14-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatining to‘xtatilishi
Jamoat birlashmalarining faoliyati ularni qayta tashkil etish (qo‘shilish, birlashish, ajralish) yoki tugatish yo‘li bilan to‘xtatilishi mumkin.
Jamoat birlashmalari ularning syezdlari (konferensiyalari) yoki umumiy yig‘ilishlari qarori bilan qaytadan tashkil etiladi. Jamoat birlashmalarini qayta tashkil etgandan so‘ng yangidan tuzilgan jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 11-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda ro‘yxatga olinadi.
Jamoat birlashmasi syezd (konferensiya) yoki umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq, yoxud ushbu Qonunning 22-moddasida ko‘zda tutilgan asoslarga muvofiq va tartibda tugatiladi.
Syezd (konferensiya) yoki umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki uning ustavida ko‘zda tutilgan maqsad yo‘lida sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Siyosiy partiyaning faoliyatini tugatish yoki to‘xtatib turish “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
III BOB. JAMOAT BIRLAShMALARINING HUQUQLARI VA ULAR FAOLIYATINING ShART-ShAROITLARI
15-modda. Jamoat birlashmalarining huquqlari
Jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar.
Jamoat birlashmalarining huquqlari ularning ustavlarida qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoat birlashmalari ustavlarda, dasturiy, boshqa hujjatlarda belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun o‘z maqsadlari va faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatadi, qonunchilikda ko‘zda tutilgan xollarda va tartibda esa:
(15-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi 664-XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 363-modda)
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
davlat va jamoat idoralarida o‘z a’zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Qonunda hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasining ham o‘zga qonunchiligida ko‘zda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
(15-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |