`Mavzu : Mehnatsevarlik- go’zal fazilat Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mehnatsevarlik haqida tushuncha berish,’’Ipak qurti’’ matni bilan tanishtirish


Download 38.5 Kb.
Sana05.05.2020
Hajmi38.5 Kb.
#103558
Bog'liq
dars ishlanma


`Mavzu : Mehnatsevarlik- go’zal fazilat Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mehnatsevarlik haqida tushuncha berish,’’Ipak qurti’’ matni bilan tanishtirish. Tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida,ota-onalarga hurmat ruhida tarbiyalash Rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarning o’qib o’rganganlarini rivojlantirish Dars jihozi:darslik, ko’rgazmalar,tarqatmali materiallar Dars turi:yangi bilim berish Dars uslubi:suhbat ,tushuntirish,savol-javob o’tkazish Darsning borishi I.Tashkiliy qism. A) Salomlashish B) Davomat C) Savol-javob o’tkazish O’qituvchi :Sinfda kim navbatshi Har narsadan habarshi O’quvshi:Sinfda men navbatchi Atrofga bir qarangchi Parta stollar toza O’quvchilarni 3 guruhga ajratib olamiz.1-guruh Vatan guruhi,2-guruh Ona guruhi 3-guruh Maktab guruhi.Har bir guruh o’z nomlarini ta’riflab o’tadilar. O’quvchilar bilan ‘’Atirgillar terish’’o’yini yordamida savol-javob o’tkazish II.O’tilgan mavzuni takrorlash O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 2tadaraxtdan foydalanamiz O’tgan mavzu:Insonni ulug’laydigan fazilatlar.Yaxshi fazilatlar yozilgan barglarni 1-daraxtga,salbiy fazilatlar yozilgan barglarni 2-daraxtga yopishtiradilar.1-daraxtimizning barglari yashil rangda bu daraxtimiz gullab yashnamoqda ,2-daraxtimizning barglari sariq rangda bu daraxtning barglari to’kilmoqda.Shuning uchun biz yaxshi fazilatli inson bo’lishimiz kerak ekan. So’ngra ‘’Jasur yigit’’hikoyasini o’quvshilar so’zlab beradilar. O’quvchilar bilan savol-javob o’tkazadilar . Tog’da qanday ofat ro’y berdi? Jasur yigit kimni qutqardi? Yigitga kim pul berdi? Siz yigitning o’rnida bo’lganingizdanima qilardingiz? Siz ham boshqalarga yordam berasizmi? III. Yangi mavzu bayoni Aziz o’quvchilar bugun sizlar bilan insoniy fazilatlardan biri mehnatsevarlik haqida suhbatlashamiz.Darsimizga Kapalak mehmon bo’lib keladi. O’quvchilar Kapalak bilan savol-javob qiladilar va Kapalakka gulzor yaratib beradilar. Gulzorning har bir qismidagi savollarga javob beradilar.Darslikdagi ‘’Ipak qurti”masalini o’qib beriladi. Ipak qurti guldan gulag qo’nib uchib yurgan go’zal kapalaklargahavas qilar edi.Chunki o’zi ular kabi ucha olmas edi-da.Lekin pilla o’rashda mohir edi. Shuning uchunu g’ayrat bilan pilla o’rashda davom etardi.Nihoyat ipak qurti pillani o’rab bo’lgach ,qattiq uyquga ketibdi.Uyg’ongandan so’ng pillani yorib tashqariga chiqibdi, shunda u go’zal kapalakka aylanib qolibdi.U gulzor bo’ylab uchib ketibdi. Xulosa:Yaxshi o’qib ilm egallasangiz, bir kuni kelib uning rohatini ko’rasiz. G’ayrat-shijoat-astoydil mehnat qiling,o’qing ,dangasalikdan yiroq bo’ling. 4.Yaangi mavzuni mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob o’tkazamiz. O’quvchilar bilan mehnatsevarlik haqida maqollar aytamiz. Mehnat-mehnatning tagi rohat. Mehnat qilib topganing Qandu asal totganing. Osh desa chopar Ish desa qochar. 5.Baholash. Guruhlarning rag’batlarini hisoblab chiqib eng a’lochi guruhni aniqlab olamiz. 6.Uyga vazifa berish.
Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling