Atom spektrlari
Download 15.8 Kb.
|
Atom spektrlari
Atom spektrlari - erkin yoki kuchsiz bog‘langan atomlarning (bir atomli gazlar yoki bug‘lar) elektromagnit to‘lqin chiqarganda (nurlanish Atom spektrlari) yoki yutganda (yutilish Atom spektrlari) paydo bo‘ladigan optik spektrlari. Atom spektrlari chiziq-chiziq, ya’ni alohida-alohida joylashgan spek-tral chiziqlardan tashkil topgan. Atom spektrlari nurlanishning ko‘rinuvchi, ultrabinafsha va infraqizil sohalarida kuzatiladi. Nurlanish Atom spektrlari atomni turli yo‘llar bilan uyg‘otilganda (yorug‘lik, elektronlarning urilish va h. k.) hosil bo‘ladi. Yutilish Atom spektrlari uzluksiz spektrli yorug‘lik atomar gazlar yoki bug‘lardan o‘tganda paydo bo‘ladi. Atom spektrlari spektral asboblar yordamida kuzatiladi. Ionlarning Atom spektrlari katta chastotalar tomoniga surilgan bo‘lishi bilan neytral atomlarning Atom spektrlaridan farq qiladi.Atom spektrlaridagi spektral chiziqlar ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunadi va sodda hollarda spektral seriyalar hosil qiladi. Har bir spektral seriya yuqori energetik sathlardan pastdagi yagona energetik sathga mumkin bo‘lgan kvant o‘tishlari natijasida yuzaga keladi. Vodorod atomidagi spektral seriyalar ayniqsa ajralib turadi. Vodorod atomida Layman, Balmer, Pashen, Breket, Pfund va Hamfri seriyalari aniqlangan. Bu seriyalardagi to‘lqin sonlarini quyidagi formula yordamida topish mumkin: bunda R = 109677,58 sm"1 —Ridberg doimiysi, pk va p— kvant o‘tishlari bo‘layotgan energetik sathlarining bosh kvant sonlari. Layman, Balmer, Pashen, Breket, Pfund va Hamfri seriyalari uchun pk mos ravishda 1, 2, 3, 4, 5, 6 ga teng . Bunday seriyalar boshqa elementlar atomlari uchun ham kuzatiladi. Element-ning atom soni oshib borishi bilan seri-yalardagi spektral chiziqlar soni ham oshib boradi va murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi. Elementlar Atom spektrlarining uziga xos-ligi modda tarkibini aniqlashda, ular-dagi spektral chiziqlar ravshanligining 765atomlar konsentratsiyasiga bog‘liqligi — element miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi. Download 15.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling