Atrof-muhit muammolari yuzaga


Download 184.3 Kb.
bet1/6
Sana22.06.2023
Hajmi184.3 Kb.
#1648690
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti umumiy nuqtai-nazar. Mustaqil ish


Mavzu: Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti: umumiy nuqtai-nazar.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.

  1. Atrof-muhit muammolari yuzaga kelishida iqtisodiyotning roli.

  2. O‘zbekistonda ekologik qonunchilik va uning samaradorligini oshirish.

  3. Ifloslantiruvchi taksonomiya. Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi.

  4. Ifloslantiruvchi moddalarga nisbatan siyosat. Atrof-muhit ifloslanishini turli kimyoviy moddalardan tozalash usullari.

Xulosa.


Kirish.
Inson paydo bo‘libdiki, doimiy ravishda tabiat bilan uyg‘un holda munosabatga kirishib kelmoqda. Biroq hozirgi kunga kelib, yer yuzida insoniyatning asrlar osha ko‘payib kelayotganligi tabiatga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirib yubordi. Shu jihatdan bugungi kunda kelajak avlodni tarbiyalashda ekologik ta’lim-tarbiyani kuchaytirish, atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish orqali tabiatga keltirilayotgan zararning oldini olish, ekologigik muammolar keskinlashuvini bartaraf etishning samarali yechimlarini topish o‘z yechimini kutayotgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo‘lib, alohida ijtimoiy mazmunga ega. Tabiat va jamiyat o‘zaro uzviy bog‘langan bir butun materiyaning ikki qismi, o‘ziga xos ijtimoiy ekotizim hisoblanadi. Tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorlik tizimida inson markaziy o‘rinni egallaydi. Inson bir vaqtning o‘zida ham tabiat, ham jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, bioijtimoiy mohiyatga ega.
Yoshlarning atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini olish muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish borasidagi bilimlarni o‘zlashtirish orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish borasidagi kabi nazariy va amaliy ko‘nikmalar hosil qiladi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish- ning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi bevosita atrof-muhit va ekologiya, qishloq xo‘jaligini rivojlan- tirish, shuningdek, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, oziq- ovqat xavfsizligini ta’minlash, tuproq-iqlim sharoitiga mos, qurg‘oqchilik, sho‘rlik, issiqlik va kasalliklarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va hayvonot turlarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini kengaytirish masalalari ta’kidlab o‘tilgan1.
Ushbu darslik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv reja-dasturlariga mos keladi. “Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” moduli bo‘yicha barcha yo‘nalishlar doirasida o‘rganiladigan maxsus fanlarni o‘qitishda ham foydalanish mumkin.
Mualliflar jamoasi tomonidan ushbu fanning mazmuni bo‘yicha yetarlicha, to‘liq hajmi bo‘yicha ixcham, shuningdek, bayon etilishi bo‘yicha keng ommabop tarzda talabalarga tushunarli bo‘lgan ilmiy tusda darslik yaratishga harakat qilingan.
Darslikni tayyorlashda atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslar iqtisodiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan xorijiy mamlakatlar olimlari, MDH davlatlari va respublikamizda shu sohada tadqiqot olib borgan olimlarning tadqiqotlari natijalari, mahalliy va xorijiy adabiyotlar, davlat statistikа qo‘mitasi ma’lumotlaridan foydalanilgan.


Download 184.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling