Arxivshunoslik tadqiqot ishlarida arxiv fondlari hujjatlaridan foydalanish


Download 30.87 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi30.87 Kb.
#1070769
Bog'liq
ARXIVSHUNOSLIK TADQIQOT ISHLARIDA ARXIV FONDLARI HUJJATLARIDAN FOYDALANISH


ARXIVSHUNOSLIK TADQIQOT ISHLARIDA ARXIV FONDLARI HUJJATLARIDAN FOYDALANISH
Reja:

  1. Arxiv hujjatlari

  2. Arxiv fondlari hujjatlaridan foydalanish

  3. Tadqiqot ishlarida arxiv fond hujjatlari


Arxiv (lot. archivum, yun. archeion – muassasa) – 1) hujjatlar saqlanadigan joy; 2) idoralar, tashkilotlar, shuning-dek ayrim shaxslar ish faoliyati davomida to‘plangan hujjatlar majmui. Qadimgi o‘zbek davlatlarida 3–4-asrlardayoq mar-kazlashgan hamda xususiy hujjatxonalar mavjud edi; temuriylar (14–15-asr), keyinchalik Qo‘qon, Buxoro va Xiva xonliklari davrida saroy arxiv-kutubxo-nalari bo‘lgan. 1919 yil 5 noyabr Turkiston Respublikasi Yagona Davlat Arxiv jamg‘armasi (YADAJ) va Maorif Xalq komissarligi qoshida Arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi (AIMB), 1930 yildan O‘zbekiston Markaziy Arxiv boshqarmasi (O‘zMAB) vujudga keldi.1931 yilda O‘zbekiston YADAJ bo‘limlari o‘rniga Markaziy arxiv (MA), O‘zbekiston Markaziy Tarix arxivi (O‘zMTA), 1943 yilda. O‘zbekiston kinosurat-ovozli hujjatlar Markaziy Davlat arxivi, 1962 yilda O‘zbekiston Markaziy davlat tibbiyot arxivi (1965 yildan O‘zbekiston Tibbiyot va texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi) tashkil etildi. Arxivlar ishlarini uyg‘unlashtirish va boshqarish uchun 1959 yilda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi qoshida A boshqarmasi tuzildi. 1961 yildan mazkur Boshqarma Arxivlar Bosh boshqarmasiga aylantirilib, O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirildi. 1992 yil 19 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi deb nomlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat Arxivlari hamda muassasalar tasar-rufidagi Arxivlar unga bo‘ysunadi. Oʻzbekiston Respublikasida jami 77 davlat Arxivi bo‘lib, ularda 6 mln.ga yaqin hujjatlar, jumladan 360 mingdan ortiq surat hujjatlari, 14 mingga yaqin ovozli hujjatlar, 17,5 mingga yaqin kinohujjatlar saqlanadi (1999). Markaziy davlat arxivida 13-asrdan boshlab shu bugungacha bo‘lgan hujjatlar bor. O‘zbekiston rassomlarining ishlari O‘zbekiston BA Badiiy jamg‘armasi, shaxsiy guplam va muzeylardan o‘rin olgan. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon va boshqa shaharlarda Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Ayniy, Muxtor Ashrafiy, Abdulla Qahhor, Fafur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon va boshqalarning ba’zi Arxiv materiallari ular uy-muzeylarida jamlangan.O‘zbekistonda A.larni shakllan-tirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv muassasalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining "Arxivlar to‘g‘risida"gi qonuni (1999 yil 15 aprel) bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan barcha Arxiv hujjatlarini to‘liq qamrab olishga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlit-ligini saqlab qolishga va fuqarolar, ja-miyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida Arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, butlash hamda ulardan foyda-lanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgan. Konunga ko‘ra, hujjatlarda O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’na-viy hayoti aks ettirilgan barcha Arxiv fondlarining majmui O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi davlat va nodavlat Arxiv fondlaridan tashkil topadi. Davlat Arxivlarida va davlatning boshqa hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan hujjatlar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, prokuraturalar, sudlar, banklarda, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolat-xonalari va konsullik muassasalarida vaqtincha saqlanayotgan Arxiv hujjatlari davlat Arxiv fondini tashkil etadi. No-davlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida to‘plangan Arxiv hujjatlari, shuningdek fuqarolarning shaxsiy Arxivlarino davlat Arxiv fond imi tashkil etadi. Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasining Milliy arxiv fondiga ki-ritish yoki hujjatlarni undan chiqarish ekspert komissiyasining xulosasi asosida amalga oshiriladi. Hujjatlarning qimmatliligini aniqpash mezonlarini, ekspert komis-siyalarini tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibini O‘zbekiston Respu-blikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi belgilaydi. Arxiv uchun mutaxassis xodimlar Toshkent madaniyat institutida hamda O‘zMU tarix fakultetida tayyorlanadi. Ra’noxon Fayziyeva. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi — O‘zbekiston Respublikasi xalqlari tarixiy-madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadigan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan, O‘zbekiston hududida yashagan va yashayotgan xalqlarning moddiy va ma'naviy hayotini aks ettiruvchi, yaratilgan joyi, vaqti, manba turi va mulkchilik shaklidan qat'i nazar, tarixan paydo bo‘lgan, doimo to‘ldirib boriladigan va doimiy saqlanishi kerak bo‘lgan arxiv hujjatlarining majmuidir.
«Arxivlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida Nizom»(O‘.R. MAF) tasdiqlanib,uning asosiy maqsadi O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan barcha arxiv hujjatlarining to‘liq qamrab olinishini ta'minlashga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgandir.
Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga o‘tkazish yoki hujjatlarni undan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi organlari va muassasalari tomonidan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda ularning hujjatlari qimmati ekspertiza qilingandan so‘ng amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari saqlanish joyi va mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi.
Davlat arxiv fondini quyidagilar tashkil etadi :
a) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi hududdagi mavjud va o‘zining barcha tarixi davomida mavjud bo‘lgan davlat yuridik shaxslari arxiv hujjatlari :

  • davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy, respublika va mahalliy, fuqarolarning o‘z o‘zini boshqarish organlari, prokuraturalar, sudlar, banklarning ;

  • sanoat, transport, aloqa, kapital qurilish, qishloq xo‘jaligi va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlari, fan, xalq talimi, madaniyat sohasidagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlar va birlashmalarning ;

  • ustav kapitalida davlat mulki bo‘lgan aralash mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning ;

  • vatanimizning chet elda bo‘lgan va (yoki) chet eldagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining faoliyatida paydo bo‘lgan arxiv hujjatlari ;

b) kasaba uyushmalari, siyosiy tashkilotlar, ijodiy va boshqa jamoat tashkilotlari, birlashmalarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgunga qadar o‘z faoliyatlarida paydo bo‘lgan hujjatlari, din davlatdan ajratilgungacha bo‘lgan davrga tegishli diniy muassasalarning arxiv hujjatlari ;
d) O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatda bo‘lgan barcha darajadagi harbiy qismlar boshqarmalari va shtablari, qo‘shilmalar va birlashmalar, o‘quv muassasalari va boshqa milliy muhofaza qilish va xavfsizlik muassasalari, tashkilotlari, armiya, chegara va ichki qo‘shinlarning arxiv hujjatlari;
e) qonuniy asosda davlat mulkiga, shu jumladan, chet ellardan kelib tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari ;
f) arxiv hujjatlarining asl nusxasi, shuningdek, davlat mulkiga chet ellardan qonuniy asosda kelib tushgan arxiv hujjatlari nusxalari.
2. Nodavlat arxiv fondi:
a) jamoat birlashmalari va tashkilotlaridagi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, kasaba uyushmalari, xayriya jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalar, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy birlashmalar va tashkilotlarning ;
b) nodavlat birlashmalari (kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari)dagi sanoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, qishloq xo`jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, fan, madaniyat, ta'lim, ijtimoiy soha, ommaviy axborot vositalarining ;
d) jismoniy shaxslardagi (shaxsiy hujjatlar, oilaviy arxivlar, hujjatlar kolleksiyasi va boshqalar) nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv fondlari va arxiv hujjatlaridan tashkil topadi.
Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning tarkibiy bo‘linmalarida doimiy saqlashni ta'minlaydilar.
Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar o‘z hujjatlarini davlat mulki qilib davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Bunday ishlar bitim (shartnoma) bilan, zarur hollarda hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish shartlari aniqlangan holda rasmiylashtiriladi.
Nodavlat korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar tugatilganda yoki shaxsiy arxiv egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar bo‘lmaganda ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi.
Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini vaqtinchalik, shu jumladan, depozitar saqlashga davlat arxivlariga, muzeylarga va kutubxonalarga berishlari mumkin.
Nodavlat arxiv fondi hujjatlarini vaqtincha, shu jumladan, depozitar saqlashga berish shartlari va tartibi hujjat egalari bilan davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalar o‘rtasida tuzilgan bitimlar (shartnomalar)da belgilanadi.
Hozirgi paytda davlat arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari 6,0 mln. saqlov birligini tashkil etadi, shu jumladan 38,0 mingdan ortiq ilmiy-texnikaviy hujjatlar, 16,0 mingdan ortiq kinohujjatlar, 402,0 ming surat hujjatlari, 14,0 ming ovozli hujjatlar.
Idoraviy arxivlarda 1,6 mln. saqlov birligida doimiy saqlanadigan hujjatlar mavjud. 6 mln. negativ kadrdan iborat sug‘urta fondi yaratilgan.
Arxiv - arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi davlat yoki nodavlat muassasasi, idoraviy arxiv;
Arxiv ko'chirmasi – arxiv hujjati matnining muayyan bir fakt, voqea, shaxsga tegishli qismi so'zma-so'z bayon etilgan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko'rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
Arxiv hujjatlari - fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanishi lozim bo'lgan matnli, qo’lyozma va mashinada o’qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasmalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, haritalar, shuningdek boshqa moddiy manbalardagi yozuvlar;
Arxiv kollektsiyasi - bir yoki bir nechta belgilari (mavzusi, qimmatliligi, ob'ekti, muallifligi, davriyligi va boshqalar)ga ko'ra birlashtirilgan, kelib chiqishi turlicha bo'lgan alohida hujjatlar yig’indisi;
Arxiv nusxasi – tegishli tartibda tasdiqlangan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko'rsatilgan arxiv hujjatining so'zma-so'z bayon etilgan nusxasi;
Arxiv ma'lumotnomasi - yuridik kuchga ega bo'lgan va so’rovnoma asosidagi hujjatli ma'lumotga ega bo'lgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko'rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
Arxiv fondi - yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyati natijasida yaratilgan, tarixiy yoki mantiqiy jihatdan o'zaro aloqador arxiv hujjatlari majmui;
Kelib chiqishi shaxsiy (oila, urug’) arxiv fondi - ayrim shaxs, oila, urug’ hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan hujjatlardan tarkib topgan arxiv fondi;
Saqlov birligi/hisob birligi – jismoniy ixtisoslashgan arxiv hujjati;
Arxivni jamlash manbai – arxiv hujjatlari bilan fondga tegishligigiga ko'ra jamlanib boruvchi arxivning fond tashkil etuvchisi;
Arxiv hujjatlaridan foydalanish – arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma'rifiy, ta'lim maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish;
Kataloglar – arxiv fondlari, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjatlari (yoki ularning qismlari) mazmuni to'g’risidagi ma'lumotlar mavzu yoki soha bo'yicha belgilangan tasniflash sxemasi asosida joylashtirilgan arxivning fondlararo arxiv ma'lumotnomasi;
Jamlash – arxivni arxiv hujjatlari bilan muntazam to'ldirib borish maqsadida amalga oshiriluvchi arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlarini fondlashtirish hamda tashkil etish va jamlash manbalaridan ularni qabul qilib olish maqsadida yo'nalishi va darajasi bo'yicha zaruriy arxiv hujjatlari bilan to'ldirib borishga doir ishlar majmui;
Ilmiy-ma'lumotnoma apparati (IMA) – arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to'g’risidagi yagona ilmiy-uslubiy asosda tuzilgan, bir-biri bilan bog’liq, o'zaro to'ldiruvchi arxiv ma'lumotnomalari majmui (arxivning ilmiy-ma'lumotnoma tizimi);
Sharhlar – arxiv hujjatlarining alohida komplekslari tarkibi va mazmuni to'g’risidagi tizimlashtirilgan ma'lumotlardan iborat bo'lgan, ularning manbashunoslik tahlili bilan to'ldirilgan arxiv ma'lumotnomalari;
Birlashtirilgan arxiv fondi – bir-biri bilan tarixiy va/yoki mantiqiy aloqalarga ega bo'lgan ikki yoki undan ortiq tashkilotlar, shuningdek o'zaro tarixiy va/yoki mantiqiy bog’liq aloqalarga ega bo'lgan fuqarolarning faoliyati jarayonida paydo bo'lgan arxiv hujjatlaridan iborat arxiv fondi;
Yig’majild (hujjat)lar ro'yxati – saqlov birliklari/hisob birliklari tarkibi va mazmunini ochib berish, ularning fondlar ichida tizimlashtirilishi va hisobini mustahkamlash uchun mo'ljallangan arxiv ma'lumotnomasi;
Foydalanuvchi – arxiv hujjatlaridan zarur ma'lumotlarni olish va ulardan foydalanish uchun arxivga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Arxiv hujjatlarning mavjudligi va holatini (mavjudligini) tekshirish – saqlanayotgan arxiv hujjatlarining xaqiqatda mavjudligini aniqlash va yo'qolgan hujjatlarni topishni tashkil etish uchun ularni aniqlash, konservatsion-profilaktik va texnik ishlash lozim bo'lgan arxiv hujjatlarini hisobga olishdagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar majmui;
Yo'l ko'rsatkich – muayyan tartibda foydalanuvchining arxiv fondlari tarkibi va mazmuni bilan umumiy tanishtirishga mo'ljallangan arxiv fondlari to'g’risidagi ma'lumotlar mavjud bo'lgan arxiv ma'lumotnomasi;
Sug’urta nusxa - alohida qimmatli yoki noyob hujjatning boshqa moddiy manbadagi, asl nusxada mavjud bo'lgan axborotni o’qish yoki ko'rish (eshitish) imkonini beruvchi ko'chirma nusxasi;
Arxiv hujjatlarining mavzuli sharhi – foydalanuvchining so'rovi yoki arxivning tashabbusiga ko'ra ma'lum mavzu bo'yicha arxiv hujjatlari, saqlov birliklari/hisob birliklarining sanasi va arxiv shifrlari ko'rsatilgan holda tuzilgan qisqa yoki izohlangan sarlavhalari ro'yxati;
Topografik ko'rsatkichlar – arxiv saqlovxonasida hujjatli materiallarning joylashtirilishi to'g’risidagi ma'lumotlar ro'yxati;
ko'rsatkichlar – arxiv hujjatlarida keltirilgan predmet nomlarining ular haqidagi ma'lumotlar arxiv shifrini ko'rsatgan holda, alifboli, tizimli yoki boshqa biron-bir belgisiga ko'ra tuzilgan arxiv ma'lumotnomalari;
Tartibga keltirish – arxiv ro'yxatlarini tuzish, yig’mjildlarni shakllantirish va rasmiylashtirish, hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o'tkazishni o'z ichiga olgan hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ishlash va arxivlarda saqlash uchun tayyorlash, shuningdek arxiv ro'yxatlarini tuzish bo'yicha ishlar majmui;
Arxiv hujjatlarining hisobi – arxivlar tomonidan arxiv hujjatlari va arxiv fondlarining muntazam ravishda kelib tushishi, mavjudligi va holatini belgilangan birliklar asosida aniqlash hamda ularni hisob hujjatlarida aks ettirish bo'yicha tizimli monitoring olib borish;
Fondlashtirish – arxiv hujjatlarining fondlarga tegishliligini va arxiv fondlarining davriy chegaralarini aniqlash bo'yicha ishlar majmui;
Ekspert komissiyasi (EK) – korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hujjatlarining, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va ularni arxivda saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo'yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
Ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) – davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo'yicha uslubiy va amaliy ishlarni o'tkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai bo'lgan tashkilot, muassasa, korxonalarning Markaziy ekspert komissiyalari (MEK) va ekspert komissiyalari (EK) faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
Arxiv hujjatlarini saqlash – arxivlarda arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta'minlashga doir chora-tadbirlar majmui.
Bugungi kunda arxiv fondida saqlanayotgan shaxsiy fond hujjatlaridan turli tadqiqotchilar, talabalar o‘zlarining malakaviy bitiruv ishlarida turli materiallar, matbuot xizmati xodimlari esa ilmiy-ommabop maqolalar tayyorlab kelmoqdalar. Bu esa Respublikamiz ilm-fan taraqqiyoti rivojlanishida o‘zining beminnat hissalarini qo‘shgan fan arboblari, va olimlarning ilmiy yo‘llarini tadqiq etish imkoniyatini beradi.
Arxivda shu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida hozirda arxivning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent shaxri va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan ilmiy tashkilotlarga rasmiy xat bilan murojaat qilinib, tashkilotda faoliyat olib borayotgan taniqli olimlarning shaxsiy hujjatlarini arxiv saqloviga qabul qilishga amaliy yordam so‘raldi.
Arxivning kelgusidagi asosiy rejalaridan biri ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va Respublikamizdagi boshqa arxiv muassasalariga, arxivning jamlash manbai bo‘lgan tashkilotlarga turli ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdir.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mamlakatimizda arxiv fondini shaklantirish, hujjatlarni hisobga olish va ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilash hamda xalqimizning ijtimoiy, ilmiy, madaniy axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashda muhim omil bo‘ldi.
Arxiv fondi ikki guruhdan – davlatga tegishli va davlatga tegishli bo‘lmagan qismlardan iborat bo‘lib, arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga doimiy saqlanishi zarur bo‘lgan, davlat mulki hisoblangan arxiv hujjatlari, nodavlat korxona, muassasa hamda tashkilotlar faoliyati natijasida yaratilgan doimiy saqlanishi lozim bo‘lgan arxiv hujjatlari davlatga tegishli bo‘lmagan qismlarga kiritildi. Nodavlat korxona, idora, muassasa va tashkilotlarning asosiy vazifasi, qisman oid doimiy saqlanishi zarur bo‘lgan davlatga tegishli bo‘lgan arxiv hujjatlarini, milliy arxiv fondi saqloviga topshirishdan iborat. Milliy arxiv fondi har yili fond tashkil etuvchi tashkilotlarning, jamlash manbalarining ro‘yxatini tuzib boradi. Bu ro‘yxatga davlat organlari, jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalar kiritiladi. Biroq barcha jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalarning doimiy hujjatlarini davlat saqloviga olishning imkoni yo‘qligi bois saqlash hujjatlarini jamlash manbalari ro‘yxatiga davlatga arxiviga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilishi mumkin bo‘lganlarini ajratib olib, doimiy yoki vaqtincha arxiv hujjatlarini alohida saqlash vazifasi korxona, idora, muassasa va tashkilotlar zimmasiga yuklatildi. Bu davlat tashkilotlari, korxona va muassasalar zimmasiga, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ahamiyatga ega hujjatlarning saqlovini ta’minlash bo‘yicha qator mas’uliyatli vazifalarni yukladi.
Ijro intizomini mustahkamlash, ish yuritishni takomillashtirish, boshqaruvning barcha darajalardagi rahbar va mutaxassislar javobgarligini oshirish, boshqaruv hujjatlarni tayyorlash qoidalari, usullari va jarayonlarini, ular bilan ishlash tartibini belgilash borasidagi ishlarni amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi № 140-sonli qarori asosida institutda hujjatlar bilan ishlash, institut faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatga saqlanadigan hujjatlarni tanlab olish, hisobga olish, ishlov berish sifatini olib borish, foydalanishni va ushbu hujjatlarni o‘z vaqtida belgilangan tartibda saqlash ishlari hamda foydalanuvchining so‘rovi asosida arxiv ma’lumotnomasini taqdim etish vazifasi tarkibiy bo‘linma rahbari yoki ushbu vazifa uchun tayinlangan maxsus xodim zimmasiga yani 1999 yildan 2003 yilga qadar tajribali Nina Anatolevna Kuchirina, 2003 yildan 2012 yilga qadar tajribali Shoxida Tolibova zimmasiga javobgarlik asosida yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidani Nizom talablari” hamda qabul qilingan tegishli qarorlar asosida davlat va nodavlat arxiv faoliyatiga foydalanuvchining so‘rovi bilan bepul amalga oshiriladigan xizmatlar, arxiv hujjatlaridan foydalanish, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarni qog‘oz va elektron shaklda tegishli organlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etishni ta’minlash, ish yuritish faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatga saqlanadigan hujjatlarning tanlab olinishini, hisobga olinishini, saqlanishini, ishlanish sifatini va doimiy va uzoq vaqt (10 yildan ko‘proq) muddatga saqlanadigan hujjatlarni o‘z vaqtida davlat saqloviga topshirilishini ta’minlash vazifalarini belgilangan muddatlarda va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish borasidagi ishlarni amalga oshirish uchun tegishli vazirlik va idoralar ruhsati hamda institut rektori buyrug‘i asosida institutning devonxona negizida Idoraviy arxiv faoliyati va arxiv ish faoliyatini olib borish uchun arxiv mudiri hamda arxivarius shtat birliklari 2012 yilda tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida institutning doimiy ekspert komissiyasi tashkil etilib, idoraviy arxiv Nizomi va arxiv mudiri hamda arxivarius lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqildi va doimiy ekspert komissiyasi qarori asosida maqullandi. Idoraviy arxiv Nizomi, Lavozim yo‘riqnomasi institut rektori tomonidan tasdiqlanib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining Ekspert tekshiruv uslubiy komissiyasi tomonidan 2012 yilda kelishib berildi. 2012 yildan 2013 yilga qadar idoraviy arxiv arxiv mudiri lavozimida Nilufar Bakirova, 2013 yildan 2015 yilga qadar idoraviy arxiv arxiv mudiri lavozimida Shaxlo Dehqonova, 2015 yildan bugungi kunga qadar idoraviy arxiv arxiv mudiri lavozimida Nilufar Xudayberdieva va 2016 yildan idoraviy arxiv arxivariusi lavozimida Zilola Yusupovalar arxiv ish faoliyatini olib borishmoqda.
Institutning idoraviy arxiv arxiv xodimlari, arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha qonun va qonunosti hujjatlari;
O‘zR Qonunlari;

  • -2001 yil 30 avgustdagi “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi № 269-II-sonli Qonuni;

  • – 2010 yil 15 iyundagi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi № 252-sonli Qonuni;

 O‘zR Prezidenti Qarori;

  • 2008 yil 21 avgustdagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № 949-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasin qarorlari;

  • 1999 yil 30 oktabrdagi “Arxiv ishi buyicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 482-sonli qarori;

  • 2004 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi № 49-sonli qarori;

  • 2008 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi № 194-sonli qarori;

  • 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi №101-sonli qarori;

  • 2014 yil 22 apreldagi “Arxiv asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarish namunaviy normalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №100—sonli “Idoraviy arxivlarda ish yuritish, boshqaruv va xizmat hujjatlarini belgilangan tartibda jamlash, ularning hisobini yuritish, but saqlanishini ta’minlash, hujjatlarni rasmiylashtirishga oid bo‘lgan talablar asosida ulardan foydalanishni tashkil etish”ning yagona tartibi asosida ish faoliyatlarini olib borishmoqda.

Idoraviy arxiv institutning tasdiqlangan Ichki-tartib qoidalari va institut rektori bilan tuzilgan Mehnat shartnomasi asosida dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 08:30 dan 16:30ga qadar, shanba kuni soat 08:30 dan 14:30ga qadar ish faoliyatlarini olib boradi.
Idoraviy arxiv telefon raqami 71-256-36-45
khudayberdieva.nilufar@gmail.com elektron pochtasi
Asosiy vazifalari.

  1. Foydalanuvchining so‘rovi, talabnomada yuridik shaxsning nomi (fuqarolar uchun – familiyasi, ism va otasining ismi), pochta manzili va/yoki foydalanuvchining elektron pochta manzili, mavzu (masala) va so‘ralayotgan ma’lumotning xronologiyasi ko‘rsatilgan bo‘lsa, arxiv mudiri tomonidan ko‘rib chiqiladi va bajariladi.

  2. Foydalanuvchining so‘roviga javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yoki so‘rov-murojaat yozilgan tilda beriladi.

  3. Mavzuli so‘rovlarni bajarish bepul tashkil etiladi

  4. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar arxiv mudiri tomonidan bajariladi.

  • ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovni arxivda bajarish muddati ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 30 kun.

  • ushbu muddat, zarurat bo‘lganda, arxiv mudiri tomonidan majburiy tarzda foydalanuvchiga ma’lum qilgan holda uzaytirilishi mumkin.

  • arxivning ilmiy-ma’lumotnoma apparati bo‘yicha so‘rovni bajarish muddati ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 15 kun.

  1. Arxiv mudiri arxiv ma’lumotlarini, arxiv ko‘chirmalarini va arxiv nusxalarini rasmiylashtiradi.

  • -arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko‘chirmasi, arxiv nusxasi va so‘rovlarga javoblar oddiy xat sifatida pochta orqali institut devonxona tomonidan yuboriladi.

  • -MDHga qatnashchi davlatlarga yuborilishi mo‘ljallangan arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko‘chirmasi, arxiv nusxasi, so‘ralgan ma’lumotlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi javoblar bevosita ariza beruvchilarning manzillariga institut devonxona tomonidan yuboriladi.

  1. Fuqaro yoki uning ishonchli vakili arxivga shaxsan murojaat qilganda arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko‘chirmasi va arxiv nusxasi fuqaroga uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat ko‘rsatilgan holda; ishonchli vakilga – belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida beriladi.

  • аrxiv ma’lumotnomasini va arxiv ko‘chirmasini oluvchi ularning nusxalariga yoki ularga qo‘shimcha xatlar orqasiga ularni olgan sanasini ko‘rsatgan holda imzo qo‘ydiriladi.

  1. Arxiv ma’lumotnomasida ma’lumotlar arxiv hujjatlarida qanday keltirilgan bo‘lsa xuddi shunday yoziladi, mos kelmagan, aniq bo‘lmagan nomlar, ismi, familiyasi va otasining ismi ko‘rsatilmaganligi yoki ulardan faqat birining borligi ma’lumotnomadagi matnda qavsda ko‘rsatiladi (“Hujjatda shunday”, “Matnning asl nusxasida shunday”).

Xizmat turlari.

  1. Arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari to‘g‘risida axborot berish.

  2. Tadqiqotchilarga xizmat ko‘rsatish.

  3. Belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalar va ko‘chirmalar tayyorlab

  4. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi ma’lumotnomalarni belgilangan tartib va muddatda berish;

Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi.
Institut rektori ruhsati asosida arxiv hujjatlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish mumkin.
Ijtimoiy-huquqiy so‘rovlar.

  1. Ish haqi to‘g‘risida ma’lumot

  2. Mehnat staji to‘g‘risida ma’lumot

  3. Mukofotlanish to‘g‘risida ma’lumot

  4. Ta’lim olganlik to‘g‘risida.

  5. Ishlaganlik to‘g‘risida.

Quydagilarga amal qilish lozim. 
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelish.
Arxiv hujjatlari bilan foydalanish uchun beriladigan muddat. 

  1. Bo‘lim, kafedra, fakultetlarga-bir oygacha

  2. Sud- huquqni muhofaza qiluvchi organlariga va boshqa vakolatli organlarga – olti oygacha.

  3. Boshqa tashkilotlarga institut rektori ruhsati asosida berish muddati –3 oy.

Download 30.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling