Asosiy vositalar


Download 26.36 Kb.
bet1/4
Sana31.03.2023
Hajmi26.36 Kb.
#1313590
  1   2   3   4
Bog'liq
Atamalar


Asosiy vositalar - uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Ishlab chiqarish - asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir.
Noishlab chiqarish - asosiy vositalari guruhiga, uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik maishiy xizmat, sogliqni saqlash, ta’lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi.


Yer - amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulk tarzida berilgan yer maydoni.
Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital - sarflar tarkibiga yerning unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash joylarini barpo etish shunga o‘xshash boshqa xarajatlar kiradi.


Imoratlar hamda binolarga - ishlab chiqarish korpuslari, tsexlar, boshqarma binolari, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlardagi ob’ektlar, shuningdek to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari xo’jaligi) kiradi.


Inshootlarga - mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan ob’ektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo’llari, avtomobil ko‘priklar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.


O‘zatuvchi moslamalarga - mashina dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik mexanik energiyani o‘zatishga, shuningdek suyuq va gazsimon moddalarni bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) kiradi.


Download 26.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling