqarli faktlar
1.Eng ko‘p tarqalgan banknota bu – 1 dollarlik. Nashr qilingan banknotalarning deyarli 45 foizini 1 dollarliklar tashkil qiladi.Dollarlar juda chidamlidir.
2. Zamonaviy kupyuralar 4 mingdan ziyod bukilishlarga chidaydi. AQSh Federal Zaxira Tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 dollarlik — 22 oyda, 5$ — 24 oyda, o‘ntalik — 18 oyda, 20$ — 25 oyda, 50$ lik — 55 oyda yangisiga almashtiriladi. Yuztalik eng ko‘p «yashaydi», u 60 oy (5 yil) aylanib yuradi.
3. Uzun inglizcha ibora «Piece of Eight», ya’ni 1/8 (nimchorak) qog‘ozda o‘chirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga tanish bo‘lgan dollar belgisi ($) paydo bulgan.
4. Dollar jargonda «baks» deb ham ataladi. Bu so‘z bug‘uning terisi nomidan kelib chiqqan bo‘lib, ingliz tilida bug‘u erkagining nomi – buck. U bir paytlar hindular bilan savdo qilishning asosiy quroli bo‘lgan.
5. Dollar tangalarning ham o‘z nomlari bor: 1 sentlik — penni, 5 sent — nikel, 10 sent — daym, 25 sent — kvota, 50 sent — haf deb yuritiladi.
6. Dollarni ishlab chiqarish uchun zig‘ir va paxta tolalaridan foydalaniladi. Dollarlar nashr qilinadigan qog‘oz tarkibiga 25 foiz zig‘ir, 75 foiz paxta va ko‘p bo‘lmagan hajmda mayda sintetik tolalar kiradi. Bu tolalar ko‘k va qizil rangga ega bo‘lib, butun kupyura ustida ko‘rinib turadi. Banknotning taxminiy og‘irligi — 1 gramm.
7. Eng ko‘p tarqalgan banknota bu — 1 dollarlik. Nashr qilingan banknotalarning deyarli yarmi 1 dollarliklarni tashkil qiladi. 2 dollarlik banknotalar oxirgi marta 2003 yilda zarb qilingan va bora-bora muomaladan chiqib bormoqda.
8. Kuniga 35 mln. banknota ishlab chiqiladi. Shiqirlab turadigan AQSh dollarlari kuniga muomalaga kiritiladi. Agar nominallar bo‘yicha hisoblansa, Qo‘shma Shtatlarda kuniga 635 mln. dollar atrofida chiqariladi. Biroq, xuddi shu miqdordagi banknotalar har kuni qo‘llashga yaroqsiz holga kelgani uchun muomaladan chiqariladi ham.
9. Dollarlarni 1929-yildagi standartlar bo‘yicha zarb qilishadi. Dunyodagi eng mashhur kupyuralarning ustki ko‘rinishini 1929 yilda tasdiqlashgan. O‘sha vaqtda kupyuraning old qismida portret, orqa qismida tarixiy obidalar, arxitektura va tabiat tasvirlanadi, deb ta’sis etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Wikipedia
2. Kun. uz sayiti
3. Daryo sayiti
4.ATV sayiti
Download 32.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling