Atrof muhit sifat analiz va monitoring faniga kirish


Download 26.03 Kb.
Sana08.08.2020
Hajmi26.03 Kb.
#125783
Bog'liq
1-Ma'ruza


1 - MA’RUZA

1-MAVZU: Atrof muhitni sifat analiz va monitoringi faniga kirish. Atrof muhitni sifat analiz va monitoringi fanining predmeti, maqsadi va vazifasi.


Reja:

  1. Atrof muhit sifat analiz va monitoring faniga kirish.

  2. Atrof muhit sifat analiz va monitoring fanining predmeti, maqsadi va vazifasi.


Kalit so’zlar: Atrof muhit, monitoring, ifloslanish, tahlil qilish, gidrosfera, litosfera

Tabiatning  global  ifloslanishi  va  sanoat  hududlaridagi  noqulay  ekologik  vaziyat  hozirgi  

kunda  olamshumul  va  jiddiy  m uam m oga  aylandi.  Bu  muammoni  keng  jamoatchilikning  faol  ishtirokida  hal  qilish  bilan  turli  kasb  egalari  — kimyogarlar,  shifokorlar,  biologlar va yuristlar  keng  miqyosda  shug'ullanmoqda.  

Ammomazkurmasalabo‘yicha samarali bahs — munozaralar olib borish va ta ’sirchan chora-  tadbirlar ishlab chiqishning eng zaruriy sharti havo, suv va tuproqdagi  maishiy, transport yoki sanoat chiqindilarining turi va konsentratsiyalarini  aniq  bilishdir. Ularni aniqlash va hisobga olish fizikaviy va kimyoviy tahlil usullari  bilan  amalga  oshiriladi. Bunday tahlillarni  ishchi  va  ishlab  chiqarish  xonalarida  olib  boradigan  mutaxassislar uchun yanada keng va muhim faoliyat maydoni  ochilmoqda.  Ishchi va  xizmatchilarning  sog‘ligini  m uhofaza  qilish  va tayyor mahsulotning ifloslanishi  oldini olish borasidagi zarur chora-  tadbirlarni  amalga  oshirishdan  oldin  tahlillar  natijalariga  ega  b o ‘lish  lozim. H ar bir kimyogar, u qayerda ishlamasin — fan,  sanoat yoki tadqi-  qot sohalaridami,  o ‘z faoliyati  

davomida atrof- uhitning ifloslanishi muammosiga duch keladi va tegishli tadqiqotlar usullarini o ‘rganishga majbur bo'ladi.
Shu munosabat bilan laboratoriya tahlilining eng yuqori darajadagi  muhim  sohasida  to ‘plangan  materiallarni  umum lashtirish  zaruriyati  tug‘iladi.  Analitik  kimyoning  150  tadan  ortiq  usullaridan  ekologik  tahliliy  kimyo  eng  samarali va ishonchli  usullardan  foydalanadi,  ular  xromatografiya,  spektroskopiya va elektrokimyoga asoslanadi va havo,  suv  ham da  tuproqni  ifloslaydigan  gazlar,  bug‘lardan  tortib,  qattiq  zarrachalar  va  aerozollarni  qamrab  oladi.
Ushbu  kitob  birinchi  navbatda  «Atrofmuhitni  m uhofaza  qilish»  y o ‘nalishi  b o ‘yicha  tahsil  olayotgan  bakalavrlar  va  «A trof-m uhit muhofazasi  va  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish»  mutaxassisligiga  ixtisoslashayotgan  magistrlarga  yordam  beradi.
Chunki  ular oldida  zararli  chiqindilarning  atrofmuhitga ta ’sirini chuqur  anglagan  holda  texnologik  jarayonlarni  ishlab  chiqish  va takomillashtirish  vazifasi  turadi.
Umumtexnik,  kimyoviy va  maxsus  fanlarni  o ‘rganish jarayonida olgan  bilimlari  asosida  ular  atmosfera,  gidrosfera  va  litosferaning  asosiy xususiyatlarini  hisobga olib,  atmosfera havosi,  suv va tuproqni  ifloslovchi  moddalarni tahlil  qilishning mavjud usullarini takomillashtirishi  va  yangilarini  ishlab  chiqishi  kerak.  Bu  nafaqat  sanoat  korxonalarida  yaxshi  m ehnat  sharoitini  ta’minlash,  balki  insonlar  salomatligi  va  atrofmuhitni  saqlab  qolish  uchun  ham  zarurdir.

Yer yuzidagi o‘simlik dunyosining asosini organik moddalar tashkil  qilib,  uni  hosil  bo'lishi  uchun  atmosferada  C 0 2,  suv va  shuningdek, tuproqdagi  mineral  moddalar  zarur.  M uayyan  to'lqin  uzunligidagi  yorug‘lik ta ’sirida o ‘simliklarda fotosintez jarayoni  so d irb o ‘lib,  unda  uglerod  (IV)  oksidi o ‘simliklarga yutilishi  natijada suv fotolizi jarayo- nida  hosil  b o ‘lgan  0 2  atmosferaga  ajraladi.  Uglerod  biokimyoviy siklining  birinchi  bosqichi  ana  shundan  iborat.


Yerda  fotosintez  tufayli juda  katta  energiya jamg'arilgan.  H ar  yili  o'simliklardagi  fotosintez  natijasida  100  mlrd.  tonna  organik  moddalar  hosil  bo'lib,  ularda  450. Ю15  kkal  quyosh  energiyasi  mujassam.  Bujarayonlarda  o ‘simliklar  tomonidan  taxminan  170  mlrd.  tonna  C 0 2 gazi  assimilatsiyalanadi,  taxminan  130  mlrd.  tonna  suv  fotokimyoviy  parchalanishda  ishtirok  etib,  115  mlrd.  tonna  erkin  kislorod  ajraladi.
Kislorod barcha tirik mavjudotlarning tiriklik asosidir.  Nafas olish  jarayonida  0 2  yordamida  turli  organik  birikmalarning  oksidlanishi  yuz  beradi  va bunda  C 0 2  ajraladi.  Bu uglevodorod  siklining  ikkinchi  bosqichi b o ‘lib,  u tirik organizmlarning uglerod  kislotali  funksiyasiga  bog‘liq.  Bunda  birinchi  bosqichda  ajralib  chiqqan  kislorod  miqdori,  ikkinchi bosqichda yutilgan  kisloroddan biroz ko‘proq bo‘lib,  buning  natijasida  yashil  o'sim liklar  hayot  faoliyatida  hosil  bo‘lgan  kislorod 
atmosferada  to ‘planadi.
Fotosintez jarayonida avtotroflar bilan bog'langan energiya keyinchalik  turli  geterotroflar,  jum ladan,  inson  hayot  faoliyatida  foydaIaniladi, bunda u qisman  issiqlik energiyasiga aylanadi va biosferanin  ayrim  tarkibiy  qismlari  (o ‘simlik  va  tuproqlar)da  to'planadi. Avtotroflarda  hosil  b o ‘lgan  organik  moddalar  turli  geterotroflarning  ozuqa  zanjiriga  tushib,  unda  o'zgarishga  uchraydi,  massa  va  energiya yo‘qotadi.  Bunda  energiya ozuqa zanjiriga kiradigan  barcha organizm larning  hayot  faoliyati  jarayonida  sarflanadi  va  issiqlik  energiyasi  ko‘rinishida  atrofga  ajraladi.

Turli  tirik  organizmlarning  hayot  faoliyati  to ‘xtaganda  ulardagi  organik  moddalar  geterotrof  mikroorganizmlar  uchun  ozuqa  manbayiga aylanadi.  Mikroorganizmlar oziqlanish,  nafas olish va bijg‘ish  jarayonlarida organik moddalarni parchalaydi. Yerda, tuproqda chirigan  organik  moddalardagi uglevodorodlar parchalanganda  C 0 2  hosil  bo‘ladi va atmosferaga ajraladi.  Oqsillaming parchalanishidan ammiak  hosil  bo‘ladi  va  u  ko'pincha  atmosferaga  ajralib  chiqadi,  asosan  esa  nitriflkatsiya jarayonida  tuproqdagi  azot  zaxiralarini  to'ldiradi.


Organik  moddalaming  bir  qismi  esa  parchalanmasdan,  «zaxira  fondi»  ni  tashkil  qiladi.  U zoq  o ‘tmishda  ko'm ir,  gaz,  slanetslar, hozirgi  davrda  esa  torf va  gumus  shu  tariqa  hosil  bo'lgan.
Yuqorida  aytib  o ‘tilgan jarayonlarning  barchasi  tabiatdagi  biokimyoviy  aylanishning  (  uglerod,  kislorod,  azot,  fosfor,  oltingugurt  va  h.z)  muhim  bosqich  va  fazalarini  tashkil  etadi.  Shunday  qilib,  tirik  organizm o ‘z metobolizmi jarayonida havo,  suv, tuproqning muayyan  tarkibi  sharoitida  biosferaning  barqarorligini  ta ’minlaydi  va  inson  aralashuviga yo‘l  qo‘yilmasa,  «Yer»  ekotizimining ushbu  gomeostazi  juda  uzoq  vaqt  saqlanib  qolishi  mumkin.
Atrofmuhitning muhim tarkibiy qismlaridan biri atmosfera havosidir.  Biosferaning turg‘unligi uning sofligiga bog‘liq.  Atrofmuhitning ifloslanishi  o ‘simlik,  hayvonlar,  inson,  inshootlar,  uskunalar va  turli  tuman  moddiy jismlarga  salbiy  ta ’sir  ko'rsatadi.
Bizni o ‘rab turgan havo (atmosfera)  hayotimizning asosiy omilidir.  Ammo  inson  o ‘z  hayoti  uchun  zararli  moddalardan  foydalana  boshlagan  vaqtdan  boshlab  u  nafas  oladigan  havoning  tozaligiga  jiddiy  xavf  tug‘diradi. Aniqlanishicha,  bizning  his  qilish  a’zolarimiz  havo  sifatini  aniq  belgilash  qobiliyatiga  ega  emas  ekan.  Hid  bilish  a’zosi  atmosferada  organizm  uchun  zararli  m odda  borligi  haqida  signal  bera  olmaydi  (mas.  C 0 / C 0 2,  N 0 /   N 0 2).  Shu  bilan  birga,  H C N   kabi  zaharli  m oddaning  mavjudligini  seza  olsakda,  bunga  organizm   birorta  himoya reaksiyasi bilan javob bermaydi.  Ammiak aw al qo'zg'atuvchi  ta ’sir ko‘rsatadi,  birmuncha keyin uning zararli ta’siri namoyon bo‘ladi. 
S 0 2  va  N 0 2  misolida  teskari  manzarani  ko‘rish  mumkin.  Havodagi  radioaktiv  chiqindilarga  kelsak,  ularni  biz um um an  ilg‘ay olmaymiz.Shunday  qilib,  ikkita  asosiy vazifa  ilgari  suriladi.  Bir  tom ondan,  aholi  punktlaridagi  aholi  sog‘lig‘ini  m uhofaza  qilish  m aqsadida  atmosferani  tekshirish,  shuningdek,  ifloslangan  havoning  o ‘simlik vahayvonlarga  ta ’sirini  aniqlash  uchun  qishloq  xo'jaligi  hududlarida  havo  tarkibini  tadqiq  etish.Ikkinchi  tom ondan,  xodimlar salomatligini  saqlash  uchun  ishlab  chiqarish binolarida ishchi zonalar havosining tozaligini nazorat qilish.
Biz nafas olayotgan  havo atmosferani tashkil qiladigan gazlarning  fizik  aralashmasidan  iborat.  Havo  tarkibida  tabiiy  va  antropogen  kelib  chiqqan  turli  aralashmalar  ham  mavjud.
Tabiiy  sharoitda  havoda  doim  suv  bug‘i  mavjud  bo‘lib,  uning  miqdori  doimo  keskin  o'zgarib  turadi.  Havoning  doimiy  tarkibiy  qismlaridan kislorod alohida ahamiyatga ega,  u barcha tirik mavjudotlarning nafas olishi uchun zarur (anaerob  mikroorganizmlaming ayrim  turlari bundan  mustasno).  Havoning katta qismini  azot tashkil qiladi. 
Ushbu  element  yerda  hayotning  paydo  bo‘lishi  bilan  bog‘liq,  chunki  u  oqsillar  hamda  boshqa  organik  birikmalar  tarkibiga  kiradi.  Azot inert gazlar qatoriga kiradi va kislorod konsentratsiyasini kamaytirishda  muhim  rol  o ‘ynaydi.  Chunki sof kislorod  hayotni  ta ’minlay olmaydi. 
Boshqa inert gazlar (argon,  neon, geliy,  kripton,  ksenon)ning insonga  ta ’siri  azotnikiga  o ‘xshash.
Organik  moddalardagi  uglerod  manbayi  C 0 2  dir.  U  nafas  olish,  bijg‘ish,  achish va organik  moddalarning oksidlanishi va parchalanishi  jarayonlarida,  shuningdek,  yonuvchan  qazilm alarning  yonishida  atmosferaga  ajraladi. Boshqa  doimiy  gazlarning  ahamiyatlisi  —  ozon.  U  fotokimyoviy  reaksiyalarning oraliq mahsuloti hisoblanadi.  Shu bois uning zamonaviy  shaharlar  atmosferasida  aniqlanishi  havoning  ifloslanganligidan  dalolat  beradi.  Shu  bilan  birga  ozon  atmosferaning  yuqori  qatlamlarida  ekran  hosil  qiladi  va  bu  ekran  Yerni  halokatli  ultrabinafsha  nurlardan  himoya  qiladi.
Toza  havoning  tarkibida  quyidagi  gazlar  uchraydi: azot  —  78,10% kislorod  —  argon  —
20,93% 0,93% uglerod  to ‘rt  oksidi  —0,03-0,04% kripton  —  geliy  - 0 ,0001% 0,0005% 0 ,00001%
0, 01 % ksenon  —vodorod  —
H attoki  toza  havoda  ham  quyidagi  modda  va  elementlarning juda  oz  miqdordagi  (1  m ln'1  dan  kam)  aralashmalari  uchraydi: uglerod  oksidi  CO  —  0,01  —  0,2  mln-1; ozon  0 3  —  0  —  0,05mln  
m etan  C ff4  —  1,2—1,5  m l n 1;
N20  —  0,25  mln-1;
azot  oksidlari  —  N 0 / N 0 2  —  0  -   0,003mln  ';
ammiak  NH3  —  0  —  0,02  m ln 1.
Qattiq,  suyuq  va  gazsimon  chiqindi  moddalar  atmosferaning tabiiy  tarkibini  o'zgartirib  yuborishi  — havoning ifloslanishi  deyiladi.
Eng ko‘p tarqalgan va xavfli chiqindilar 8 ta toifaga birlashtirilgan:
1.  Muallaq  moddalar.  U lar  boshqa  ifloslovchilarni  o ‘zida  eritib 
yoki  o ‘z  yuzasida  adsorbsiyalab  tashiydi.
2.  Uglevodorodlar  va  boshqa  uchuvchan  organik  birikmalar.
3.  Is  gazi  (CO).
4. Azot oksidlari  (N xO ).
5.  Oltingugurt  oksidlari,  asosan  oltingugurt  (IV)  oksidi  (S 0 2).
6.  Qo‘rg‘oshin  va  boshqa  og‘ir  metallar.
7.  Ozon  va  boshqa  fotokimyoviy  oksidlovchilar.
8.  Kislotalar,  asosan  oltingugurt  va  azot  kislotalari.
Atmosfera  chiqindilari va  havoning tabiiy aralashmalari  murakab  o ‘zaro  ta ’sirga  kirishadilar,  yuviladilar  va  hokazo.  Shaharlar  atmosferasidagi bunday o ‘zgarishlaming asosiy sabablari — havoning
organik  m oddalar  (asosan  neft  uglevodorodlari  bilan)  va  yuqori haroratli  yonish  natijasida  paydo  bo'ladigan  azot  oksidlari  bilan  ifloslanishidir.
Emissiyalar  —  havoni  ifloslantiradigan  m oddalar  b o ‘lib,  ular  birorta  uskuna  ishga  tushirilganda  atmosferaga  ajraladi.
Imissiyalar  —  havoni  ifloslantiradigan  m oddalar  b o ‘lib,  ular  atmosferada  — o'zining  ta ’sir zonasiga bevosita  yaqin  bo'ladi.  Butun  jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  quyidagicha  ta ’rif beradi:
«Havoni  ifloslovchi  modda  yoki  bir  necha  moddalar  odamlar,  hayvonlar,  o'simliklar  va  mulkka  ziyon  yetkazadigan  yoki  shunga  olib  keladigan  miqdorda  va  vaqt  davomida  atmosfera  saqlaydigan  yoki  inson  salom atligi  va  mulkiga  hisoblab  b o ‘lmaydigan  zarar  yetkazishi  mumkin  bo'lgan  hollarda  havoning  ifloslanganligi  haqida  gapirish  mumkin».
Download 26.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling