Arab xattotlik uslublari
Download 467.3 Kb.
|
Arab xattotlik uslublari
Arab xattotlik uslublariSuls Nastaliq Muhaqqaq Riqo Tavqe Suls, xatti suls — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Goʻzalligi tufayli "xatlar imomi", deb atalgan. Kufiy xatidan keyin ixtiro qilingan boʻlib, ijodkori Ibn Muqla. Harflarning 4 qismi toʻgʻri, ikki qismi egri chiziqlar dan iborat (nomi ham shundan: S. Soʻzi bir narsaning 1/3 qismi yoki 3-qismi degan maʼnoni bildiradi). S.da "alif", "dol" va "lom" harflari gajakli boʻladi, "dol", "re" va "vov" harflari nafis buralma (shamra) bilan tugaydi; soʻz oxirida "ho" harfi choʻziq yoziladi. S. dastlab rasmiy qujjatlarni yozish, keyinroq Qurʼon koʻchirishda qoʻllanilgan; kitoblardagi shams naqshi ichidagi yozuv, asar nomlari, Qurʼon va hadislardan keltirilgan ibora va jumlalar Sulsda bitilgan. Kitoblarda, maxsus mufradot yoki qitalarda ham qoʻllanilgan. Yoqut Mustaʼsimiy S. yozuvida maxsus ("Yoqut sulsi" yoki "Yoqut taʼriyqi" deb ataluvchi) uslub yaratgan.NASTAʼLIQ — xattotlik uslubi, arab mumtoz xat uslublaridan biri. 14-a. da shakllangan, nazariy asoschisi Mir Ali Tabriziy. Bu xat nasx va taʼlщ xat uslublari asosida yaratilgan boʻlib, har-flarning 5/6 qismi egri va 1/6 qismi toʻgʻri chiziqlar asosida yoziladi. Dastlab moʻtabar qoʻlyozmalarni, asosan, badiiy adabiyot namunalarini kuchiriщda va alohida qitʼalarni bitishda foydalanilgan. Keyinchalik bu yozuv kitobat sanʼatidan nasx va suls yozuvlarini siqib chiqaradi. Oʻrta Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afgʻoniston va Hindistonda keng tarkalgan. Jaʼfar Boysunkuriy, Azhar Tabriziy, Sultonali Mashxadiy va uning shogirdlari Nastaʼliqda ijod qilgan. Ayniqsa, Mir Ali Haraviynnng Nastaʼliqni Movarounnahrda tarqalishida xizmati katta. Darvish Muhammad («Favoid ul-xutut»), Munis Xorazmiy («Savodi taʼlim»), Muhammad Azim («Mirʼoti taʼlim») asarlarida Nastaʼliq xatining asoslarini oʻrganish bayon etilgan.Muhaqqaq (arab.) —xattotlik uslubi, arab yozuvidagi mumtoz olti xat uslubidan biri. Kufiy xati asosida Ibn Muqlaʼ ixtiro qilgan deyiladi. Harflarning 1—2qismlari doirasimon, 4—5qismlari toʻgʻri chiziqlardan iborat. M.da "alif", "lom", "dol" va "kaf" harflari asosan yuqoriga qarab haddan tashqari choʻziq qilib yoziladi. Qad. maʼqaliy yozuviga oʻxshab ketadi. 7—17-asrlarda keng qoʻllangan. Oʻrta asr xattotlari M.ni eng mukammal va aniq yozuv deb hisoblaganlar; bu xatda aniq (tabiiy) fanlarga oid risolalar, Qurʼon, hadislar bitilgan, binolar kitobalarida ham qoʻllangan. Ibn Bavvob, Yoqut Mustaʼsimiy, Jalol Jaʼfar Hiraviylar bu xat ustasidir.Riqo (arab, ruqʼa — maktub) — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Xat tarixchisi Ibn Nadim fikricha, R. suls yozuvidan kelib chiqqan. Koʻrinishi jihatdan R. tavqe xatiga oʻxshash, harf oʻlchamlari undan kichik hamda nozikroq. R.da oʻzidan keyingi harflarga qoʻshilmaydigan koʻpchilik harflar bir-biriga qoʻshib yozilaveradi. R.dan tez yozishda (maktub va boshqalarda) foydalaniladi. Keyinchalik ixcham koʻngilochar hikoya yoki qissalar, baʼzan shams naqshidagi yozuvlar, Qurʼon yoki kitoblar xotimasi R.da bitilgan, alohida mustaqil qitʼalarni yozishda ham qoʻllanilgan.Tavqe (arab. — shoh yorligʻi, farmoni, muhri) — xattotlik uslubi, arab yezuvidagi xat uslublaridan biri. Shoh farmon va nishondari, qozixona, mahkama hujjatlari, asosan, T.da bitilgan. Harflarning yarmi tekis chiziq, yarmi doyra chiziklar asosida yoziladi; yozuv tez bitilganligi uchun harflar, soʻzlar qoʻshilib yozilgan. Harflar shakllari suls yozuvinikiga oʻxshab ketadi, ammo "T."da "alif" va harf tayoqchalari birmuncha kaltaroq, harflardagi egmalar yey shaklida emas, koʻproq oʻtkir burchak hosil qilib bukiladi. Nasx yozuvchi xattotlar T.ni oson egallagan. Ibn Muqla, Ibn Bavvob va boshqa xattotlar T. xatining ustasidir. Baʼzi hollarda Qurʼon suralari boshlanishi, keltirilgan ibora va jumlalar hamda kitob xotimalari shu xatda bitilgan.Download 467.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling