To’plam tushunchasi. To’plamning elementi


Download 0.55 Mb.
bet1/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#233184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Maruza a446e53b687957074315069c12e8f693


1-mavzu. To`plamlar va ular ustida amallar: To`plam tushunchasi. To`plamning elеmеnti. Univеrsal to`plam. Eylеr-Vеnn diagrammalari. To`plamlarning kеsishmasi, birlashmasi, ikki to`plamning ayirmasi, ularning xossalari univеrsal to`plamgacha to`ldiruvchi to`plam.
Ma’ruza mashg’ulotining rejasi:

  1. To’plam tushunchasi. To’plamning elementi.

  2. Bo’sh to’plam. Chekli va cheksiz to’plamlar.

3.To’plamlarning kesishmasi va uning xossalari.

4.To’plamlarning birlashmasi va uning xossalari.

5. To’plamlarning ayirmasi va unga misollar
Ma’ruza matni

1. To’plam tushunchasi. To’plam tushunchasi matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, u ta’riflanmaydi va misollar yordamida tasavvur hosil qilinadi. To‘plam deganda predmetlar, ob’ektlarni biror xossasiga ko‘ra birgalikda qarashga tushuniladi.

Masalan, hamma natural sonlarni birgalikda qarasak, natural sonlar to‘plami hosil bo‘ladi. Bir talabalar uyida yashovchi talablarni birgalikda qarash bilan shu talabalar uyidagi talabalar to‘plamini hosil qilamiz. To‘g‘ri chiziqda yotuvchi hamma nuqtalarni bitta butun deb qarash shu to‘g‘ri chiziqdagi nuqtalar to‘plamini, maktabdagi o‘quvchilarni birgalikda qarash o‘quvchilar to‘plamini beradi va h.k.

Hayotda to’plamlar alohida nomlanadi: auditoriyadagi talabalar to’plami - guruh, harflar to’plami - alfavit, qushlar to’plami - gala, qo’ylar to’plami - poda va h. k.

1-ta’rif: To‘plamni tashkil etuvchi ob’ektlar – bu to‘plamning elementlari deb ataladi. Masalan, yuqoridagi misollardagi o‘quvchilar, talabalar, natural sonlar mos to‘plamlarining elementlari hisoblanadi.

To‘plamlar odatda, lotin alfavitining katta harflari bilan, ularning elementlari esa alfavitning kichik harflari bilan belgilanadi. A to‘plam a, b, c, d, e, f elementlaridan tuzilganligi A={a, b, c, d, e, f} ko‘rinishda yoziladi.

To’plam bir qancha elementlardan iborat bo’lishi mumkin, quyidagi yozuv:



aA (1)

a elementni A to’plamga tegishliligini bildiradi.

aA (2)

a elementni A to’plamga tegishli emasligini bildiradi, yoki mantiq belgisidan foydalangan holda ko’rinishda yozishimiz mumkin. Agar aA bo’lsa, u holda a element A to’plamga tegishli deyiladi1.
a elementni A to’plamga tegishli emasligini bildiradi, yoki mantiq belgisidan foydalangan holda ko’rinishda yozishimiz mumkin. Agar aA bo’lsa, u holda a element A to’plamga tegishli deyiladi2.

To’plamning quvvati, yoki cardinal son tushunchasi to’plam elementlari sonini bildiradi. Har qanday n elementli A to’plam elemementlari soni |A|=n kabi belgilanadi. Bizning misolimizda |A|=6.3

2-ta’rif. Chekli to`plamning elementlar soniga to`plam quvvati deyiladi va n(A) kabi belgilanadi.

Masalan, to`plamning quvvati n(A) = 7 ga,

to`plamning quvvati n(B) = 1 ga,

to`plamning quvvati n(C) = 3 ga,

to`plamning quvvati n(D) = 2 ga,

bo`sh to`plamning quvvati n() = 0 ga teng.

Cheksiz to`plamlarning quvvati transfinit4 sonlarda ifodalanadi.

3-ta’rif. Quvvatlari teng bo’lgan to`plamlar teng quvvatli to`plamlar deyiladi.

Masalan, va to`plamlar teng quvvatli. n(A) = n(C) = 3.

To’plam elementi, ya’ni a element to‘plamning elementi ekanligi aA ko’rinishda yoziladi va «a element A to’plamga tegishli» «a element to‘plamning elementi», «a element to‘plamda mavjud» yoki «a element to‘plamga kiradi» deb o’qiladi.

Agar a element A to’plamga tegishli bo’lmasa, aA yoki aA ko’rinishda yoziladi.

Masalan, A — juft natural sonlar to’plami bo’lsin, u holda 2A, 5A, 628A va 729A bo’ladi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling