Asosiy savollar


Download 19.91 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi19.91 Kb.
#143381
Bog'liq
8-seminar


Asosiy savollar:

1. Xarakter haqida tushuncha.

Xarakter xislatlari shaxsni muayyan faoliyatga undovchi omil si-fatida maydonga chiqishi mumkin. Ma’lumki, xarakterning aksari-yat xislatlari shaxsning xatti-harakatlari muvaffaqiyatini belgi-lovchi turtki va faol mayllar bo‘lib hisoblanadi. Odatda, shaxslar o‘zaro o‘xshash sharoitlarda bir xil motivlar va munosabatlarga asos-lanib, aniq maqsadga intilib, maqsadga erishishga mutanosib hara-kat usullariga nisbatan moyillikni namoyon etadilar. Moyillik-lar negizida xarakter xislatlarining undovchanlik kuchi vujudga keladi va uning ta’siri tufayli inson tabiiy sharoitga zid, maq-sadga nomuvofiq harakat usullaridan foydalanadi.

Shaxs ba’zida o‘z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin bosh-qacha harakatni amalga oshirishni uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psi-xologlarning tasdiklashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffa-qiyatsizlikdan xavsirashga qaraganda, ular o‘z yutuklarini yuksakroq qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun halokatli hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo‘l urishida davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlik-dan cho‘chiydilar, o‘ta ehtiyotkor bo‘ladilar, qiyinchilikdan yuz o‘gira-di, yengil ishga qo‘l urishni lozim topadilar.

Maqsadga nomuvofiq, lekin shaxs uchun o‘ziga xos harakat usulla-rini tanlashga moyillik kuchli irodaviy zo‘r berish sharoitlarida, jiddiylik (zo‘riqish) vaziyatlarida yorqin aks etadi. Inson uchun o‘ziga xos harakat usuli favquloddagi sharoitda maqsadga muvofiq kelsa, u holda o‘z xislatiga nomuvofiq, bir xil yo‘sindagi usullaridan foy-dalanishga qaraganda ko‘p kuch-quvvat, qat’iylik, ishchanlik namo-yish qilinishni ma’qul topadi. Mabodo xarakter xislatlari tabiiy (obyektiv) sharoit talabiga qarshi harakat qilishga undasa, uning xislatlari o‘ziga xalaqit va pand beradi. Xarakter xislatlari sharo-it, vaziyat talablariga muvofiq tushsa, u holda bunda shaxs ijobiy faoliyat ko‘rsatadi, butun kuch-quvvatini jamlab harakat qilishga imkon tug‘iladi.

Shunday qilib, xarakat xislatlari shaxsni muayyan yo‘sinda inti-lishiga, ba’zida sharoitga zid harakat qilishga undash bilan birga, ular murakkab vaziyatlarda yorqin ro‘yobga chiqadilar. Haqqoniylik, dadillik, to‘g‘rilik shaxsni noxush kechinmalarga olib kelishiga qara-may, uni davralarda haqiqatni tik aytishga undaydi, sobitqadam-likni shakllantirishga xizmat qiladi.

2. Xarakterning fiziologik asosi Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sha-roitlaridan biri - xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi o‘rtasidagi o‘xshashlik bo‘yicha tax-miniy xulosa chiqarishdir. Ma’lumki, I. P. Pavlov ilmiy maktabi materiallarida e’tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida ovqat-lanish orqali, shuningdek, teriga elektr toki bilan ta’sir qilish tufayli mustahkamlashda aynan bir hayvonda bir xil shartli qo‘zg‘ov-chiga javoban ikki xil dinamik stereotiplar hosil bo‘lishi mumkin. Harakat stereotiplar va so‘lak ajratishdan iborat ijobiy va tomoz-lanish shartli reaksiyalari bilan javob qaytaradi. Teriga elektr toki bilan ta’sir qilish sharoitida esa qo‘zg‘ovchilarning o‘ziga mu-dofaa harakatlari stereotiplari reaksiyasi bilan javob beradi. Bu hodisalar negizida yotgan fiziologik mexanizm ko‘chirish mexanizmi deyiladi. Ko‘chirish mexanizmining mohiyati shuki, sharoitga bog‘liq tarzda markaziy asab tizimida har xil funksional holat paydo bo‘la-Di, chunonchi, ovqatlanishda ovqatlanishning markazlarida kuchli Qo‘zg‘alish yuzaga keladi va bunday ovqatlanish bilan bog‘liq domi-nanta tug‘iladi. Teriga elektr toki bilan ta’sir qilishda mudofaa bilan bog‘liq harakat markazlari kuchli qo‘zg‘alishi tufayli muhofa-za (mudofaa) dominantasi vujudga keladi.

Hayvonlardagi mazkur hodisalarning shaxs xarakterining xislat-lari namoyon bo‘lishi bilan o‘xshashligi mavjud: 1) ular hayvonlar va odamlar uchun stereotip xususiyatga ega; 2) sharoitga bog‘liqholda odam-larda va hayvonlarda bir qo‘zg‘ovchiga javoban xilma-xil stereotip xususiyatli reaksiyalartizimi vujudga keladi; 3) funksional holat-lar har ikkalasida ham barqaror va doimiy xususiyat kasb etadi. Funksional holatlar hosil bo‘lishining tashqi omillariga asosla-nib; xarakter xislatlari shakllantirishning fiziologik sharoit-laridan biri ko‘chish mexanizmi asosida dinamik stereotiplarning vujudga kelishidir.

Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog‘liq asab tizimining shartli reflektor funksional holati shaxsning sharo-itga nisbatan turlicha munosabatiga bog‘liqdir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchi munosabati o‘zgartirilsa, unda nerv jarayon-larining qo‘zg‘aluvchanligi, harakatchanligi, to‘xtalishi kuchayadi, de-mak asab tizimining funksional holati o‘zgaradi. Shunday qilib, xarakter xislatlarining asosi ko‘chish mexanizmi insonlarda hay-vonlarnikidan keskin tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signal tizimi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xarakter xislatlarining namoyon bo‘lishi bilan asabtizimi qiyos-lansa, u holda birinchisining ro‘yobga chiqishi o‘zgacha fiziologik sharoitga asoslanishini ko‘rish mumkin. Sobiq sovet psixologiyasi-da ta’kidlanishicha, asab tizimi umumiy tipining zid xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi. B. M. Tep-lov, V. S. Merlin, YE. A. Klimovlarningtadqiqotlarida, o‘qish, sport va mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farkla-ri aiiklangan. Xuddi shu bois xarakter xislatlari paydo bo‘lish-ning o‘zgacha fiziologik sharoiti asab tizimi umumiy tipining xu-susiyatlari hisoblanadi. Ma’lumki, asab tizimining umumiy tipi - bu temperamentning fiziologik asosi hamdir. Shuning uchun tem-perament tipi xarakterning individual o‘ziga xos xislatlarining ro‘yobga chiqishidagi muhim psixologik sharoitlardan biri bo‘lib hisoblanadi. I. P. Pavlov tajribasining ko‘rsatishicha, muayyan ti-zimda tashqi ta’sir hukm surganda asab tizimi umumiy tipining xususiyatlariga taalluqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltirishi yoki, aksincha, xalaqit berishi mumkin.

3. Xarakterning tuzilishi va xususiyatlari. Shaxs xarakterining yaxlitligi, bus-butunligi mutlaq narsa emas albatta, chunki insonning asosiy munosabatlaridan biri boshqa barcha munosabatlarni to‘la belgilay olgandagina xarakter mutlaq xususiyat kasb etadi. Lekin shaxsning munosabatlari ijtimoiy munosabatla-rining aks ettirilishidan iboratligi tufayli uning munosabatla-ri bilan xarakter xislatlari o‘rtasida ziddiyat hukm suradi. Bundan xulosaga kelgan holda shaxsning xarakteri nisbiy jihatdan yaxlit-dir, deyishimiz mumkin, biroquning bir butunligi ham individu-al, o‘zigi xos xususiyatga egadir. Yaxlitlik nuqgai nazaridan qaragan-da, turli qarama-qarshi xususiyatli shaxslar qarshiliklar oqibatida harakatlarda va inson hulqida shunday holat hosil bo‘ladi va ijti-moiy-axloqiy meyorlarni buzishini yuzaga keltiradi. Bunday vazi-yatlarda harakatdagi kamchiliklar bilan kurashishning asosiy yo‘li — bu shaxs xarakteridagi qarama-qarshiliklarni yengishga o‘rganish-dir. Xarakterning tuzilishi ba’zi xislatlarining o‘zaro bog‘likligi bilan emas, balki uning yaxlitligiga mutanosib xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Xarakter tuzilishining qatoriga ularning chuqurlik darajasi kiradi va shaxsning asosiy munosabatlari bilan belgila-nadi. Insonning boshqa odamlarga, jamoaga, mehnatga nisbatan fi-doiy munosabatda bo‘lishida belgilanuvchi xususiyatlar chuqurroq xu-susiyatlar deyiladi. Mazkur mezonga qarab shaxslarning farqlani-shini yuzaki tasavvur qilmaslik kerak, chunki insonga beriladigan tavsifnoma simtomokomplekslarni ta’kidlab o‘tishi bilan cheklan-masligi lozim. Aks holda shaxsning psixologik qiyofasining tav-sifnomasi: birinchidan, simtomokomplekslarni chuqurroq joylash-tirishni, ikkinchidan, muayyan darajada chuqurroq mujassamlashti-rishni, uchinchidan, bir oz yuzakiroqtizimni ajratishni taqozo qiladi.

Xarakter tuzilishi xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarak-ter kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga ajratiladi. Shuningdek, xarakter tuzilishi xu-susiyatlari tarkibiga uning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgandir. Xarakterning barqarorligi ham, o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shaxsning xarakter xususiyatlari turlicha turmush sharoitlarida, qar-shilik qiluvchi vaziyatga uchrashiga qaramay, uning xatti-harakatla-rini boshqaradi. Shu boisdan inson tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgi-na qolmasdan, balki tashqi vaziyatni uning shaxsan o‘zi yaratadi, shu-ningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi.

Bundan tashqari, shaxsning turmushdaga zaruriy sharoitlaridan biri — bu xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakter-ning plastikligi ikki xil ma’no kasb etadi. Xarakterning plas-tikligi uning barqarorligi singari muhitga faol ta’sir o‘tkazish-ning shartlaridan hisoblanadi. Ish-amallari maqsadga muvofiq va foydali kechishi uchun ular o‘zgaruvchan tashqi sharoitga moslashish-lari lozim. Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakl-lantirishining zaruriy sharti sanaladi. Xarakterning barqarorli-gi, plastikligi o‘ziga xos individual xususiyatga ega bo‘lib, uni tuzi-lishining xislati sifatida mujassamlashadi.

Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy ti-zimga bog‘liqligiga binoan muayyan darajada shaxs munosabatlari-ning mazmuni bilan belgilanadi. Biroq ular munosabatlar mazmu-niga bog‘liqligiga qaramay, ba’zan yuzaki xususiyatga ham ega bo‘ladi-lar.

Psixologiyada irsiyat bilan xarakterining munosabati to‘g‘risida xilma-xil qarashlar mavjuddir (Krechmer, SHeldon va boshqalar). Ak-sariyat psixologlarning e’tirof etishlaricha, organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xislatlarining paydo bo‘lishidagi shartlari-dan biri hisoblanadi, xolos. Ma’lumki xarakter xususiyatlari irsi-yatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuni-yatlar bilan tavsiflanadi. Ushbu masalani irsiyatga bog‘lab tushunti-rishi gomozigot egizaklarni o‘rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari aynan bir xildir. Ular temperament xususiyatlari bo‘yicha tubdan o‘xshash bo‘lsalar-da, lekin xarakter xis-latlariga ko‘ra bir-biridan ksskin farq qiladilar. Shuning uchun xarakterning shaxs turmush sharoitiga bog‘liqligini: a) uning fizio-logik asosi ham, b) tashqi taassurotlar tizimi tufayli vujudga kela-digan shartli reflektor funksional holati ham tasdikdaydi.

Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amalga oshadi. Xarakterning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa, ular o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. Shu sababdan ijtimoiy tuzum-ni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki xarakterning individual xusu-siyatlari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liqtarzda, oila-da, bolalar va mehnat jamoalarida xayrixohlik, o‘rtokdik, o‘zaro yordam-lashish, hamkorlik, yoki aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit, un-dagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning mikdori, yoshidagi far-qi, nizoli vaziyatlar ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o‘ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Bolalar bog‘chasida-gi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning mahsus xis-latlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruh-larda ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga kela-di. Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari nihoyat dara-jada barqaror bo‘lib, ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi. Shaxsda mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liqholda tarkib topgan munosabatlar o‘zining mustahkamligi bilan ajralibturadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqaror-ligi, doimiyligi ko‘p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog‘liq. Insonning haqqoniylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo‘lib, uning ongli qarashlariga, ishonch aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo‘laveradi. Mamlakatimiz fuqarolari xarakterining kuchi va mustahkamligi ularning istiqlol nashidasidadir va vatanparvar-lik yuksak his-tuyg‘usidadir. Shunday qilib, psixikaning individual sifat xususiyatlari shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini belgilash, tavsif-lash imkoniyati vujudga keladi. Psixikaning individual xususiyatla-ri orasida temperament xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fizio-logik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida ke-chishi dinamik xususiyat deyiladi. Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyatlariga bog‘likdir. Ana shu holatga mu-vofiq ravishda temperament xususiyatlari ham, xarakterning ma’lum xislatlarining vakt davomida tashqi namoyon bo‘lishi ham tempera-ment tipiga bog‘liq.

4. Xarakterning tarkib topishi. Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amalga oshadi. Xarakterning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa, ular o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. Shu sababdan ijtimoiy tuzum-ni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki xarakterning individual xusu-siyatlari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liqtarzda, oila-da, bolalar va mehnat jamoalarida xayrixohlik, o‘rtokdik, o‘zaro yordam-lashish, hamkorlik, yoki aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit, un-dagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning mikdori, yoshidagi far-qi, nizoli vaziyatlar ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o‘ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Bolalar bog‘chasida-gi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning mahsus xis-latlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruh-larda ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga kela-di. Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari nihoyat dara-jada barqaror bo‘lib, ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi. Shaxsda mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liqholda tarkib topgan munosabatlar o‘zining mustahkamligi bilan ajralibturadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqaror-ligi, doimiyligi ko‘p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog‘liq. Insonning haqqoniylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo‘lib, uning ongli qarashlariga, ishonch aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo‘laveradi. Mamlakatimiz fuqarolari xarakterining kuchi va mustahkamligi ularning istiqlol nashidasidadir va vatanparvar-lik yuksak his-tuyg‘usidadir. Shunday qilib, psixikaning individual sifat xususiyatlari shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini belgilash, tavsif-lash imkoniyati vujudga keladi. Psixikaning individual xususiyatla-ri orasida temperament xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fizio-logik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida ke-chishi dinamik xususiyat deyiladi. Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyatlariga bog‘likdir. Ana shu holatga mu-vofiq ravishda temperament xususiyatlari ham, xarakterning ma’lum xislatlarining vakt davomida tashqi namoyon bo‘lishi ham tempera-ment tipiga bog‘liq.

Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning psixikaning irsiy individual xususiyatlari bilan o‘zaro munosaba-ti xarakter xislatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiflamaydi, balki shaxs-ning faoliyati orqali belgilaydi. Uning faoliyatiga taalluqli ay-nan bir xil ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy xususi-yatlaridan turli xarakter xislatlari shakllanadi. Xuddi shu boisdan xarakterning rivojlanishi shaxsning faol faoliyati jarayonida uning xatti-harakatlariga bog‘liq tarzda amalga oshadi. Xarakterning tar-kib topishida faol faoliyatning roli shundaki, xuddi shu faol fa-oliyatida xarakterning ifodalaydigan harakatning individual o‘ziga xos usullari tarkib topadi. Harakat usullarining avtomatlashuvi muayyan dinamik stereotip hosil qilinishi bilan bog‘liq shartli reflektor funksional holatning mahsulasidir. Avtomatlashuvining bir necha turdagi psixologik mexanizmlari mavjud bo‘lib, ulardan biri — bu odatlardir. Xarakter xislatlari tarkib tonishining mu-him shartlaridan biri — bu xislatlarni zaruriy xatti-harakatlarda chidam bilan mashq qilishdan iboratdir.

Xarakterning tarkib topishida takdidchanlikning roli katta bo‘lib, harakat usullari avtomatlashuvining bosh manbai hisoblana-di. Tarkib topish jarayonida takdidchanlikning ahamiyati ko‘p ji-hatdan ifodali xatti-harakatlarning shaxs emotsional (hissiy) ke-chinmalariga ta’siri bilan belgilanadi. Takdidchanlik xatti-hara-kat namunasiga takdid qilish uchun mo‘ljallangan shaxs munosabatlari tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakl-lantirishning shartiga aylanadi.

Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit obyek-tiv va subyektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka) psi-xologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahami-yat kasb etadi. Ko‘rsatma (ustanovka) odatlaridan farkli o‘laroq, mu-ayyan harakatlarga tayyor turishgina bo‘lib qolmay, balki bilish jara-yonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham tayyor turishlikdir.



Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharo-itlarda) yorqin namoyon bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holat-larda u tarkib ham topadi. Odatda, xarakter xislatlarining o‘zgari-shidagi individual farklar shaxsning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riqtopishigabog‘liq, binobarin, inson sharoit-dan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi.
Download 19.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling