Arab ajralib chiqqan, isyonchi islomdatn ilk oqim tarafdorlari. Xalifa


Download 61.19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2023
Hajmi61.19 Kb.
#1134661
Bog'liq
Xorijiylar - Vikipediya



Xorijiylar
Xorijiylar (arab. ajralib chiqqan, isyonchi)
— islomdatn ilk oqim tarafdorlari. Xalifa
Ali bilan umaviylar oʻrtasidagi kurash
davomida 7-asrning 2-yarmi boshlarida
vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali
Muoviya tarafdorlari (ummaviylar) bilan
muzokara olib borishga koʻngan. Bu hol
Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega deb
hisoblagan tarafdorlarining oʻrtasida
norozilik tugʻdirgan. Qoʻshinning bir qismi
(12 ming kishi) Alini kelishuvchilikda
ayblab, undan ajralib chiqqan va


keyinchalik Aliga ham, ummaviylarga ham
bab-baravar qarshi kurash boshlagan.
Ana shu guruh tarafdorlari X. deb nom
olgan. X. harakati arablar tomonidan
boʻysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy
arabmusulmonlar manfaatini ifodalagan.
Ular oʻzlarini haqiqiy musulmon deb
hisoblagan. X. "dindan qaytgan" deb eʼlon
qilingan siyosiy va gʻoyaviy raqiblarga
nisbatan murosasiz boʻlgan. X.
taʼlimotiga koʻra, xalifa diniy jamoa
tomonidan saylanadi va jamoaga
boʻysunadi; har qanday taqvodor
musulmon (hatto qul yoki qora tanli
boʻlsa ham) xalifa boʻlib saylanishi
mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini
himoya qilmasa, vazifasidan boʻshatiladi


va hatto qatl etiladi. X. fikricha, eʼtiqod
amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi
lozim. Eʼtiqod, gunohkor kishilarni
jazolash masalalarida X. murjiʼishshrta
qaramaqarshi turgan. Keyinchalik X. bir
necha mayda guruhlarga boʻlinib ketgan.
Umaviy va abbosiy xalifalar 7—9-asrlarda
X.ga qarshi keskin kurash olib bordi.
Buning natijasida X.ning koʻpi qirib
tashlandi, qolganlari Shimoliy Afrikada
oʻz davlatini vujudga keltirdi. X.
xalifalikdagi koʻpgina qoʻzgʻolonlar
(Zanjilar qoʻzgʻoloni, Abu Muslim
qoʻzgʻoloni va boshqa qoʻzgʻolonlar)da
qatnashgan. Hozirgi davrda X.ning
ibodiylar firqasi magʻrib mamlakatlarida


(Jazoir, Tunis va boshqa mamlakatlarda),
Ummon, Tanzaniyada uchraydi.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Xorijiylar&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 20:18 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Xorijiylar&oldid=2862863" 
dan olindi

Download 61.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling