Asosiy kiritish chiqarish tizimi bios reja


Download 87.47 Kb.
bet1/4
Sana29.10.2023
Hajmi87.47 Kb.
#1732813
  1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter tashkil qilish word file4




Asosiy kiritish chiqarish tizimi BIOS
Reja:

  1. BIOS haqida tushuncha

  2. BIOS menyulariga kirish

  3. BIOS da sozlash

Ofislardagi shaxsiy kompyuter va qurilmalarni elektr manbaiga ulashdan so’ng ularni ishlatishda BIOS dan foydalaniladi. U tizim platada joylashgan alohida mikrosxema bo’lib, faqat o’qish va saqlash rejimlarida ishlaydi, yozish mumkin emas. U energiyaga bog’liq emas, chunki alohida akkumlyator batareykasidan ta’minlanadi.
BIOS hajmi kichik bo’lib, unda ishlab chiqarilgan zavodda dasturlar yoziladi va doimiy saqlanishi uchun akkumlyator batareykasidan energiya bilan ta‘minlanadi. Dasturning asosiy vazifasi kompyuter tok manbaiga qo’shilgandan so’ng, avtomatik ravishda barcha qurilmalarning ish faoliyatini nazorat qiladi. U qo’yidagi amallarni bajaradi: Kompyuterning asosiy qurilmalarini testdan o’tkazish.
Asosiy qurilmalarda nosozlik o’chramaganda operatsion sistemaning boshlang’ich yuklash modulini operativ xotiraga yuklaydi.
Operatsion sistemaning qolgan modullarini tashqi tezkor xotiraga yuklaydi. BIOS (doimiy xotira) — Pentuum tipidagi kompyuterlarda mavjud bo’lib, ulardagi ma‘lumotlar mikrosxema tayyorlanayotganda yoziladi. Bu ma‘lumotlardan keyinchalik kompyuter ishlayotganda faqat o’qish uchun foydalaniladi.
BIOS - bu termin bazali kiritish - chiqarish sistemalarisining asosidir. BIOS dastur va apparat simlari o’rtasidagi bog’lovchi hisoblanadi. Bazali kiritish - chiqarish istemalarining asosi, bu kombinatsiyalash BIOS lar va qiymatlar uchun yuklanadigan drayverlardir. BIOS ning bir qismi tizim platadagi mikrosxemaga joylashadi va u Firm Ware deb nomlanadi (aynan mana shu mikrosxema foydalanuvchi BIOS ni kompyuterdan apparat qismiga o’tkazadi).
Operatsion sistema o’z o’rnida BIOS orqali apparat taminotiga murojaat қилади. Bu bog’lanish drayver qurilmalar ko’rinishida amalga oshiriladi.

BIOS(Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard(материнская плата)’da alohida chip sifatida ishlaydi.


Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab bios ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(bootmgr).
Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan biosning ishi.



BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
— kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish;
— kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test);
— kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi;
— tizim resurslarini taqsimlaydi;
— PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash;
— operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr);
— qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
— elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish.
BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi:
— American Megatrends (AMI);
— Award Software;
— Phoenix Technologies.


BIOSturiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim.










BIOS’ versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operatsion tizim orqali quyidagicha ko‘rish mumkin:


Пуск -> Выполнить -> msinfo32



BIOS dasturiga, operatsion tizim ishlab turgan paytda kirib bo‘lmaydi, bu xavfsizlik sababli qilingan. Uning uchun kompyuterni qayta yuklash lozim. Kompyuter yonganda, ekranda bir muddat BIOS’ga qanday kirish haqida axborot chiqadi, odatda «Press DEL to enter SETUP» ko‘rinishida bo‘ladi. Agar bu xabarni o‘qiy olmasangiz, bu haqidagi ma’lumot Motherboard(Материнская плата) qo‘llanmasida ham bo‘ladi, shu yerdan bilib olishingiz mumkin.

Notebook’larda, chiqarilgan firmaga qarab, BIOS’ga standartdan tashqari(delete, F1,F2)tugmalar orqali kiriladi, ya’ni firma o‘zi belgilaydi, qaysi tugma orqali BIOS’ga kirish mumkinligini. Quydagi jadvalda, qanday firma Notebook’larida, BIOS’ga kirish qanday tugmalar asosida amalga oshirilishi haqida axborot berilgan. Bu jadval «windxp» internet saytidan olingan.




BIOS menyulari haqida umumiy tushuncha


PHOENIX+AWARD nomli firmaning BIOS‘i asosida ko‘rsataman, bu firma oldin ikkita firma ko‘rinishida bo‘lib, hozir birgalikda BIOS chiqarish bilan shug‘ullanishmoqda, ko‘p kompyuterlarda aynan shu firma BIOS’i ishlatilmoqda.



Asosiy kiritish chiqarish tizimi (BIOS) kompyuter yoki boshqa qurilmalar yuklanish jarayonida ishlatiladigan firmware interfeysidir.
BIOS tizimi kompyuterda qurilgan hardware komponentlarni tekshirib, ularni muvaffaqiyatli boshlash uchun kerakli sozlamalarni qiladi. Ushbu tizim kompyuterda yuklanish jarayoni davomida operatsion tizim bilan aloqada bo'lishi uchun hardware komponentlarga past darajadagi kirish huquqini beradi. BIOS tizimi motherboardda joylashgan yong'oq ichida saqlanadi va operatsion tizimni boshlash va hardware sozlamalarni qilish kabi muhim funksiyalarni bajaradi
.
1. Standard CMOS Features — menyuda, tizim tomonidan ko‘rsatiladigan vaqt, kun kabi axborotlar, undan tashqari disklarni sozlash va POST xatolar haqida ma’lumotlarni ko‘rish va ularni sozlash mumkin bo‘ladi.

2. Tiger Central Control Unit — menyuda, tezkor xotira(RAM), protsessor(CPU)kabi kompyuter elementlarini ishlashini sozlash va ular haqida axborot olish mumkin bo‘ladi. Aynan shu menyu orqali kompyuter ishlashini tezlashtirish(разгон) imkoni mavjud.


3. Advanced BIOS Features — kompyuter yuklanishni qanday amalga oshirish kerakligi, protsessor sozlashlari va xotirani keshlash kabi sozlashlar amalga oshiriladi. Undan tashqari kompyuter yoqilishida qaysi diskdan yuklanishi kabi savollarga ham javob topiladi.


4. Advanced Chipset Features — bu menyu motherboar’dagi chipsetni sozlash va tezkor xotira ishlash parametrlarlarini belgilash uchun ishlatiladi..


5. Integrated Peripherals — motherboard’da mujassamlashgan elementlarni sozlash uchun(audio, video, kontrollerlar,…).


6. Power Management Setup — kompyuterning elektr ta’minotini boshqaradi, undan tashqari bu menyu orqali kompyuterni o‘chish va yoqilishini avtomatlashtirish ham mumkin.


7. PnP/PCI Configurations — tizim resurslarini qurilmalarga taqsimlash va PCI sozlashlarni amalga oshiradi.


8. PC Health Status — bu menyu orqali kompyuter ishlashini monitoring qilish mumkin bo‘ladi. Ba’zi elementlarning haroratini, kullerlarning aylanish tezligini va hakazo.


9. Load Fail-Safe Defaults — oldingi maqolada aytib o‘tgan funksiya, ya’ni BIOS sozlashlarini eski holatiga qaytaruvchi menyu. Bu menyu, bilib-bilmasdan BIOS sozlashlarini o‘zgartirib qo‘ygan va orqaga qaytarishni bilmagan foydalanuvchilar uchun qulaydir.

10. Load Optimized Defaults — bir necha qiymatlarni bergan holda, kompyuter ishlashini optimizatsiya qilish uchun ishlatiladi.


11. Set Supervisor Password -BIOS dasturiga parol o‘rnatish(superfoydalanuvchiga, administratorga), bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring.


12. Set User Password — bu ham yuqoridagi kabi parol qo‘yish uchun ishlatiladi, lekin administratorga emas, balki oddiy foydalanuvchiga, bu foydalanuvchi sozlashlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi, lekin o‘zgartiraolmaydi.


13. Save & Exit Setup — qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlab, BIOS’dan chiqish.


14. Exit Without Saving — qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlamasdan BIOS’dan chiqish.



BIOS’ning STANDART CMOS FEATURES menyusi haqida
Odatda BIOS dasturi bilan ishlaganda, klaviaturaning tepa-past va chap-o‘ng tugmalari ishlatilad, albatta ENTER tugmasidan ham foydalaniladi(tanlash uchun), demak boshladik.
STANDART CMOS FEATURES. Shu nomli menyuni tanlab ENTER tugmasini bosamiz.
Tabiiy holatda BIOS menyulariga kirish uchun klaviatura kombinatsiyalari kompyuter modeli va BIOS versiyasiga qarab o'zgarishi mumkin. Ammo ko'pgina BIOS menyulariga kirish uchun ishlatiladigan klaviatura kombinatsiyalari quyidagilar hisoblanadi:

  • F2

  • Delete

  • F10

  • Escape

BIOS menyusiga kirish uchun, kompyuter yoki boshqa qurilmaning yuklanish jarayonida bir nechta marta qisqa klaviatura kombinatsiyalari bosiladi. Bu kombinatsiyalar bilan BIOS menyusiga kirish uchun qisqa vaqt ichida BIOS sozlamalari o'zgartirilishi mumkin.


Rasmdan ko‘rinib turibdiki, bu menyu orqali vaqt, kun va qattiq disk parametrlarini o‘zgartirish mumkin(diskdan tashqari, DVD qurilmalar, ba’zi BIOS turlarida fleshkalarni ham). Bizning holda(rasmga qarang), kompyuterga ikkita disk ulanganini ko‘rishimiz mumkin(ST31…, ST33…).Kerakli diskni tanlab ENTER tugmasini bosamiz yoki oldingi holga qaytish uchun ESC tugmasini bosamiz. Bu menyuda quyidagi menyuchalar bor.


IDE Channel 0 Master — bu menyuchada qattiq disk(umumiy holda накопитель)ning xarakteristikasi keltirilgan(agar IDE raz’yemiga ulangan bo‘lsa). Master— ya’ni asosiy disk. Asosiy yuklanuvchi disk.
IDE Channel 1 Master — bu ham komyuterga ulangan qattiq disk(umumiy holda накопитель) xarakteristikasidir(agar IDE raz’yemiga ulangan bo‘lsa). Slave — ya’ni yordamchi disk, asosiydan diskdan keyin yuklanadigan disk. Agar bu menyuchalarga qanday dtskni o‘rnatishni bilmasangiz, qiymat sifati AUTO‘ni tanlang, shunda kompyuter vinchester ulanishi asosida o‘zi aniqlashtirib oladi.

Qolgan menyuchalar, SATA raz’yemi orqali ulangan qattiq disklarni xarakteristikalaridir, bularda faqat Master tushunchasi bor va bu Master’larning darajalari raqamlar orqali belgilanadi.


Qattiq disklarni SATA ulanishi darajalarini Motherboar’dagi SATA raz’yemlarining raqamlari orqali ham aniqlashtirish mumkin.



BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarish yo’llari
BIOS dasturida har xil sozlashlar mavjud bo‘ladi va bu sozlashlarni bilmasdan o‘zgartirish, kompyuter bilan sodir bo‘ladigan har xil nohushliklarga olib keladi. Shuning uchun, BIOS bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling, agar bilmasdan buzib qo‘ysangiz, darhol BIOS dasturidagi sozlashlarni ishlab chiqarilgan paytdagi sozlashlarga(odatiy sozlashlarga) qaytaring(сброс настроек по умолчанию).
№ 1 variant.
Kompyuterni o‘chiring va tok manbaidan uzing, undan so‘ng, kompyuter ichini oching va u yerdan BIOS dasturi sozlashlarini odatiy holga qaytaruvchi tugmani bosing. Bu tugma faqat ma’lum bir platalrda mavjud. Natijada, BIOS sozlashlari zavodda chiqarilgan sozlashga qaytariladi.

№ 2 variant.


BIOS bir necha kichik dasturlardan iborat bo‘ladi, sozlashlar amalga oshiriladigan dastur BIOS Setup deyiladi. Qachon siz maxsus tugmalar orqali BIOS’ga kirganingizda, siz faqat BIOS sozlashlariga kirgan bo‘lasiz. Bu sozlashlar maxsus mikrosxemada joylashgan bo‘ladi va CMOS deb yuritiladi. Sozlashlarni oldingi holatiga qaytarish uchun, CMOS «перемычка«sini olib, yonidagisiga bir necha sekundga ulaymiz va orqaga qaytaramiz. Shunda BIOS sozlashlari orqaga qaytadi, bu «перемычка» BIOS batareyasi yonida joylashgan bo‘ladi.



№ 3 variant.
Agar yuqoridagi usullar orqali sozlashlarni oldingi holatiga qaytaraolmasangiz, eng sodda usulini taklif qilaman. Bu BIOS batareyasini bir necha soniyaga(30-45 soniya) olib, qaytadan qo‘yishdan iborat. Bu unchalik qiyin emas, faqat batareykani topsangiz bas. Batareyka kottaroq va dumaqloq ko‘rinishga ega va 3V dan iborat. Agar bu batareyka ishdan chiqsa, kompyuterning ba’zi sozlashlari(vaqt, kun) buzilib ketadi va kompyuterni yoqganingizda «CMOS-checksum error» yoki «Battery Low Lewel» degan xatoliklar chiqadi.



№ 4 variant.
BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarishning yana bir usuli bu BIOS’ga kirganda ma’lum bir menyu orqalidir. Bu menyu «Load Fail — Safe Defaults» deb nomlanadi. BIOS turi va versiyasiga qarab har xil joyda joylashgan bo‘lishi mumkin. Odatda BIOS Setup oynasida bo‘ladi.



Download 87.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling