Arxitektura


Download 43.09 Kb.
bet1/6
Sana24.03.2023
Hajmi43.09 Kb.
#1290403
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
АСОСНОМА Malohat Piratova


FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
QURILISH FAKULTETI
ARXITEKTURA” KAFEDRASI


70730101 – “Bino va inshootlar arxitekturasi” mutaxassisligi

Andijon viloyatidagi mavjud tarixiy yodgorliklardan turistik maqsadlarda foydalanish


ASOSNOMA


Ilmiy raxbari:

____________________

M28-22a BIA magistranti:

Piratova Malohat Pahlavonjon qizi







Farg`ona – 2023
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi shundaki, O`zbekiston qadimdan yuksak madaniyat, ilm-fan va me’moriy obidalari bilan ko`pchilikni xayratga solib kelgan yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik markaziga aylanmoqda. Mamlakatimiz hududida turli davr va svilizatsiyaga daxldor to`rt mingdan ortiq qadimiy me’morlik va san’at yodgorliklari mavjud. Ulardan 140 tasi YuNESKO tamonidan muhofazaga olingan tarixiy ob’yektlar ro`yhatiga kiritilgan. Aynan madaniy-tarixiy merosimiz, mangulikka dahldor ko`hna shaharlarimizdagi noyob me’moriy obidalar O`zbekistonning xalqaro sayyohlik bozoridagi yuksak salohiyatidan dalolat beradi. Andijon viloyatida ham mazkur yo`nalishda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasida 2001 -yil 30-avgustda "Madaniy meros ob'ektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish" O'zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi O'zbekiston xalqining umummilliy boyligi bo'lmish madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Prezidentimizning 2018-yil 19-dekabrdagi "Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori bu borada yangi bosqichni boshlab berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda 8210 ta moddiy madaniy meros ko'chmas mulk ob'ekti davlat muhofazasiga olingan. Ulardan 4788 tasi arxeologiya, 2265 tasi arxitektura obyekti, 625 tasi monumental san'at asari hamda 530 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi. Ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi vaqtlarda madaniy meros obyektlarida amalga oshirilayotgan ta'mirlash, restavratsiya ishlari davomida buyurtmachi, pudratchi, loyihachi, ekspertiza tashkilotlari tomonidan obyektlarning tarixiy va badiiy qimmatiga juda ko'p miqdorda zarar yetkazish holatlari kuzatilgan. Misol uchun, Buxoro viloyatidagi Sitorai Mohi Xosa tarixiy majmuasida restavratsiya ishlari noto'g'ri olib borilgani oqibatida uning badiiy bezaklari, naqshlari, koshinlari nobud qilinib, tarixiy va badiiy qiymatiga 28 mlrd so'm miqdorida zarar yetkazilgan. Davlatimizda, 2023 yil martigacha «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida», «Arxeologik meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida», «Muzeylar to'g'risida» hamda «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to'g'risida», "Qurolli to'qnashuvlar yuz berganda madaniy boyliklarni himoya qilish to'g'risida"gi Konvensiya (Gaaga, 1954 yil), "Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to'g'risida"gi Konvensiyalar (Parij, 1972 yil), "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to'g'risida"gi xalqaro Konvensiya (Parij, 2003 yil) va boshqa qonun hujjatlar va xalqaro shartnomalar, qonunlar normalarini umumlashtiruvchi Madaniy meros kodeksi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan".
Bunday yodgorliklar insoniyat ma'naviyati rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega bo'lib, jamiyat ma'naviyati davlat yuksak taraqqiyotining muhim sharti va kafolati hisoblanadi. Jamiyat ma'naviyati birdan paydo bo'lmaydi, u kishilik taraqqiyotining barcha bosqishlarida uning ehtiyojlari tufayli vujudga keladi. Ma'naviyat yangidan yaratilmaydi, balki mavjud ma'naviy merosga tayanadi. Tarixiy yodgorliklar, me'moriy obidalar xalq ma'naviyati shakllanishida asosiy rol o'ynaydi. Ma'naviyat bizga yetib kelgan qadriyatlar, tajribalar tufayli boyitiladi. Kelajak avlod tarixni o'rganish orqaligina kelajakka nazar sola oladi. Tarixiy-madaniy yodgorliklar insoniyat rivojlanish evollyutsiyasini aks ettiradi va insoniyatga tajriba o'rganishi uchun xizmat qiladi. Tarixni o'rganish orqali insoniyat yashash tajribasiga ega bo'ladi. Tarixiy-madaniy merosimizni zarar yetkazmasdan, uzoq muddatga saqlab qolish butun insoniyatning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Andijon deganda, avvalambor, O`zbekistonimizning gavhari bo`lgan go`zal diyor ko`z o`ngimizda namoyon bo`ladi. Istiqlol yillarida bu maskan yanada chiroy ochdi. Honabot Jome’ memoriy majmuasi Ahmadbek mexmonhonasi kabi allomalarimiznig xamda Buloqboshi shahrining yubileylari jahon miqyosida nishonlanishi xorijliklarning bu zaminga bo`lgan qiziqishini yanada orttirib, sayyohlik salohiyatini yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda Andijonga tashrif buyurayotgan mehmonlar uchun Imom ota ziyoratgohi, Bobur bog’i, Bog’ishamol bo`ylab sayyohlik yo`nalishlari tashkil qilingan. Yangi sayyohlik yo`nalishlari Alisher Navoiy nomidagi Andijon shahar va Andijonda Dukchi Eshon majmualari bor. Ushbu sahifada e’lon qilingan normativ- huquqiy hujjatlar. Mamlakatda turizimga bevosita va bilvosita bog’liq bo’lgan O’zbekiston Respublikasining farmonlari, qonunlari va qarorlarida turizim faoliyatining maqsadlari va ustivor yo’nalishlari, ushbu sohada davlat tomonidan tartibga solishining tamoyillari, me’yorlari va usullari bilan tanishish, standartlashtirish, litsenziyalash va sertifikatlashtirish, shuningdek, sug’urta turizm sohasidagi ishtirokchilarning maqollarini ko’rib chiqish mumkin.
Milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko`rgazmasining tashkil etilishi ham yangi imkoniyatlarga yo`l ochmoqda.
Viloyatda bugungi kunda 15 ta sayyohlik firmasi faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, yaqin kunlarda bunday firmalar soni 2 taga ko`payishi kutilyapti. Bunday firmalarning ko`payishi, yurtimizga kelayotgan sayyohlarga xizmat ko`rsatish darajasini oshishiga hamda yurtimizning nurli tarixini dunyo halqlariga tanitish uchun xizmat qiladi.
Xozirgi kunda bu mavzuning dolzarbligi biz bilamiz dunyo halqlari qadimiy halqlarning yashash tarzini, urf-odatlarini, qadimda nimalar bilan shug`ullanganligi, me’morchiligi bilan yaqindan tanishish, o`rganish, yaqindan bilish niyatidagi turistlar ko`plab topiladi. Shuning uchun biz tarixiy urf-odatlarimizni, yodgorliklarimizni yaqindan tanitish uchun yurtimizdagi bunday yuzlab obidalarni qayta tiklashi(rekonstruktsiya)miz hamda dunyoga tanitishimiz shart. Buning uchun Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan qator qonun hamda farmonlar chiqarilmoqda, jumladan, O`zbekiston Respublikasining arxitektura va shaharsozlik to`g`risidagi, O`zbekiston Respublikasining madaniy me’ros obektlarini muxhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risidagi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5392-son Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to`g`risida”gi farmoyishlari va boshqa ko`plab normativ hujjatlar qabul qilingan bo`lib, ular o`z navbatida sohada olib borilayotgan keng ko`lamli ishlarni xuquqiy asosi bo`lib, uni rivojiga xissa qo`shmoqda.
Bugungi kunda respublikamiz hududidagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, masjid, madrasalar, tarixiy bog`lar va boshqa noyob tarixiy yodgorliklarni ularning tarixiy qiymatiga zarar yetkazmay ta’mirlash, ularni obodonlashtirish, dunyoga tanitish va O`zbekistonni turistik salohiyatini yanada oshirish, hamda bunday joylar atrofidagi bog`larni zamonaviy va yangicha ko`rinishda tashkil qilish; mavjud shaharsozlik to`g`risidagi qonunchilikni, aholi punktlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirishda, ishlab chiqarish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasi ob’yektlarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini qo`pol ravishda buzish xollarining oldini olish, qurilish sohasi oldida turgan muhim muammolardandir.
Yuqorida keltirib o`tilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda, qadimiy shaharlarda an’anaviy turar-joylarni zamonaviy ruhdagi binolarni qadimiy yodgorliklar atrofida uyg`unlashtirib barpo etishimiz mumkin.

Download 43.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling