Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]


Download 165 Kb.
bet1/14
Sana21.02.2023
Hajmi165 Kb.
#1217425
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
JAMOAT BIRLASHMALARI TO G RISIDA 223-XII 15.02.1991 (0)


[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON respublikasiDA JAMOAT BIRLAShMALARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar tegishli kelishikda “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan. Shuningdek, “Qoraqalpog‘iston ASSR” degan so‘zlar tegishli kelishikda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Inson huquqlari to‘g‘risidagi Umumiy deklaratsiyaga va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qo‘yiladi.
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi 664-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 363-modda)
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Jamoat birlashmasi tushunchasi
O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun tijorat maqsadlarini ko‘zlaydigan yoxud boshqa korxonalar va tashkilotlar foyda (daromad) orttirishiga ko‘maklashadigan kooperativ tashkilotlarga hamda boshqa tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, shuningdek tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tartibi boshqa qonunchilik bilan belgilanadigan o‘zga organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi va “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling