Atirgulim, atringni soch, Mayli tikan xoring bo`lay


Download 35.5 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1325893
Bog'liq
Atirgulim


Atirgulim


Atirgulim, atringni soch,
Mayli tikan xoring bo`lay,
Ko`z tegmasin bo`yingga deb,
Tilovchi zor-zoring bo`lay.



Mayli bo`lay ko`zmunchog`ing,
Bo`yningda tumoring bo`lay,
Yiroq ketma, ketsang agar,
Yo`lingda sardoring bo`lay.

Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay. (x3)



Yig`lamagin, yig`latmagin,
Dunyoda yolg`iz o`tmagin,
Sevdim deya kuylay yonib,
Hargiz meni bo`zlatmagin.

Har dam yoningda o`lturay,
Ket deb sira ham aytmagin,
Ko`zlar yonib, yuzlar qizib,
Aytgan so`zingdin qaytmagin.



Bog`la bo`yningga qo`llarim,
Mayliga zunnoring bo`lay,
Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay.

Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay. (x2)



Mayli deyin, axtarsinlar,
Sendek go`zal dunyoda yo`q.
Qoshlar qalam, ko`zlar suzuk,
Lablar asal dunyoda yo`q.

Sensiz jahonning o`zi yo`q,
She’ru g`azal dunyoda yo`q.
Kelgin davo ber dardima,
Mendek kasal dunyoda yo`q.



Dunyoga teng husning uchun
Yolg`iz xaridoring bo`lay.
Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay.

Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay. (x2)


Sochingda qasding bormidi,
Janon kesibsan ostidan?
Tuproqqa ketdi to`lg`anib,
G`addor qaychining dastidan.

Erkakcha qirtishlab uni,
Ro`ymol yulindi ustidan,
Nozik beling bo`ldi judo
Qirqta haqiqiy do`stidan.



Erkakcha tekislab uni,
Ro`ymol yulindi ustidan,
Nozik beling bo`ldi judo
Qirqta haqiqiy do`stidan.



Soch o`rnida endi o`zim
Mayliga dastoring bo`lay,
Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay.

Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay. (x5)


BIRINCHI MUHABBATIM
Kecha oqshom falakda oy bo’zarib botganda,
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg’otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

O’tdi yoshlik zavq bilan, gohi to’polon bilan,


Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim ba’zan, qalb bilan iymon bilan,
Lekin seni yo’qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g’aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

Dunyo degan shundayin anglab bo’lmas sir ekan,


Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.

Xolbuki orzulardan judo ham bo’lganim yo’q,


Yulduzday kuyganim yo’q, oy kabi to’lganim yo’q.
Erta xazon gul kabi sarg’ayib, so’lganim yo’q,
Seni eslab yig’layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag’rim tig’layman, birinchi muhabbatim.

Yo’lin yo’qotsa odam – muhabbatga suyangay,


G’ussaga botsa odam – muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam – muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,


Sirli tushlar ko’rib men bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga ushbu she’rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg’iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling