Assalomu alaykum hurmatli adabiy miting qatnashchilari !


Download 20.07 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi20.07 Kb.
#261056
Bog'liq
ma'ruza-navoiy -Direktorga

Assalomu alaykum hurmatli adabiy miting qatnashchilari !

9-fevral sanasi har bir Vatandoshimiz uchun birdek qadrli, ardoqlidir. Bu sanada farzand ko`rgan har bir oila farzandiga Nizomiddin, Alisher ismlarini qo`yishga intiladi. Chunki bu sana millatimizning buyuk farzandi, chin ma’nodagi vatanparvar inson Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun hisoblanadi.


Aziz do`stlar!
Mana bugun biz bobomiz tavalludining tabarruk 574 yosh yubileyi oldida turibmiz. Alisher Navoiy ijodi abadiy barhayotligining siri shundaki, u azaliy va abadiy mavzularni yuksak mahorat qalamga olgan: muhabbat, vafo, do`stlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, mardlik, saxovat, qanoat, adolat, olijanoblik, yaxshilik kabi insoniy fazilatlarni ulug`lagan bo`lsa, yomonlik, zulm-zo`rlik, nohaqlik, e’tiqodsizlik, bevafolik, dilozorlik, hasad, riyo, kibr, yolg`on, tama, xasislik singari illatlarni qattiq tanqid qilgan.

Poytaxtimiz Toshkentning markazida joylashgan O'zbekiston Milliy bog'iga ulug' mutafakkir Alisher Navoiy haykali o'matilgan. Uni o'rab turgan moviy gumbaz ostiga shoirning quyidagi misralari bitilgan:

Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig',

Yor o'lung bir-biringizgaki, erur yorlig' ish.

Shoir tomonidan bu misralar yozilganiga besh_yuz_yildan ortiqroq vaqt o'tdi. Bugun televizorni qo'ysangiz, dunyoning hali u, hali bu chekkasida bombalar portlayotganiga, yuzlab, minglab kishilar bir-birlarini ayovsiz o'ldirayotganiga guvoh bo'lasiz. O'sha janglar oqibatida qurbon bo'layotgan begunoh odamlar ham xuddi Bizdek tirik jon ekanini o'ylarkanmiz, Navoiy bobomiz naqadar haq ekanini ich-ichdan his qilamiz. Toki dunyoda kishilarning bir-birlariga dushmanlik qilishlari to'xtamas ekan, shoirning bu o'tli da'vati o'z ahamiyatini saqlab qolishiga amin bo'lamiz.

Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho'qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik „ko'p va xo'b" yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko'p va yaxshi yozolgani yo'q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o'zini „Xitodin to Xuroson"gacha yoyilgan turkiy „qavm"larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog'i ostida birlashtirdi — „yakqalam" qildi.

Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi. Navoiy yashagan davrda Xuroson va Movarounnahr bir mamlakat bo’lib, bir taxt egasi ixtiyorida kelganligi va aholisining asosiy nufuzini turk xalqlari tashkil etganligi ma'lum.

Yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida:

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g'ururi, sha'n-u sharafmi dunyoga tarannum qilgan o'lmas so'z san'atkoridir” – deya haqli e’tirof etadi.

Navoiy shuhratiga shuhrat qo`shgan, turkiy til imkoniyatlarini ilk bor jahon afkor ommasiga keng miqyosda tanitgan asari bu uning besh dostonni jamlagan “Xamsa”sidir. Navoiy “Xamsa” orqali mumtoz adabiyotimizni jahon miqyosiga olib chiqar ekan, turk olamining epik doston yaratish borasidagi boy tajribasini va o`lmas an’analarini rivojlantirib, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko`tardi.

Alisher Navoiy she'rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she'r yozishni to'xtatmadi. Butun bir avlod tarbiyasi uchun yetarli she’riyatni meros qoldirdi. Bu she’riyat barkamol bo`lishni istagan har qanday inson uchun dasturilamal bo`lib xizmat qiladi.


Aziz o`quvchilar!



Siz tahsil olayotgan ushbu litseyda “Notiqlik san’ati”, “Musiqa”, “San’at” yo`nalishlari borligini bilasiz. Bevosita adab ilmini o`rgatadigan, kundalik nutqimizni sayqallashda o`rni beqiyos bo`lgan notiqlik sirlari Sharq ilmida benihoya qadrlangan. Bizning akademik litseyimizda ana shunday sirlarni o`rgatadigan yo`nalish borligi va shu yo`nalishda Sizdek farzandlarimiz tahsil olayotgani qalbimizda g`urur tuyg`isini uyg`otadi.

E’tirof etish lozimki, litseyimizda tahsil olib, shoir va shoiralikni havas qilgan yoshlar orangizda kam emas. Shunday yoshlar orasidan Davlat mukofoti lauriyatlari, jumladan sobiq o`quvchilarimiz Chamanoy Jonuzoqova, Oyxon Erkinjonovalarning borligi bizni faqat xursand qiladi.



Aziz do`stlar! Hurmatli miting qatnashchilari!
Bugun Hazrat Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan yig`ilib turgan ekanmiz, ushbu ayyom yana bir bor muborak bo`lsin!

Hazratning ruhlari shod bo`lsin! Har bir millatdoshimizga Navoiyning duosi madadkor bo`lsin!
E’tiboringgiz uchun rahmat!
SAYTGA
9-fevral sanasi har bir Vatandoshimiz uchun birdek qadrli, ardoqlidir. Bu sanada farzand ko`rgan har bir oila farzandiga Nizomiddin, Alisher ismlarini qo`yishga intiladi. Chunki bu sana millatimizning buyuk farzandi, chin ma’nodagi vatanparvar inson Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun hisoblanadi. Shu munosabat bilan 09-fevral kuni litseyda o`rnatilgan Alisher Navoiy byusti qoshida adabiy miting bo`lib o`tdi.
Alisher Navoiy ijodi abadiy barhayotligining siri shundaki, u azaliy va abadiy mavzularni yuksak mahorat qalamga olgan: muhabbat, vafo, do`stlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, mardlik, saxovat, qanoat, adolat, olijanoblik, yaxshilik kabi insoniy fazilatlarni ulug`lagan bo`lsa, yomonlik, zulm-zo`rlik, nohaqlik, e’tiqodsizlik, bevafolik, dilozorlik, hasad, riyo, kibr, yolg`on, tama, xasislik singari illatlarni qattiq tanqid qilgan.

Poytaxtimiz Toshkentning markazida joylashgan O'zbekiston Milliy bog'iga ulug' mutafakkir Alisher Navoiy haykali o'matilgan. Uni o'rab turgan moviy gumbaz ostiga shoirning quyidagi misralari bitilgan:

Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig',

Yor o'lung bir-biringizgaki, erur yorlig' ish.

Shoir tomonidan bu misralar yozilganiga besh_yuz_yildan ortiqroq vaqt o'tdi. Bugun televizorni qo'ysangiz, dunyoning hali u, hali bu chekkasida bombalar portlayotganiga, yuzlab, minglab kishilar bir-birlarini ayovsiz o'ldirayotganiga guvoh bo'lasiz. O'sha janglar oqibatida qurbon bo'layotgan begunoh odamlar ham xuddi Bizdek tirik jon ekanini o'ylarkanmiz, Navoiy bobomiz naqadar haq ekanini ich-ichdan his qilamiz. Toki dunyoda kishilarning bir-birlariga dushmanlik qilishlari to'xtamas ekan, shoirning bu o'tli da'vati o'z ahamiyatini saqlab qolishiga amin bo'lamiz.

Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho'qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik „ko'p va xo'b" yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko'p va yaxshi yozolgani yo'q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o'zini „Xitodin to Xuroson"gacha yoyilgan turkiy „qavm"larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog'i ostida birlashtirdi — „yakqalam" qildi.

Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi. Navoiy yashagan davrda Xuroson va Movarounnahr bir mamlakat bo’lib, bir taxt egasi ixtiyorida kelganligi va aholisining asosiy nufuzini turk xalqlari tashkil etganligi ma'lum.

Yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida:

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g'ururi, sha'n-u sharafmi dunyoga tarannum qilgan o'lmas so'z san'atkoridir” – deya haqli e’tirof etadi.

Navoiy shuhratiga shuhrat qo`shgan, turkiy til imkoniyatlarini ilk bor jahon afkor ommasiga keng miqyosda tanitgan asari bu uning besh dostonni jamlagan “Xamsa”sidir. Navoiy “Xamsa” orqali mumtoz adabiyotimizni jahon miqyosiga olib chiqar ekan, turk olamining epik doston yaratish borasidagi boy tajribasini va o`lmas an’analarini rivojlantirib, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko`tardi.

Alisher Navoiy she'rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she'r yozishni to'xtatmadi. Butun bir avlod tarbiyasi uchun yetarli she’riyatni meros qoldirdi. Bu she’riyat barkamol bo`lishni istagan har qanday inson uchun dasturilamal bo`lib xizmat qiladi.



Ushbu litseyda “Notiqlik san’ati”, “Musiqa”, “San’at” yo`nalishlari bor. Bevosita adab ilmini o`rgatadigan, kundalik nutqimizni sayqallashda o`rni beqiyos bo`lgan notiqlik sirlari Sharq ilmida benihoya qadrlangan. Bizning akademik litseyimizda ana shunday sirlarni o`rgatadigan yo`nalish borligi va shu yo`nalishda 300 dan ortiq o`quvchi tahsil olayotgani qalbimizda g`urur tuyg`usini uyg`otadi.

E’tirof etish lozimki, litseyda tahsil olib, shoir va shoiralikni havas qilgan yoshlar orangizda kam emas. Shunday yoshlar orasidan Davlat mukofoti lauriyatlari, jumladan sobiq o`quvchilarimiz Chamanoy Jonuzoqova, Oyxon Erkinjonovalarning borligi bizni faqat xursand qiladi.

Adabiy mitingda adabiyotshunos olim Omanilla Madayev so`zga chiqib, Navoiy ijodining zamonaviyligi to`g`risida ma’ruza qildi.

Mitingda 5-6-sinf o`quvchilari Alisher Navoiy hikmatlari va shohbaytlarini zo`r mahorat bilan aytib, yig`ilganlarni xushnud etdilar.

Bundan tashqari fevral oyi davomida “Adabiyot kunlari” munosabati bilan turli tadbirlar o`tkazish rejalashtirilgan.
Farhod Sodiqov,

O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari
Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling