Atom tarkibiga doir masalalar


Download 110.75 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi110.75 Kb.
#1561926
Bog'liq
2 5321477240091840348



Atom tarkibiga doir masalalar
 
1. Quyidagi xususiyatlari keltirilgan molekulalar ichidan nechtasida neytronlarga nisbatan 
elektronlari soni ko’p. 1) havoda o’z-o’zidan alangalanib ketadigan gaz; 2) palaxta tuxum 
hidini beruvchi gaz; 3)sarimsoqpiyoz hidini beruvchi gaz; 4) “tulki dumi” deb ataladigan 
gaz; 5) kuldiruvchi gaz; 6) qaldiroq gaz; 7) botqoqlik gazi; 8)gollandiyalik kimyogarlar 
yog’i
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 
2. Quyida keltirilgan molekulalar tarkibidagi proton, neytron va elektronlar yig’indisi ortib 
borish tartibida joylashtirilgan qatorni aniqlang.
1) (AlOH)
3
(PO
4
)
2;
; 2) [Al(OH)
2
]
3
PO
4
; 3) (AlOH)
2
P
2
O
7
; 4) [Al(OH)
2
]

P
2
O
7
A) 2, 1, 3, 4 B) 4, 2, 1, 3 C) 3, 4, 2, 1 D) 3, 2, 1, 4 
3. Quyida keltirilgan molekula va ionlar tarkibidan proton va neytron soni bir xil 
bo’lganlarini tanlang. 1) botqoqlik gazi; 2) vodorod ftorid; 3) gidroksoniy kationi; 
4)deyterometan; 5) o’ta og’ir suv 6) og’ir suv;
A) 2, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 4, 6 
4. Element atomida neytron soni elektron va proton soni yig’indisidan 25 taga kam bo’lib, 
neytron element atom massasining 56,25% ini tashkil etadi. Bu element atomida neytron 
elektrondan nechtaga ko’p. A) 10 B) 12 C) 15 D) 16 
5. Elementning oksidlanish darajasi -2 va +4 bo’lgan ionlaridagi elektronlari yig’indisi 30 
ta bo’lsa, shu element atomidagi nuklonlar elektronlardan nechtaga ko’pligini toping.
A) 14 B) 15 C) 16 D) 17 
6. Quyidagi ifoda davomini toping. Barcha uglerod atomlarida …
1) neytronlar soni 6 ta; 2) protonlar soni 6 ta; 3) neytronlar soni 7 ta;
4) elektronlar soni 7ta; 5) nisbiy atom massa 12 ga teng;
A) 1, 4 B) 2 C) 2, 5 D) 3 
7. Yadroda zaryadi ma’lum bo’lgan elementning quyidagi xususiyatlaridan qaysi birini 
umuman bilib bo’lmaydi ?
A) davr raqamini B) guruh raqamini C) elektronlar sonini D) atom massasini 
8. Elektronlar soni bir xil bo’lgan zarrachalarni tanlang.
1) Cr
+6
; 2) P
-3
; 3) Fe
+3
; 4) Fe
+2
; 5) Mn
+7
; 6) S
-2
; 7) Ca
+2
; 8) Ar;
9) Se
-2
; 10) Si
-4
; 11)Br

; 12) Cl
-
A) 3, 4, 5, 8 B) 5, 11, 12
C) 1, 2, 5, 6, 7, 8, 10, 12 D) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 9, 10, 12 
9. Elektronlar soni bilan farq qilmaydigan atom yoki ionlarni tanlang.
1) vodorod anioni; 2) litiy kationi; 3) geliy; 4) alfa zarracha; 5) deyteriy
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 4 
10. Qaysi birikmada neytronlar sonining protonlar soniga nisbati 0,7 ga teng?
A) suv B) metan C) ammiak D) og’ir suv 
11. Qaysi birikmada protonlar va neytronlar nisbati 5:3 ga teng.
A) suv B) metan C) ammiak D) og’ir suv 
12. ”Atomning eng yuqori energetik pog’onasidagi elektronlar soni guruh tartib raqamiga 
teng”, -degan qoida qaysi elementlar haqida aytilgan ?
A) f-elementlar B) d- elementlar
C) bosh guruhcha elementlari D) yonaki guruh elementlari 
13. Kimyoviy element - … bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turidir.
A) atom massasi B) yadro zaryadi C) ekvivalenti D) neytronlari soni 
14. H
2

1
→PH
3
2
→SiH
4
3
→NO 
4
→Li
2
O Ushbu qatorda proton, neytron va elektronlar 
yig’indisi qanday o’zgarishini aniqlang. a) ortadi; b) kamayadi; c) o’zgarmaydi;
A) 3b 4b 1c 2b . B) 2b 3b 4c 1c C) 1b 2b 3a 4b D) 4c 2b 3a 1c 
15. P
2
O
5
1
→N
2
O
5
2
→SO
2
3
→NO
2
4
→N
2
O
3
Ushbu qatorda proton, neytron va elektronlar 
yig’indisi qanday o’zgarishini aniqlang. a) ortadi; b) kamayadi; c) o’zgarmaydi;
A) 1b , 2b, 3b, 4a B) 4a, 3a, 2a, 1b C) 3a, 4c, 1c, 2a D) 2b, 1b, 4c, 3b 


16. SiH
4
1
→NO 
2
→N
2
O
5
3
→ O
3
4
→NO
2
Ushbu qatorda proton, neytron va elektronlar 
yig’indisi qanday o’zgarishini aniqlang. a) ortadi; b) kamayadi; c) o’zgarmaydi;
A) 1b, 2a, 3a, 4b B) 4c, 3b, 2a, 1b C) 2a, 1b, 4b, 3b D) 3b, 4b, 1a, 2a 
17. Element atomi yadrosining 47,826 % ini musbat nuklon tashkil qiladigan atomning 
neytronlari soni elektronlari sonidan bittaga ko’p bo’lsa, elementni aniqlang.
A) Na B) P C) F D) B 
18. Element atomi yadrosining 48,387 % ini musbat nuklon tashkil qiladigan atomning 
neytronlari soni elektronlari sonidan bittaga ko’p bo’lsa, elementni aniqlang.
A) Na B) P C) F D) B 
19. Element atomi yadrosining 46,428 % ini musbat nuklon tashkil qiladigan atomning 
neytronlari soni elektronlari sonidan to’rttaga ko’p bo’lsa, elementni aniqlang. 
A) Fe B) Mn C) Ti D) Cr
20. Element atomi yadrosining 44,615 % ini musbat nuklon tashkil qiladigan atomning 
neytronlari soni elektronlari sonidan yettitaga ko’p bo’lsa, elementni aniqlang. 
A) Zn B) Cu C) Fe D) Mn 
21. As
-3
ioni X
+2
ionidan 1,5 marta ko’p elektronga ega. X elementni aniqlang.
A) temir B) xrom C) titan D) bariy 
22. X
+2 
kationidagi elektronlar soni C
2-
ionidagidan 3 marta ko’p bo’lsa, X elementni 
aniqlang.
A) Cr B) Fe C) Ca D) Mg 
23. Mn
+2
kationidagi elektronlar soni X

kationidagidan 11,5 marta ko’p bo’lsa,
X elementni aniqlang.
A) Li B) Na C) K D) Be 
24. X
− 
anionidagi elektronlar soni H
2
SO

birikma hosil qilgan oltingugurtdagi elektronlar
sonidan 3 marta ko’p bo’lsa, X elementni aniqlang.
A) F B) Cl C) Br D) J 
25. 4,48 litr azotga necha gramm kislorod qo’shilganda aralashmadagi elektronlar soni 
Avagadro sonidan 7,6 marta ko’p bo’ladi?
A) 6,72 B) 9,6 C) 5,6 D) 8 
26. 3,2 g kislorodga necha litr karbonat angidrid qo’shilganda aralashmadagi elektronlar 
soni Avagadro sonidan 8,2 marta ko’p bo’ladi?
A) 13,2 B) 6,72 C) 2,24 D) 8,8 
27. 4,48 litr CO ga necha gramm CO
2
qo’shilganda aralashmadagi elektronlar soni 
Avagadro sonidan 9,4 marta ko’p bo’ladi ?
A) 4,48 B) 5,6 C) 13,2 D) 6,72 
28. Element atomidagi proton va elektronlar yig’indisi neytronlar sonidan 12 taga ko’p. 
Umumiy zarrachalar ichida neytronlar miqdori protonlar miqdoridan 2,5 % ga ko’p. 
Atomdagi proton va neytronlar ko’paytmasini aniqlang.
A) 182 B) 240 C) 380 D) 132 
29. Element atomidagi proton va elektronlar yig’indisi neytronlar sonidan 16 taga ko’p. 
Umumiy zarrachalar ichida neytronlar miqdori protonlar miqdoridan 10 % ga ko’p. 
Atomdagi proton va neytronlar ko’paytmasini aniqlang.
A) 782 B) 740 C) 780 D) 768 
30. Izotonlar keltirilgan qatorni toping.
A) 
136
Xe, 
138
Ba, 
139
La, 
141
Ce B) 
131
Xe, 
137
Ba, 
138
La, 
201
Hg
C) 
40
Ar, 
40
K, 
40
Ca,
40
Cl D) 
49
Sc,
50
Ti,
51
V,
52
Cr 
31. Izooelektronli zarrachalarni toping. 1) metan; 2) ammiak; 3) vodorod ftorid;
4) ammoniy ioni; 5) ftor atomi; 6) ftor anioni
A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 6 
32. X
3+
, Y
2-
, Z
4-
ionlaridagi elektronlar soni teng. Z elementning protonlari soni 32 ta 
bo’lsa, X va Y ning neytronlari yig’indisini aniqlang.
A) 85 B) 72 C) 95 D) 105
33. X
3-
, Y
2+
, Z
4+
ionlaridagi elektronlar soni teng. Z elementning protonlari soni 22 ta 
bo’lsa, X va Y ning neytronlari yig’indisini aniqlang.
A) 51 B) 62 C) 35 D) 36


34. X
2+
, Y
-
, Z
4+
ionlaridagi elektronlar soni teng. Z elementning protonlari soni 40 ta bo’lsa,
X , Y va Z ning neytronlari yig’indisini aniqlang.
A) 97 B) 148 C) 145 D) 146 
35. Temir atomida elektronlar umumiy zarrachalarning 32,5 % ini tashkil etadi.
Temir atomining massasini aniqlang.
A) 54 B) 55 C) 56 D) 57 
36. Marganes atomida elektronlar umumiy zarrachalarning 30,864 % ini tashkil etadi.
Marganes atomining neytronlar sonini aniqlang.
A) 29 B) 30 C) 31 D) 32 
37. Xrom atomida neytronlar umumiy zarrachalarning 40 % ini tashkil etadi.
Xrom atomining massasini aniqlang. 
A) 54 B) 55 C) 56 D) 57 
38. Umumiy zarrachalarining 31,95 % ini elektronlar tashkil qiladigan fosfor atomiga izoton 
bo’lgan xlor atomining massasini aniqlang.
A) 34 B) 35 C) 36 D) 37 
39. Umumiy zarrachalarining 31,579 % ini protonlar tashkil qiladigan magniy atomiga izobar 
bo’lgan alyuminiy atomidagi neytronlar sonini aniqlang.
A) 12 B) 13 C) 14 D) 15 
40. Umumiy zarrachalarining 36,67 % ini neytronlar tashkil qiladigan kaliy atomiga izobar 
bo’lgan kalsiy atomidagi neytronlar sonini aniqlang.
A) 20 B) 21 C) 22 D) 23 
41. Umumiy zarrachalarining 32 % ini elektronlar tashkil qiladigan oltingugurt atomiga izobar 
bo’lgan fosfor atomidagi neytronlar sonini aniqlang.
A) 16 B) 17 C) 18 D) 19 
42. Xrom atomida elektronlar barcha zarrachalarining 30 % ini tashkil etadi. Ushbu atomning 
qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 28,2 % ini tashkil etadi?
A) +6 B) +2 C) +3 D) +4 
43. Marganes atomida neytronlar barcha zarrachalarining 37,5 % ini tashkil etadi.
Ushbu atomning qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 27,63 % ini tashkil 
etadi?
A) +6 B) +2 C) +3 D) +4 
44. Marganes atomida neytronlar barcha zarrachalarining 39 % ini tashkil etadi. Ushbu 
atomning qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 25 % ini tashkil etadi?
A) +6 B) +2 C) +3 D) +4 
45. Umumiy zarrachalarining 32,43 % ini protonlar tashkil qiladigan xrom atomining qanday 
zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 29,577 % ini tashkil qiladi ?
A) +2 B) +3 C) +4 D) +6 
46. Tabiiy borning atom massasi 10,81 ga teng bo’lib, massalari 10 va 11 bo’lgan izotoplari 
aralashmasidir. Tabiiy bordagi izotoplar foiz miqdorini hisoblang.
A) 26; 74 B) 33; 67 C) 19; 81 D) 22; 78 
47. Tabiiy xlorning atom massasi 35,45 ga teng bo’lib, massalari 35 va 37 bo’lgan izotoplari 
aralashmasidir. Tabiiy xlordagi izotoplar foiz miqdorini hisoblang.
A) 77,5; 22,5 B) 75; 25 C) 79; 21 D) 78,5; 21,5 
48. Tabiiy kaliy 93% 
39
K va 7% 
40
K izotoplari aralashmasidan iborat. Tabiiy kaliyning o’rtacha 
nisbiy atom massasini hisoblang.
A) 39,12 B) 39,07 C) 39,28 D) 39,00 
49. Tabiiy rubidiy 76,5% 
85
Rb va 23,5% 
87
Rb izotoplari aralashmasidan iborat. Tabiiy 
rubidiyning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblang.
A) 85,47 B) 86,07 C) 86,34 D) 85,13 
50. Uglerodning massasi 12 va 13 bo’lgan izotoplari hamda kislorodning massalari
16, 17 va 18 bo’lgan izotoplari yordamida necha xil karbonat angidrid molekulasi hosil qilish 
mumkin?
A) 10 B) 11 C) 12 D) 13 
51. Uch xil kislorod izotopi yordamida necha xil ozon molekulasi hosil qilish mumkin ?
A) 16 B) 10 C) 18 D) 19 


52. Ma’lumki, vodorod va kislorodning uchtadan izotoplari bor. Shu izotoplardan foydalangan 
holda necha xil vodorod peroksid molekulasini hosil qilish mumkinligini hisoblang.
A) 24 B) 32 C) 36 D) 40 
53. Azotning massasi 14 va 15 bo’lgan izotoplari hamda vodorodning 3 xil izotopi yordamida 
hosil qilish mumkin bo’lgan ammiak molekulalarining nechtasining molyar massalari 19 va 21 
bo’lishini toping.
A) 3+3 B) 3+4 C) 2+3 D) 4+5 
54. Vodorod va kislorodning uch xil izotoplari yordamida hosil qilish mumkin bo’lgan suv 
molekulalaridan nechtasining massasi 19 va 20 bo’lishini toping.
A) 2+4 B) 3+4 C) 3+3 D) 4+3 
55. Uglerodning massasi 12 va 13 bo’lgan izotoplari hamda kislorodning uch xil izotopi 
vositasida hosil qilish mumkin bo’lgan CO
2
molekulalarining nechtasining massasi
45 va 47 bo’lishi mumkinligini hisoblang.
A) 2+2 B) 2+3 C) 3+3 D) 3+4 
56. Vodorodning uchta izotopi hamda azotning ikkita (14; 15) izotoplaridan foydalangan holda 
hosil qilingan eng og’ir gidrazin molekulasidagi neytronlar sonini aniqlang. 
A) 24 B) 27 C) 20 D) 26 
57. Oltingugurtning uch xil (32; 33; 34) hamda vodorodning uch xil (H, D, T) izotoplaridan 
foydalanib necha xil Mr=36 bo’lgan vodorod sulfid molekulasini hosil qilish mumkin .
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 
58. Tabiiy magniyning o’rtacha nisbiy atom massasi 24,327 bo’lib, u massasi 24, 25, 26
bo’lgan izotoplar aralashmasidan iboratdir. Bunda 
24
Mg 78,6% tarqalganligini bilgan 
holda qolgan izotoplar tarqalish foizini toping.
A) 17,4; 4,0 B) 14,3; 7,1 C) 12,4; 9,0 D) 10,1; 11,3 
59. Zaryadsiz nuklonlar soni barcha zarrachalarning 35 % ini tashkil etadigan noma’lum 
element izotopi xromning massasi 54 bo’lgan izotopiga izobar bo’lsa, noma’lum elementning 
neytronlar soni qancha ?
A) 28 B) 32 C) 30 D) 26 
60. Zaryadsiz nuklonlar soni barcha zarrachalarning 40 % ini tashkil etadigan
noma’lum element izotopi temirning massasi 56 bo’lgan izotopiga izobar bo’lsa, noma’lum 
elementning neytronlar soni qancha ?
A) 28 B) 32 C) 24 D) 26 
61. Musbat nuklonlar soni barcha zarrachalarning 31,25 % ini tashkil etadigan
noma’lum element izotopi xromning massasi 54 bo’lgan izotopiga izoton bo’lsa, noma’lum 
elementning massa nechaga teng ?
A) 54 B) 52 C) 55 D) 56 

Download 110.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling