Kafedra: jamoat salomatligi,sohliqni saqlashni


Download 77.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.03.2017
Hajmi77.48 Kb.
#1853

KAFEDRA:  JAMOAT SALOMATLIGI,SOHLIQNI SAQLASHNI 

TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH 

Fan: JAMOAT SALOMATLIGI,SOHLIQNI SAQLASHNI TASHKIL  

ETISH VA BOSHQARISH 

 

MAVZU: Aholiga ambulatoriya-

poliklinika xizmatini tashkil etish. 

Olilaviy poliklinika foliyatini taxlili. 



• Davolash - profilaktika ishlari sog'liqni saqlash tizimining eng muhim 

bo'lagi hisoblanadi. 

• Aholiga davolash – profilaktika yordami quyidagi asosiy prinsiplarga   

amal qilgan holda tashkil etiladi: 

• 1.  Aholini malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan ta'minlash; 

• 2. Davolash – profilaktika yordamini barcha uchun bir xil darajada 

ko'rsatilishi; 

• 3. Davolash va profilaktika ishining birligi; 

• 4. Dispanserizatsiya davolash – profilaktika yordamining muhim 

bo'lagi; 

• 5. UASh-oila shifokori prinsipida xizmat ko'rsatish; 

• 6. Profilaktika davolash – profilaktika muassasalarining asosiy 

ustivor faoliyat turi. 

 


• Aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordamini tashkil etish 

• Birlamchi tibbiy sanitariya yordami (BTSYo), tibbiy sanitariya 

xizmatining muhim shakli bo'lib, aholi va mamlakatning 

imkoniyatlaridan kelib chiqib, aholining, jumladan har bir insonning 

faol ishtirokida uning ehtiyojiga ko'ra ko'rsatiladigan kerakli va 

muhim yordam hisoblanadi. Aholini birlamchi tibbiy sanitariya 

yordami bilan ta'minlash davlat siyosati va taktikasi bo'lib, 

mamlakat rivojlanishining har bir bosqichida, ijtimoiy adolat ruhida 

aholiga iloji boricha yashash va ish joyiga yaqin joyda, 

jamoatchilikning barcha kuchlari yordamida ko'rsatiladigan sog'liqni 

saqlash chora-tadbirlardir. 

• Davlat sog'liqni saqlash tizimi muassasalari, ijtimoiy ta'minot 

hamda, jamoa birlashmalari tomonidan ko'rsatiladigan BTSYo tibbiy 

xizmatning asosiy va bepul turi hisoblanadi va o'z ichiga 

quyidagilarni oladi: 

 


• -Eng ko'p tarqalgan kasalliklar, jarohatlanishlar 

va boshqa noxush holatni davolash; 

• -Sanitariya – gigiyena, epidemiyaga qarshi 

tibbiy profilaktik tadbirlarni o'tkazish; 

• -Oilani, onalik va bolalikni muhofazalash, 

yashash joyi bo'yicha tibbiy sanitariya 

yordamini ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan 

boshqa tadbirlarni o'tkazish. 

 


• BTSYo aholiga ambulatoriya – poliklinika 

muassasalarida, QVPda, shoshilinch tibbiy yordam 

markazlarida, tug'ruqxonalarda va shifoxonalarda 

murojaat etilganda ko'rsatiladi.  BTSYo ko'rsatishning 

yetakchi zvenosi bo'lib, umumiy (oila)amaliyot vrachi 

xizmati hisoblanadi. Tibbiy xizmatning birinchi 

zvenosida bemor birinchi marotaba umumiy amaliyot 

shifokori bilan muloqatda bo'ladi va o'zining sog'lig'i 

bilan bog'liq muammolarini hal etish uchun murojat 

qiladi. Umumiy amaliyot shifokorining asosiy maqsadi 

har bir insonga, oilaga, shuningdek jamoaga doimiy va 

har tomonlama tibbiy yordam ko'rsatishdir. 

 




                                 OPoliklinika xizmatini tashkil etish 

OPoliklinika muassasalari, birinchi marta bunday muassasalar shaharlarda, tuman 



va viloyat markazlarida tashkil topgan bo'lib, aholining qatnab davolanishi va uyda 

tibbiy yordam olishi uchun mo'ljallangan. OPoliklinika xizmati sog'liqni saqlash 

tizimida muhim o'rinni egallaydi. 

Birinchidan, OPoliklinikalar eng ommaviy va aholi uchun eng yaqin tibbiyot 



muassasalaridan biri bo'lib, unda yiliga 80%dan ortiq aholi tibbiy yordam oladi. 

Ikkinchidan, bunday muassasalarda ishlovchi shifokorlarning faoliyati juda katta 



profilaktik ahamiyatga egadir (barvaqt tashxis qo'yish, yuqumli kasalliklarni o'z 

vaqtida aniqlash va boshqalar). 

Uchinchidan, ambulatoriya va poliklinikalarning faoliyati boshqa tibbiyot 



muassasalarining ishiga katta ta'sir ko'rsatadi.O Poliklinikaning ish sifati ayniqsa, 

kasalxonalarning faoliyatiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, poliklinikada 

kasallarga qanchalik o'z vaqtida to'g'ri tashxis qo'yilib, shifoxonaga yuborilsa, 

kasallarning shifoxonada davolanish muddati qisqaradi, kasallikdan xalos bo'lishi 

tezlashadi. Poliklinikalarda kasallar qancha erta malakali va sifatli davolansa, 

ularning kasalxonalarda davolanishga bo'lgan extiyoji shuncha kamayadi.  

 


• Poliklinika muassasalarining ishini yanada yaxshilash uchun 

quyidagilarga katta ahamiyat berilishi lozim. 

• 1.Kasallikni o'z vaqtida aniqlash va davolash. 

• 2.Aholiga kerakli davolash - sog'lomlashtirish yordamini  ko'rsatish, 

ularni dispanserizatsiyadan o'tkazish; 

• 3.Ambulatoriya   va   poliklinikalarning   moddiy   texnik   bazasini 

mustaxkamlash; 

• 4.Dispanser ishlarini amalga oshirish uchun shanba kunlaridan keng 

foydalanish; 

• 5.Tibbiyot sanitariya qismlarining ishlarini korxonalarning ish 

rejimlariga monand ravishda tashkil etish; 

 


•  6. Aholiga dam olish va bayram kunlari kerakli tibbiy yordamni olish 

imkoniyatini   yaratish;    

• 7. Vrachlar maslahat komissiyasining ishini ertalabki va kechqurungi 

soatlarda va shanba kunlari xam tashkil qilish va kasallik varaqalarini 

o'z vaqtida yopilishini nazorat qilish; 

• 8. Ilg'or tajriba maktablariga ega bo'lgan ambulatoriya va 

poliklinikalarning ishini o'rganish, mehnatni ilmiy asosida tashkil 

qilishni keng qo'lamda qo'llash. 

• 9. OPoliklinikalar faoliyatida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga, 

kasallik xavf xatarlarini keltirib chiqaruvchi omillar guruhlarini 

aniqlashga katta ahamiyat berish. 

• 10. OPoliklinika xizmatini yanada yaxshilash va ishini 

takomillashtirish maqsadida poliklinika va kasalxonalar o'rtasidagi 

uzviy bog'lanishni yanada rivojlantirish.  

 


• OPoliklinika ishiga bosh vrach rahbarlik qiladi. Bosh vrach          

muassasaning faoliyatiga rahbarlik qiladi: 

• davolash profilaktika yordamining sifati va madaniyatiga, 

tashkiliy, ma'muriy – xo'jalik va moliyaviy faoliyatga mas'ul 

javobgar. U poliklinika xududida aholiga davolash – 

profilaktik yordam ko'rsatish rejasini tuzadi va uning 

bajarilishini ta'minlaydi.Bosh vrach muassasaga tabbiyot va 

ma'muriy xo'jalik xodimlarini tanlaydi va ularni ishga qabul 

qiladi, ularning ishini nazorat qiladi, lozim topganda 

rag'batlantiradi, mehnat intizomi buzilganda esa ularni 

ma'muriy javobgarlikka tortadi. Vrachlar va o'rta tibbiyot 

xodimlarini malakasini oshirishni tashkil etadi, bo'limlarga 

rahbar xodimlar zaxirasini yaratadi, kun tartibini belgilaydi, 

xodimlarning ish grafigini tasdiqlaydi va boshqalar. 

 


•                   Oilaviy poliklinikaning tuzilishi: 

• -boshliqlar 

 

 

• - ro'yxatxona; 



• - vrachgacha qabul xonasi; 

• - konsultativ kunduzgi shifoxona; 

• - umumiy amaliyot shifokorlari xonalari; 

• - klinik tashxislash labaratoriyasi;  

• - funksional diagnostika xonasi, oral regidratatsiya punkti;  

• - sog'lom bola xonasi, fizioterapiya bo'limi, markaziy sterillash  bo'limi;  

• - axborot kommunikatsiya yoki statistika xonasi; 

• - buxgalteriya; 

• - dorixona 

• - ma'muriy xo'jalik bo'limi. 

 


• Oilaviy poliklinika, o'ziga biriktirilgan xudud 

aholisining kasalliklarini kamaytirish bo'yicha 

sog'lom aholi guruhini va bemorlarni 

dispanser nazoratiga olishga, bemorlarga 

malakali tabbiy yordam ko'rsatishga, keng 

ko'lamdagi profilaktik chora tadbirlarni olib 

borishga mo'ljallangan davolash profilaktika 

muassasasidar. Oilaviy poliklinika aholiga 

tibbiy xizmatni oila territorial prinsipida 

ko'rsatadi.  

 

 


•  Oilaviy Poliklinikaning asosiy vazifalari: 

• Kasallikni barvaqt aniqlash, 

•  kasalliklarni,  

• nogironlik,  

• o'limni kamaytirish, oldini olish bo'yicha kompleks 

profilaktik chora – tadbirlarni amalga oshirish. 

• Oila territorial prinsipida biriktirilgan aholiga birlamchi 

tibbiy – sanitariya yordamini ko'rsatish (patsiyentlarni 

poliklinikada qabul qilish, bemorlarga uyda tibbiy yordam 

ko'rsatish va boshqalar). 

• Aholi salomatlik holatini dispanser nazoratiga olish, tegishli 

tekshirishlar, davolash va sog'lomlashtirish ishlarini olib 

borish. 


• Laboatoriya va instrumental tekshirishlarni o'tkazish. 

• O'rnatilgan tartibda bemorlarni statsionarga yotqitzish. 

• Patsiyentlarga umumiy amaliyot shifokori doirasida malakali tibbiy yordam 

ko'rsatish. 

• Hayoti xavf ostida qolganda, baxsiz xodisalarda (shikastlanishlar, 

zaharlanishlar va boshqa holatlarda) shoshilinch tez tibbiy yordam 

ko'rsatish, ko'rsatmalarga asosan bemorlarni boshqa davolash – 

profilaktika muassasalariga ixtisoslashgan tibbiy yordam olish uchun 

transport bilan ta'minlash. 

• Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligini ekspertiza qilish, mehnatga 

layoqatsizlik varaqasini berish, uzoq muddatli va turg'un mehnat 

qobiliyatini yo'qotgan bemorlarga vrachlik mehnat ekspert xay'atiga 

yo'llanma berish. 

• Mustaqil, hamda ijtimoiy – ta'minot organlari bilan birgalikda nogironlarga 

va surunkali kasallikka chalingan bemorlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish.  

 


• Oilaga konsultativ yordam ko'rsatish va qo'yidagi masalalar 

bo'yicha sanitariya targ'ibot ishlarini olib borish: 

• -yuqumli kasalliklar profilaktikasi; 

• -ona sutining ahamiyati, bolalarni gigiyenik tarbiyalash. 

Bolalar salomatligini saqlash, ularni ta'lim muassalariga 

tayyorlash, kasbga yo'naltirish; 

• -reproduktiv salomatlikni muxofazalash, xavfsiz onalikni 

ta'minlash, istalmagan xomiladorlikni oldini olish, 

kontratsepsiya, etika, psixologiya, oilaviy hayotning ijtimoiy 

va tibbiy – seksual qirralari; 

• -sog'lom turmush tarzi, jismoniy mashg'ulot va sportning 

axamiyati; 

• -zararli odatlar va ularning oqibatlari. 

 


• Oilaviy poliklinikaga biriktirilgan aholining salomatlik 

holatini tahlil etish va sog'lomlashtirish chora – tadbirlari 

haqida rejalar ishlab chiqish; 

• Belgilangan tartibda profilaktik emlashlarni olib borish. 

Aholi orasida yuqumli, parazitarva kasb kasalliklar 

zaharlanishlar aniqlanganda sanitariya – gigiyena qoidalari 

va epidemiyaga qarshi talablar buzilganda sanitariya – 

epidemiologiya xizmati muassasalariga xabar berish; 

• Hisobot, qayd hujjatlarini olib borish. 

• Bemorlarni tekshirish va davolashda boshqa tibbiyot 

muassasalari bilan o'zaro muofiqlashuv prinsipiga amal 

qilish.  

 


• OPoliklikada aholini  qabul qilish va uyda kuzatish 

ma'lum tartibda grafik asosida olib boriladi, bu 

grafik aholining ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga 

olgan holda qulay qilib tuziladi, bu grafik 

“sirg'anuvchi” deb ataladi, ya'ni haftaning kunlari 

davomida shifokorlarning qabul qilish soatlari 

o'zgarib turadi. Odatda aholi birinchi bor tibbiy 

yordam (UASh)uchun umumiy amaliyot 

shifokoriga murojaat qiladi. Har bir umumiy 

amaliyot shifokoriga 1300-1500 ta aholi 

biriktiriladi. 2000 aholiga  1,5 ta (UASh)umumiy 

amaliyot shifokori shtati lavozimi ajratiladi. 



• (UASh) Umumiy amaliyot shifokori o'ziga biriktirilgan uchastkada 

quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi: 

• Biriktirilgan aholi salomatligini muhofazalash bo'yicha tibbiy xizmat 

ko'rsatish, alohida olingan patsiyent yoki barcha oila a'zolari eng 

ko'p uchraydigan kasalliklarni davolash, ularning profilaktikasi. 

• Patsiyentlarni o'z vaqtida konsultatsiyaga va ixtisoslashgan tibbiyot 

muassasalariga davolash uchun yuborish. 

• Tegishli standartlarga mos holda xizmat ko'rsatayotgan xudud 

aholisiga shoshilinch statsionargacha bo'lgan tez yordam ko'rsatish. 

• Xizmat ko'rsatayotgan aholi orasida shikastlanishlar, nogironlik, 

o'limni kamaytirish bo'yicha profilaktik chora – tadbirlar ishlab 

chiqish. 

 


• Sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish (oqilona 

ovqatlanishni tavsiya etish, chekish, spirtli ichimliklarni 

suiste'mol qilishga qarshi kurashish, jismoniy tarbiya va 

sport bilan shug'ullanishni targ'ib etish).  

• Kompleks sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlarni 

• tashkil etish va     

• o'tkazish: 

• profilaktik emlashlar, 

• biriktirilgan xudud va uy xo'jaliklarining sanitariya holati,  

• xududning epidemiologik holatini tahlil etish,  

• biriktirilgan aholini noxush epidemiologik vaziyatlar 

to'g'risida ogohlantirish. 

 


• OPoliklinika shifokorlarining asosiy ish usuli dispanser usuli bo'lib, 

tibbiy xizmatning sifatini, samaradorligini oshirishda muhim omil 

xisoblanadi. 

• Dispanselash – bu sog'lom va bemor shaxslarni dinamikada aktiv 

kuzatishga aytiladi. 

• Dispanserizatsiya hozirgi vaqtda shifokorlarning ish usuligina 

bo'lib qolmay, balki barcha tibbiyot muassasalarning kundalik ish 

tartibining ajralmas bir qismiga aylangan. Hozirgi vaqtda 

dispanserizatsiya bilan shug'ullanmaydigan biron-bir davolash-

profilaktika muassasasi topilmaydi. Dispanserizatsiyaning asosiy 

vazifasi kasalliklarni barvaqt, faol aniqlash, ularni faol davolashni o'z 

vaqtida boshlash, kasalliklarni muntazam ravishda faol kuzatish, ish, 

turmush sharoitlarini sog'lomlashtirish, patronaj kabi ishlarni 

amalga oshirishni o'z ichiga oladi. 

 


• Dispanserizatsiya ikki bosqichda olib boriladi: 

• 1.Aholini dispanser kuzatuviga olish; 

• 2.Davolash-profilaktika choralarini amalga oshirish. 

• Dispanserizatsiyaning asosiy elemetlari:  

• 1. Kasalliklarni faol aniqlash:  

• -ularni tibbiyot muassasalariga kundalik murojaati paytida; 

• -profilaktik   tibbiy   ko'riklar   vaqtida

• - kasalxonalarda davolanish vaqtida;  

• -uyda  tibbiy xizmat ko'rsatish vaqtida; 

•  -yukumli kasalliklar bilan aloqada bo'lgan shaxslarni kuzatish 

jarayonida; 

• - sanatoriya-kurortlarida davolanish vaqtida; 

• -aholi kasalligini va o'lim sabablarini tahlil qilish paytida.  

 


• 2. Faol kuzatish:  

•  - Salomatlik darajasiga   qarab   barcha ko'rikdan o'tganlar 3 

guruhga bo'linadilar: 

• 2.1 Sog'lomlar — bu guruhga xech qanday shikoyatlari 

bo'lmagan, hayot mobaynida (anamnezida) surunkali 

kasalliklarga chalinmagan va tekshirib ko'rilganda tana 

a'zolari va sistemalarining faoliyati me'yorida bo'lgan 

shaxslar kiradi (D1 ); 

• 2.2 Amaliy sog'lomlar — bu guruhga hayot davomida o'tkir 

va surunkali kasalliklarni  boshidan  kechirgan, lekin bu 

kasalliklar hayotida muhim bo'lgan hayot faoliyatiga va 

hozirgi paytda mehnat qobiliyatiga ta'sir etmagan shaxslar 

kiradi (D2). 

 


•  2.3 Bemorlar — surunkali kasalliklari bor bemorlar (D3). Ushbu 

guruh o'z navbatida kasallikni turi, kechishi, mehnat qobilyatini 

yo'qotganlik darajasiga qarab 3 guruhga bo'linadi: Kompensatsiya; 

subkompensatsiya; dekompensatsiya holatidagi bemorlar. 

 

Kompensatsiya davrining (DZa) kechishi bemorlar holatiga mehnat 



qobilyatini yuqotish darajasiga kamroq ta'sir etishi bilan 

xarakterlanadi. Dzb-guruhi (subkompensatsiya) kasallikning biroz 

og'ir kechishi va uning tez-tez qaytalanib turishi, mehnat 

qobiliyatining uzoq muddatga yo'qotilishi bilan xarakterlanadi. Dzv-

guruhida bemorlar ko'pincha dekompensatsiya holatida bo'ladi, 

bunda kasallik odam organizmida turli patologik o'zarishlarni 

vujudga kelishiga, mehnat qobiliyatini turg'un darajada 

yo'qotilishiga olib keladi.  



• 3.  Faol davolash:   kasalxonalarda,   

poliklinikalarda,   uyda, 

sanatoriyalarda     bemorlar  faol davolanishi 

lozim.  Davolashni  shunday 

amalga oshirish kerakki, u profilaktik 

xarakterga ega bo'lishi lozim. 



• Hamshira patronaji — u quyidagi vazifalarni o'z 

ichiga oladi; 

• bemor yashayotgan sharoitni yaxshilab o'rganish; 

• bemorni genetik jihatidan o'rganish; 

• -bemorlar shifokorlar tomonidan belgilangan 

tadbirlarni o'z vaqtida bajarilishini nazorat qilib 

borish; 

• -har bir oilada sog'lom   turmush tarzini

sanitariya gigiyena qoidalarini targ'ibot qilish va 

boshqalar.  

 


Umumiy amaliyot shifokori ish faoliyatining asosiy yo'nalishi o'ziga biriktirilgan 

aholi salomatligini saqlash va kasalliklar profilaktikasi hisoblanadi. Quyida umumiy 

amaliyot shifokori  ish joyida, mahallada, maktabda, maktabgacha ta'lim 

muassasalarida, uyda va vrachlik uchastkasida amalga oshirish lozim bo'lgan 

ishlarning hajmi keltirilgan: 

1.Sog'lom turmush tarzini targ'ib etish bo'yicha, tashkil etiladigan va o'tkaziladigan 



tadbirlar ratsional ovqatlanish (oqilona), chekishga, spirtli ichimliklarni suiste'mol 

qilishga qarshi kurash, faol dam olishni, sport va jismoniy mashg'ulotlar bilan 

shug'ullanishni targ'ib etish. 

2. Eng ko'p tarqalgan kasalliklarning asoratlarini va nogironlikni  oldini olish 



bo'yicha birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktik chora – tadbirlarni amalga 

oshirish. 

3. Aholini o'z vaqtida emlashni ta'minlash.. 



4. Shikastlanish, baxsiz xodisalar, zaharlanishlarni oldini olish bo'yicha tadbirlar olib 

borish. 

5. Kasalliklarni barvaqt aniqlash va o'z vaqtida davolash bo'yicha aholi orasida 



skrining o'tkazish. 

 

 



• 6. Aholini turli qatlamlari orasida tibbiy ko'riklar tashkil etish va o'tkazish: 

maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar, tug'ruq yoshdagi ayollar, keksalar. 

• 7. Ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi xodimlari orasida tibbiy ko'riklarni 

o'tkazish va tashkil etish. 

• 8. Surunkali kasallikka chalingan bemorlarni dispanser nazoratiga olish, 

turli guruhlar  - astmatiklar, gipertoniklar va boshqalar o'rtasida 

“maktablar” tashkil etish. 

• Dori – darmonlardan ratsional (oqilona) foydalanish ustidan nazorat 

o'rnatish. 

• Ijtimoiy ahamiyatga molik eng ko'p tarqalgan: sil, teri – tanosil va o'sma 

kasalliklariga qarshi  kurash bo'yicha tadbirlar o'tkazish. 

• Tuman DSENM tashkilotlari bilan hamkorlikda yuqumli kasalliklarga qarshi 

kurash olib borish. 

• Jamoat tashkilotlarini aholi salomatligini muhofazalashga qaratilgan 

tadbirlarni ishlab chiqish va o'tkazashga jalb etish. 

• Patsiyentlar huquqlarini himoya qilish va savodxonligini oshirish. 



• Oilaviy poliklinikada o'tkaziladigan profilaktik tadbirlar 

• Sanitariya – maorifi, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, 

ratsional ovqatlanishni tashkil etish va o'tkazish bo'yicha 

tadbirlar ishlab chiqish. 

• Alkogol, chekish, giyohvandlik va zararli odatlarga qarshi 

kurash. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish. 

• Xizmat ko'rsatayotgan aholi orasida OITS, VICh, sil, 

onkologik kasalliklar, shikastlanishlar va zaharlanishlarga 

qarshi profilaktik tadbirlar o'tkazish. 

• Kasalliklarni barvaqt aniqlash bo'yicha profilaktik ko'riklarni 

tashkil etish va o'tkazish, lozim bo'lganda TMSh, ShMSh va 

boshqa davolash – profilaktika muassasalarining 

konsultatsiyalarini tashkil etish. 

 


• Aholi orasida dispanserlashni tashkil etish, shu 

jumladan: 

• 15 yoshgacha bolalar,  

• o'smirlar (15-17), 

• chaqiruv yoshidagilar (18-27 yosh),  

• tug'ruq yoshidagi ayollar (15-49 yosh),  

• qishloq xo'jaligi xodimlari (paxtakor, chorvador, 

mexanizator, zaharli kimyoviy moddalar bilan 

ishlovchilar) o'rtasida va yosh oilalarni patronaj qilish. 

• Nikohdan o'tayotgan yoshlarda tibbiy ko'riklarni 

o'tkazish va yosh olimlarni patronaj qilish. 

 


• OPkaning birlamchi tibbiy hujjatlari. 

 

• Bolaning rivojlanish tarixi __________________________112/h 



Bolaning  tibbiy kartasi   ____________________________  026/h 

Dispanser kuzatuvini nazorat  qilish kartasi ____________ 030/h 

Muhofazalovchi  emlash kartasi ________________________063/h 

Muhofazalovchi emlashni hisobga olish jurnali__________064/h 

Vrach qabuliga talon__________________________________025/h 

Vrach qabuliga kiruvchilarni oldindan yozib borish kartochkasi__040/h 

Vrachlarni  uyga chaqirishni yozib borish  kitobi_______________031/h 

Ambulatoriya operatsiyalarini  yozib borish jurnali___________069/h 

Bolalar poliklinikasi izolyatoriga, poliklinika bo'limiga  kelib ketuvchilarni 

qayd etish jurnali___________________________052/h 

 


• Yuqumli kasalliklarni hisobga olish jurnali _______________060/h 

Profilaktik emlashlar  kartasi___________________________063/h 

Bolalar va o'smirlar uchun sanatoriya-kurort kartasi__________ 076/h 

Bolalar sanatoriyasiga yo'llanma__________________________ 077/h 

Sog'lomlashtirish lagerlariga boruvchi o'quvchilarga tibbiyot  

ma'lumotnomasi ________________________________________079/h 

Xulosalangan (aniqlangan) diagnozlarni qayd etish uchun statistik 

talon_____ 025-2/h 

Shu maqsadda ro'yxatga olingan kasalliklarni jamlab, hisobga olib borish 

vedomosti__ 071/h 

• Kelib-ketuvchilarni  hisobga olish vedomosti __________039/h 

Yuqumli kasalliklar, ovqatdan va kasbga oid o'tkir zaharlanish, emlashga 

g'ayrioddiy reaksiya to'g'risida shoshilinch habarnoma _________058/h 

VKK xulosasini yozib borish jurnali___________________ 035/h 

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini hisobga olish kitobi ___036/h 

 

•   



 

 

 

 



              E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT ! 

 

Download 77.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling