Audit faoliyatining standartlari


Download 46.01 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi46.01 Kb.
#1535037
Bog'liq
Audit faoliyatining milliy va halqaro standartlari


Audit faoliyatining standartlari

R e j a:


1. Audit standartlari
2. Audit standartlarini qo‘llash.
3. Auditorlik faoliyatining xalqaro tajribasi
4. Umumiy va texnik standartlar

1. Audit standartlari

Horijiy davlatlarda auditor faoliyati standart (qoida) va meʼyorlar bilan tartibga solinadi. Taftish (auditorlik) standartlari har bir taftish organi bajarishi majburiy hisoblangan yozma buyruq hisoblanmaydi, lekin ular taftish amaliyotini umumlashtirishdan olingan xulosalar asosida ishlab chiqarilgan. Har bir muayyan taftish organi taftish standartlari, uning maqsad va vazifalariga muvofiq (to‘g‘ri) suiisteomolqilish darajasini mustaqil belgilashni talab qiladi. Audit nazariyasi va amaliyotida standartlar iborasi auditorlik tadbirlarining asos soluvchi prinsiplari yoki asosiy qoidalariga aytiladi.
Mazkur qoidalar taftish tadbirlarini qo‘llash va o‘tkazish uslubini belgilashda auditorga yordam beradi, taftish natijalarini baholash mezoni hisoblanadi. Standartlar audit o‘tkaziluvchi sharoitlardan qatoiy nazar bajarilish kerak. Aytilganlar bilan bir qatorda auditorlik standartlar o‘zining shaxsiy fikrini bildirishini talab qiladi.
Auditorlik standartlar taftish faoliyatini xalqaro standartlar talabiga javob beruvchi zarur darajada saqlab turishiga yordam beradi, auditorlarni o‘z bilim va malakalarini doimo oshirishga majbur qiladi, ayrim auditorlik tashkilotlari bajargan ishlar sifatini taqqoslanishi taominlanadi, auditorlik ishlarni ihchamlashtiradiva yengilllashtiradi. Standartdan farqliroq audit normalari (meʼyorlari) asosiy qoidani nazarda tutmaydi. Lekin, amaliyotda foydalanishi mumkin bo‘lgan tadbirlar buyicha qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi (o‘ziga xos masalalarni tekshirish, sanoatning alohida tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohasida qo‘llash, auditorlik hisobotlarni tayyorlash buyicha qo‘llanmalar). Meʼyorlar ishonarli bo‘lishi kerak, lekin bajarilish majburiy tavsifga ega emas. Yaoni auditor meʼyorlardan chetlashi mumkin – lekin, ularga rioya qilmaslik sabablariga izoh berishga doim tayyor bo‘lishi kerak. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga meʼyor belgilash amaliy jihatdan noqonuniy bo‘lar edi chunki ular tijorat yangiliklarini qanoatlantirmaydi va auditorning rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Eolon qilingan auditorlik standart va meʼyorlar kabi rasmiy hujjatlar huquqiy bosqichlar tomonidan auditorning ishi va o‘z kasbiy bilimidan xabardor ekanligini tekshirish, qo‘llanma va mo‘ljal olish sifatida foydalanish mumkin.
Asosiy qoidalard

Standartlarga muvofiq kelishlik


Muloxazalarning beg‘arazligi (xolisligi)
Jamoa hisobdorligi
Rahbariyatning javobgarligi (maosuliyati)
Standartlarning tushunarli bo‘lishligi Standartlarning kelishilganligi
Ichki nazorat vositasi
Axborotga erishmoqlik
Faoliyatning nazorat qilinishi
Taftish texnikasining yaxshilanishi
Audit faoliyatining standartlari o‘zaro bog‘lanishda va izchillikdagi to‘rt qismdan iborat.
Manfaatlarning to‘qnashuvi
1. UMUMIY STANDARTLAR
Mustaqillik. Ish sohasi buyicha yaxshi xabardor bo‘lishlik.
Yetarli eotibor berishlik.
2. BOShqA UMUMIY STANDARTLAR
3. ISHCHI STANDARTLAR
Rejalashtirish (tayyorgarlik ko‘rish)
Nazorat va tekshirish
Ichki nazorat vositalari
Maolumotlar (dalil, isbotlar)
Hujjatlar taxlili
4. HISOBOT STANDARTLARI
Nomlanishi, sana, imzo
To‘la bayon qilinishi, taftish predmeti, qonuniy asosi, standartlarga muvofiq kelishi, vaqtida tayyorgarligi
AUDITORLIK FAOLIYATIDAGI STANDARTLAR TIZIMI
Ushbu standartlar auditorlik taftish o‘tkazishda (jumladan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida ham) rioya qilinishi kerak bo‘lgan tasvir hisoblanadi.
Asosiy tamoyillar – bu auditorlik faoliyati standartlarining umumiy asosini tasavvur etuvchi sharoitlar, mantiqiy prinsiplar va qonuniyatlardir.
Ular auditorga fikr – muloxaza qilish va hisobot tuzish (xususan, muayyan standartlardan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan vaziyatlarda) uchun yo‘nalish sifatida xizmat qiladilar.
Auditning quyidagi tamoyillari mavjud:
- standartlarga mos kelishlik;
- mulohazalarning xolisonaligi;
- jamoat hisobot berishligi;
- rahbariyat maosuliyatligi;
- standatrlarning tushunarli va foydalanish imkoniyati mavjudligi;
- standartlarning kelishilganligi;
- axborotlarga ega bo‘lishlik imkoniyati;
- faoliyat nazorati;
- taftish texnikasini yaxshilash.
Audit sohasida, ayniqsa uning tamoyillarning amaliy ahamiyati muxim bo‘lib, ularning zarurligi to‘g‘risida mulohazalar g‘arb davlatlaridagi hamkasabalarimizda allaqachon paydo bo‘lgan. Ikki yirik tadqiqotchilar R.K.Mauts, U.A.Sharaf 1961 yilda auditning tamoyillarini izoxlashgan. 1982 yilda T.Li va D.K.Robertson ularni to‘liqlash kerakligi to‘g‘risida taklif kiritishdi. Auditiga oid g‘arb adabiyotlarida R.K.Mauts va U.A.Sharaf tamoyillari keng tarqalgan bo‘lib, uning mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Hisobotni tekshirish zaruriyati:
agar tekshirish uchun talab qilingan hujjatlar taqdim etilmasa yoki hisobotda jiddiy kamchiliklar aniqlangan vaziyatda auditor xulosa bera olmaydi. Tamoyilning maqsadi – auditorga taoziyq o‘tkazib mumkin qadar ko‘p talabchanlikni yuzaga keltirish, mijozlarga esa – auditor ish sharoitini yaxshiroq tushunib yetishga taoziyq o‘tkazish.
2. Auditor va maomuriy manfaatlar o‘rtasida nizo chiqishini gumon qilmaslik kerak. Ushbu tamoyil tekshiriluvchilar va tekshiruvchi orasida o‘zaro ishonch va quvvatlashni yaratishi kerak.
3. Tekshirilmagan hisobot ishonchga sazovor emas. Mazkur tamoyil birinchisiga nisbatan teskari bo‘lib, quyidagilar tasdiqlanadi:
a) mijoz uchun uchinchi shaxs (audit firma) tomonidan tomonidan hisobotlarning to‘g‘ri tuzilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olish zarurati;
b) tekshirilgan hisobot maolumotlarining nafaqat oboektivligi va to‘g‘riligi balki auditor tomonidan berilgan xulosa ehtimol tutilgan oqibatlari uchun maonaviy va iqtisodiy javobgarligi yaoni tekshiruvchilarning kafolati.
Ushbu xolatda auditorlik firmalar aksioner jamiyati va firma mijozi qarzdorlarining ehtiyot qilib saqlab qoluvchi sifatida vujudga keldi.

2. AUDIT STANDARTLARINI QO‘LLASH.


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishchi guruxi va O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar uyushmasi ( prof YU.M. Itkin) xamkorligida auditorltk faoliyatining qator qoidalari (standartlari) ishlab chiqilgan. Bunday rasmiylashtirishni ko‘zda tutgan audit o‘tkazishda qoida talablarining bajarilish majburiydir, bunday xulosasini ko‘zda tutmagan audit o‘tkazishda va auditga bog‘liq xizmatlarni bajarishda esa bu talablar tavsiyaviy xarakterga ega. Odatda, auditorlik tekshirishni o‘tkazishga shartnoma tuzayotganda, iqtisodiy suboektlar audit natijasida rasmiy xulosa olishga tayanadilar. Audit o‘tkazishda yuqoridagi kasb talablari bajarilishi muhimdir. Shubxasiz, auditorlik faoliyati standartlashtirishni talab qiladi, auditorlik faoliyatining ichki standartlari audit mavjud bo‘lgan barcha mamalakatlarda mavjuddir. Ularning vazifalari:
- auditorlik faoliyatining xuquqiy asoslarini taominlash;
- auditorlar va tekshirilayotgan suboektlar o‘rtasida javobgarlikning xuquqiy chegaralanishi;
- auditorlik isbotlar va natijalarning taqqoslanishini olish maqsadida tekshirish o‘tkazishda maqbul prinsiplar qo‘llash;
- mijozlar bilan javoblarni kelishini jarayonini tartibga solish va boshqalar.
Auditorlik faoliyatining qoidalari tasdiqlangandan so‘ng standartlashtirishning zaruriyati xaqidagi savol barcha auditorlik birlashmalar, yirik auditorlik tashkilotlar tomonidan ko‘tariladi. Shuningdek turli xil tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan va keyingi ishlarda asos bo‘la oladigan auditorlik standartlarining loyixalar soni yetarli edi. Shubxasiz, bu qoidalarning ijobiy tomoni bo‘lib, ularning mavjudlik faktidir. Bunda qoidalar ko‘rsatilagan barcha talablarni bajarish xarakatlari, afsuski, qator sabablar tufayli har doim ko‘pincha muvaffakiyatli tugamaydi.
Auditorlik faoliyati standartlari qonun tomonidan joriy etilgan meʼyorlarni konkretlashtiradigan va tushuntiradigan xujjatlar bo‘lishi kerak.
Ichki firma standartlari va yo‘riqnomalarini yaratish bo‘yicha masalani yechish yirik auditorlik kompaniyalari uchun xam jiddiy masala xisoblanadi bu kompaniyalarda uslubiyatli yo‘nalishlar, tashkilot va ishlarni o‘tkazish, tajribali uslubiy qoidalari va boshqalar. Bunday tuzilmalarga egalik qilish murakkab bo‘lgan kichikroq kompaniyalar ko‘pincha juda og‘ir vaziyatda qoladilar, chunki standartlarning barcha talablarini bajarishga sarflangan vaqt qator xollarda tekshirish jarayonining bevosita bajarilishiga sarflangan vaqtdan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu holda mustaqil ishlayotgan auditor yoki auditorlik kompaniyalarida quyidagicha tanlovi mavjud:
1. Tayyor ichki xo‘jalik standartlarini uning ishlab chiqarganlarini sotadigan yirik auditorlik kompaniyalaridan olish mumkin. Bundan olingan standartlar baribir maolum darajadagi ko‘nikishni talab qiladi.
2. Uslubiy nashr yoki axborot bazalaridagi boshqa auditorlarning ishlanmalari xaqidagi maolumotlardan foydalanish.
3. O‘z kuchlari bilan shunday standartlar va uslublarni ishlash yoki aniq kompaniya boshqaruvning fikricha, ular yanada muxim ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Bunda auditorlik ishining sifatini yomonlashuviga olib kelmaydigan boshqa talablarning shakliy sxemasini o‘ylab topish kerak.
Auditorlar faoliyatini standartlashtirish ko‘pincha auditorlik kompaniyalar xodimlari tomonidan norozilikni keltirib chiqaradi. Bu ko‘p xollarda ularni yangi odatiy bo‘lmagan ish usullariga ko‘nikishlariga to‘g‘ri kelayotganligiga bog‘liq. Auditorlik kompaniyalari raxbarlariga bu psixologik chekinmaga bardosh berish talab qilinadi, standartlashtirishni zaruriyligini o‘zlarining xodimlarini yangi ish usullariga o‘rgatishni tashkil etish.
Ichki xo‘jalik standartlarini kiritish raxbarlarga xar bir ish bosqichida auditorlik tekshirish sifatini operativ nazorat qilishni, zaruriy boshqaruv qarorlarini qabul qilish, va nixoyatda, auditorlik xulosaga o‘zlarining imzolarini qo‘yishni imkonini beradi.
Xozirgi kunda respublikada auditorlik faoliyatining 26 qoidalari (standartlari ) joriy qilingan. Bunday qoidalardan biri bo‘lib, 1997 yildan boshlab iqtisodiy suboektlarning buxgalteriya hisoboti bo‘yicha auditorlik xulosalari tayyorlashda qo‘llaniladigan «Buxgalteriya hisobotining auditorlik xulosasini tuzish tartibi” xisoblanadi. qoida buxgalteriya xisobotining auditorlik xulosasini auditorlar tomonidan tuzishning yagona tartibini joriy qiladi. Standart tomonidan auditorlik xulosalarining bir necha turlari ko‘rib chiqilgan: ijobiy auditorlik xulosa, shartli ijobiy, salbiy xulosa va auditorlik firmasining o‘z fikridan voz kechish.
Amaliyotda salbiy xulosani qaysi xollarda ishlatish kerakligi noaniq bo‘lib qolyapti. Standartlarda salbiy xulosada auditor tekshirilayotgan iqtisodiy suboektlar xisoboti aniqlangan xollar tufayli tayyorlanishi kerak.
Fikrimcha, agar tekshirishda bunday xolat yuz bersa, unda xech qanday xulosa talab qilinmaydi, tekshirish paytidagi xatoliklarni tuzatish talab qilinsa, auditor yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni bo‘yicha tavsiyalar bilan birga hisobot tuzishlari, o‘tkazilagan tuzatishlarni tekshirish natijasi bo‘yicha salbiydan farq qiladigan xulosa berishlari zarur. Agar xatoliklar tuzatib bo‘lmaydigan bo‘lsa, tekshirilayotgan iqtisodiy suboektga auditorlik xulosasi emas, balki balansini tuzatishda yordam talab qilinadi.
Standartda oldindan «iqtisodiy suobektning buxgalteriya hisobotining to‘g‘riligi to‘g‘risidagi auditorlik firmaning fikri bu suboekt va isteomolchilarga uning tarkibi va shakli aniq ko‘rsatilishi lozim” deb ko‘rib chiqilgan, standart ilovalarida auditorlik xulosalarining shakllari misol qilingan.
Iqtisodiy suboektlar auditor va raxbarlarining bir tilda gaplashishi uchun raxbarlarga bunday turdagi tushunchalarning moxiyatini xech bo‘lmaganda umumiy xususiyatlarini ochib beradigan maxsus izoxlar talab qilinadi. Biz o‘ylaymizki, o‘z mijozlarimizga auditorlik xulosa topshirayotganda tushunarsiz fikrlarni izoxlaydigan zarur sharx (tushuntirish) ham berish darkor, lekin ko‘p xollarda auditorlik xulosani umumtarqalgan iqtisodiy tushunchalarni qo‘llash bilan tuzish zaruriyati tug‘iladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan tushunchalar moxiyatini auditorlik tekshirish xarakatini boshlashdan oldin ochish maqsadga muvofiqdir va bu imkoniyat auditorga xat majburiyatni tayyorlashda beriladi. («Auditorlik tashkilotining audit o‘tkazishga roziligi to‘g‘risidagi xat-majburiyat”). Bu qoidaning maqsadi «auditorlik tekshirishni o‘tkazish to‘g‘risida bitimni tugatish bosqichida iqtisodiy suboekt va auditorlik firmasining majburiyatlarini belgilash” dan iborat.
Audit ishlarini bajarish uchun yetarli sharoit bo‘lgan eotiborga olish fakti va xat-majburiyat oferta hisoblangan ko‘p g‘arb mamlakatlaridan farkliroq bu yerda shunday tajriba mavjud-ki, sharoitlarning mavjudligida xam barcha sharoitlarning batafsil ko‘rsatib beradigan shartnoma xulosasi zarur bo‘ladi. Bunday turdagi shartnoma mijozning hamda auditorning majburiyatlarini tartibga solish imkonnini beradi.
Xulosa qilib aytganda, ichki xo‘jalik nazoratini tashkil qilishdan maqsad auditorlik faoliyatini boshqaradigan meʼyoriy xujjatlarga to‘laligicha mos kelishdir. Bulardan kelib chiqqan holda auditorlik standartlarini tuzuvchilar kelajakda nafaqat auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi talablar qo‘yibgina qolmasdan, balki joriy etilgan qoidalarga qaytishadi va xech bo‘lmaganda qisman ularga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin.

3. AUDITORLIK FAOLIYATINING XALQARO TAJRIBASI


Horijdagi auditorlik faoliyati asoslari.
Rivojlangan Yevropa va Amerika davlatlari audit o‘tkazishda ko‘p asrlik tajribaga egadir. Audit, xuquqiy iqtisod va zamonaviy fuqarolik jamiyatining rivojlangan soxasi sifatida aynan g‘arbda shakllandi.
Auditning xalqaro nazariyasi va amaliyoti raqobatchilik sharoitida o‘z aksini topdi. Yevropada yaoni g‘arbda ularni xammasi tegishli tadqiqot-izlanishlar va shu tadqiqotlarni keng ommaviy vositalar orasida eolon kilinishi xamda ular xaqida muloxazalar yuritilishi bilan bir vaqtda yuz berdi. Natijada xozirgi auditning xalqaro xuquqiy asosi yaratilgan, uni izchillik bilan tashkil etish shakllari ishlab chiqarilgan hamda auditorlar uchun keng ko‘lamdagi uslubiy materiallar nashr etilib to‘ldirib borilyapti. Ularda auditorlik faoliyatining eng asosiy (ko‘rinishlari) tushunchalari, atamalari, kategoriyalari aniqlangan xamda guruxlangan. O‘zbekiston auditorlik firmalarining faoliyatining tahlili hamda yig‘ilgan tajribalar bu sohani o‘ziga xos milliy xususiyatlarga egaligini ko‘rsatmoqda (masalan: bu soxadagi firmalar bilvosita emas balki bevosita mohiyati bilan bog‘liqmish) ayni paytda horijiy axborot manbalar mazmuni O‘zbekiston auditiga yordan berishi mumkin.
Horijiy mualliflar (masalan: Roy Djorj) auditning dastlab g‘arbda ham faqat buxgalterlik xujjatlari va xisobotlarini tekshirish va to‘g‘riligini tasdiqlash bilan cheklanganligini tan oladi.
Auditorlar asosan dastlabki xujjatlashtirishni- birlamchi xujjatlarni buxgalteriya hisobi registrlariga hamda ular asosida tuzilgan buxgalterlik xisobotlarini tekshirishgan.
Keyin esa audit tizimi, kompleks tus oldi. Bunda professional auditorlar xodimlar orasidagi munosabatni yaoni buxgalterlik xujjatlari va yozuvlardan foydalanuvchi va tuzuvchi nashryotchilar va ularning tadbirkorlik sheriklarining munosabatlarini chuqurroq tahlil qilishga eotibor berishdi. Ular xatoliklarni bartaraf etish maqsadida xar bir mijozlarning boshqaruv tizimini samarasini oshirishga eotibor qaratishdi, xususan ichki xo‘jalik nazorati hamda ichki auditni rivojlanishiga aloxida eotibor berishdi.
Agar mijozni ichki xo‘jalik nazoratida ayrim kamchiliklar bo‘lsa, mijoz ularni soni hamda hisobidagi xatoliklarni tekshirish davrida ham bartaraf etmayotgan bo‘lsa, ish olib borayotgan auditorlar mazkur xatoliklarni bartaraf qilish uchun mijozga umumiy ko‘rsatmalar berish bilan cheklanadi. Bu esa o‘z navbatida hisob ishlarining aniqligi hamda hisobot maolumotlarini xaqqoniyligiga taosir etmay qolmaydi. Shu yo‘sinda muntazam yondashish auditning zarur xususiyatiga aylandi.
Shunday qilib zamonaviy audit ayniqsa Yevropadagi bu tavakkalchilikka nafaqat tizimli yondashishi auditning ijobiy tomonlari balki statistik va nostatistik tanlash va taxlil etishdagi ijobiy ko‘rsatkichlar eotiborga olinadi.
g‘arbdagi hamma buxgalter va auditorlar uchun buxgalterlik hisobi tamoillariga (ayrim hollarda uni GAAS standart ham deb atashadi; umumiy qabul qilingan buxgalterlik tamoillri) rioya etish shart. Masalan: AqSh buxgalterlik hisobi standartlarini mustaqil kengash FASB (moliyaviy buxgalterlik standartlari muassasi) uzoq ommaviy taxlil qilib qabul qiladigan va tasdiqlaydi. Buxgalterlik standartlari qatorida audit standartlari xam qo‘llaniladi yaoni GAAS (umumiy qabul qilingan audit standartlari). Bu standartlar auditorlarga tekshirishni amalga oshirishda, xulosa chiqarishda, ishni tanishilishiga amaliy yordam beradi. Audit standartlari bo‘yicha kengash AICRA maxsus bo‘linmasi ishlab chiqadi. Bu qoidalar mamlakatdagi xamma auditorlar uchun bajarilishi shart bo‘lgan qonundir. Ular buzilganda yaoni auditning tamoiliga rioya qilinmaganda va boshqa organlar tomonidan yuritilib, auditorlar hisobidan nazorat o‘rnatgan organlar tomonidan auditorlik faoliyatini kuzatish mumkin.

Horijiy auditorlar va auditorlik firmalari.
Mustaqil auditorlar yakka o‘zlari shuningdek firma va tashkilotlarga birlashgan holda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Bular qatoriga g‘arb amaliyoti va iqtisodiy adabiyotlarda maolum bo‘lgan ishtirokchi buxgalterlar taniqlik firmalari (B.Britaniyadagi CAR firmalari) va vakolatli jamoa buxgalterlik firmalari ) ( SAR firmalari AqSh) ni kiritish mumkin.
g‘arb mamalakatlarida bir yoki bir necha ishtirokchi buxgalterlardan iborat hususiy firmalardan toki jahon auditida xal qiluvchi kuchga ega bo‘lgan hamda trans milliy korporatsiyalari deb ataladigan yirik 10000 lab firmalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bizning jo‘shqin asrimizda kapitalning internatsiyalashi va g‘arbda xokimiyatni korporatsiyalar tomonidan qo‘lga olinishi auditor firmalari rolini yanada oshirdi. Ikkinchi jaxon urishidan keyin dastlabki trans milliy korporatsiyalar paydo bo‘ldi va monopollashdi. Bular qatoriga tegishli o‘zgarishlar kiritish bilan avval «oltilik” hisoblangan 1998 yildan esa «beshlik”ga aylangan «katta” «sakkizlik” korporatsiyasini kiritishimiz mumkin. Ko‘zga ko‘ringan va professional nashriyotlar ko‘p mamalakatlarda beto‘xtov ilg‘or auditor konsulptatsiya firmalarining turli ro‘yxatini nashr etishadi. Ushbu ro‘yxatda firmalarning faoliyati xaqida turli-xil statistik axborotlar aks ettiriladi.
Ayrim paytlarda auditorlik maslaxat ko‘rsatish firmalarning ko‘rsatkichlari asosida nashryot mualliflari ularning malakalariga qarab guruhlashga imkoniyat beradi. Ko‘p hollarda guruhlash firmalarining yillik daromad xajmi yoki xizmatchilar soni va xokazolar bo‘yicha amalga oshoriladi. Trans milliy korporatsiyalar bo‘yicha bunday axborotlar ular amal qilayotgan mamlakat soniga qarab amalga oshirilishi mumkin. O‘z-o‘zidan bu ko‘rsatkich nafaqat statistik xolatlarni balki dinamik yaoni o‘sishni namoyon etadi.
Butun dunyo bo‘ylab «katta beshlik” xar yili 10 milliard dollarlab daromad ko‘radi. Shulardan 70-90 % AqSh ga to‘g‘ri keladi.
Lekin «katta beshlik” xam-bu xam auditning g‘arb mamlakatidagi hammasi emas. Bu «katta”, dunyo auditda hal qiluvchi rol o‘ynayotgan va trans milliy korporotsiyalar hisoblanadigan firmalardan tashqari audit «OUT SAIDER” firmalari salkam hamma joyda mavjud. Ushbu unchalik katta bo‘lmagan auditorlik firmalar davlatning qo‘llab quvvatlash sharti bilan hayotga moslashib keta oladilar. Auditorlik faoliyatida bu kutilmagan hol, chunki auditorlik faoliyatida bu birinchi navbatda-shaxs, aks holda u auditor emas.
Kup sonli auditorlik firmalarini faoliyat ko‘rsatishi, alohida firmalarning mustaqilligini va komponentligiga baxo berish imkoni yo‘q. AqSh dagi auditorlarning professional ish tutishi turli xil usullar bilan nazorat qilinadi. Bunday tizim boshqa davlatlarda ham tashkil etilmoqda. Lekin uning ayrim elementlari dastlabki variantlarda mavjud. Masalan: auditorning malakalash imtihonlari.

Mustaqil auditorlarning kasbiy tashkilotlari.



Xozirgi kunda O‘zbekistonda tashki auditorlarning mustaqilligini taominlash zarurati tan olingan. O‘zbekiston Respublikasi auditor va buxgalter asosatsiyasi sifatida ishlamoqda. Kelajakda ushbu professionallar sifatida O‘zbekiston auditorlarini birlashtiradi. Ko‘rinib turibdiki ushbu tashkilot xalqoro buxgalterlar va auditorlari asosatsiyasiga aozo bo‘ladi.(International Federation of accountings-IFAC qaysiki bu tashkilotga 90-100 ga yaqin auditorlik firmalari kiradi) IFAC tashkiloti uzoq vaqt davomida auditning xalqaro normalarini o‘rnatdi (auditorlik amaliyoti bo‘yicha xalqaro uyushma orqali), milliy auditorlik standartlari qabul qilindi. Ko‘rinib turibdiki bu narsa belgilangan xujjatlar obro‘sini ko‘tarish uchun qilindi. Ular auditorlar xizmatlarini sifati oshishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu norma va standartlar IFAC bir necha viloyatlarda o‘rnatildi.
- Audit bo‘yicha xalqaro meʼyorlar.
- Boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari.
- Ijtimoiy sektor bo‘yicha xalqaro normalar.

Audit va uchyot bo‘yicha ishlarni IFAC o‘zining qo‘mitaliri
tomonidan tashkil qiladi. Xozirgi vaqtda ular orasida: Auditorlik amaliyoti qo‘mitasi, taolim olish qo‘mitasi, etika qo‘mitasi, moliyaviy va boshqaruv hisobi qo‘mitasi, rejalash bo‘yicha qo‘mita, jamoat sektorlari bo‘yicha qo‘mitasi va boshqalar.
Har bir mamlakatda audit tashkiloti uzining milliy imkoniyatlarga ega, vaxolanki umuman olib qaraganda butun jaxon auditorlari taxminan bir xil vazifani bajaradi.
Auditning norma va standartlari u yoki bu mamlakat milliy norma va standartlarni o‘zgartirmaydi.
Balki aksincha ko‘pchilik mamlakatlar IFAC ning asosiy eng kam talablariga qarab o‘zlarining norma va standartlarini, o‘zining audit uslubiyatini qayta ishlashga xarakat qiladi.
Milliy qadriyatlar bilan birga auditorlar jamoat uyushmasi, auditorlik faoliyati va rivojlanishda muhim ahamiyat kasb tutadi.
AqSh da esa auditning rivojlanishida Amerika ishtirok etuvchi buxgalterlar instituti katta taosir ko‘rsatgan. Unga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- Maslaxatchi buxgalterlar uchun kasbiy mutaxassislik mavzularda tajribalar o‘tkazish va materiallar chop etish.
- Maomuriyat uchun maslaxatlar, xizmatlar ko‘rsatish.
- Soliqga tortish doirasi va boshqalarda maslaxatlar, xizmatlar,
Auditning rivojlanishiga tashkilotlar, assotsiatsiyalar va institutlar taosir ko‘rsatdilar. Ularning xar biri, bir vazifani bajarish uchun tashkil etilgan, ular auditorlar faoliyatiga turlicha yondashadilar. Asosiylaridan biri deb, shubxasiz, moliya bozorini rivojlanishi va barqarorligiga javob beradigan qimmatli kog‘ozlar va birja operatsiyalari bo‘yicha Kommisiyani ko‘rsatishi mumkin.
Bundan tashkari AqSh da uchyotning asosiy xizmati mavjud. Bu federal xukumatning qonun chiqaruvchi soxasiga qarashli bo‘lmagan xizmati. Bu turdagi mashxur va yetarli darajadagi nufuzli davlat xizmatini tashkil etish uchun boshqa davlatlarga ancha vaqt kerak.
GAO faqat AqSh Kongressiga maosuliyatli. Uni kongress oldida hisob beradigan bosh nazoratchi boshqaradi. GAOning auditor xodimlarining asosiy vazifasi-kongress uchun auditorlarning guvohlik funksiyasini bajarish. AqSh ning turli xukumat tashkilotlari vaqti-vaqti bilan kongressga moliyaviy axborotlarning aniq turlarini taqdim etadilar. (Shu jumladan budjet mablag‘larining sarf etilishi, hukumat byurtmalarini bajarilishi). Ular tayyorlagan axborotni katta qismi kongressga ko‘rsatilishidan oldin GAAS mutahassislarning auditorlik tekshiruviga havola etiladi.
Hukumat tashkilotlarining harajat va daromadlari qonun chiqarish bo‘yicha aniqlanganligi uchun auditorlarning asosiy tartibi-tugatilgan buxgalteriya hisobotining anoanaviy auditi emas balki muvofiqlik (moslik) auditdir. GAO auditorlarning boshqa majburiyatlari mustaqil auditorlik firmalari mutahasislarnikiga o‘xshashdir.
Sanab o‘tilgan AqSh auditorlarni birlashtiruvchi tashkilotlardan tashqari quyidagilarni aytish lozim:
1). Buxgalterlarning amerika assotsiatsiyasi (AAA) asosan buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy tahlil bo‘yicha tavsiya beruvchilarni birlashtiradi.
2). AqSh buxgalterlar milliy assotsiatsiyasi (NAA). Bu buxgalterlarning assotsiatsiyasi moddiy ishlab chiqarish, daromadsiz korxonalar, banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqalarning turli sohalarida ishlaydi.
3). Moliya xodimlarining instituti (FEI). Bunda asosan moliya direktorlar va bosh buxgalterlari joylashgan.
4). Davlat tashkilotlari buxgalterlarining assotsiatsiyasi (AGA). Asotsiatsiyada davlat (federal, kamdan kam munitsipal) tashkilotlari, xizmat va agentliklari ish yuritadilar.
5). Komppyuterli audit bo‘yicha mutahasislar asosatsiyasi (EDR) va boshqalar.
Buyuk Britaniyadagi maslahatchi buxgalterlarni birlashtiruvchi asosiy tashkilotlar ham juda mashhur:
1). Angliya va Uelpsning maslahatchi buxgalterlari instituti.
2). Diplomli buxgalterlarning jamoatchilik assosatsiyasi.
3). Buxgalter-taxlilchi jamoatchilik institutlari.
4). Shotlandiya maslahatchi buxgalterlarning instituti.
5). Milliy moliya va buxgalteriya hisobining jamoatchilik instituti.
6). Irlandiya maslahatchi buxgalterlarining instituti.
Bizning mamlakatimizdan oldin bozor munosabatlari yo‘lidan turgan Xitoyda 1982 yildayoq XXR auditorlik assosatsiyasi tashkil etilgan. Bundan tashqari auditning rivojlanish dasturiga Xitoy 180 mln dollar oldi va sarflandi. Bu yerda Zbignev Bjenskiyning fikriga quloq tutamiz: «Islohotlarning Xitoycha modeli qayta ko‘rishni sovet variantidan ancha muvaffaqiyatliroqligini aniq isbotlaydi”.

Ichki auditorlarning professional kasbiy tashkilotlari.

Tashqi (mustaqil) auditolarning ishi ko‘pincha ichki auditorlar ishi natijasiga tayanadi. AqShda ichki auditorlarning professional tashkiloti 1941 yilda tashkil etilgan va ichki auditorlar nomini oldi. Keyinchalik bu institut «xamkorlik orqali taraqqiyot” degan shiorni oldi. 70 yillarning boshida institut o‘z xalqaro markazini Florida shtatiga ko‘chirib o‘tdi.
Ko‘rsatilgan institut o‘z faoliyatini quyidagilar asosida olib boradi:
1). Ichki auditorlarning umumiy professional bo‘limi.
2). Uzluksiz profiossional rivojlanish dasturi.
3). Iqtisodiy kodeks.
4). Professional (kasbiy) meʼyorlar.
5). Sertifikatsiya dasturi.
Ushbu ichki auditorlar tashkiloti faoliyatning samaradorligini oshirish, o‘z manfaatlarini himoya qilish hamda professional mahoratlari bo‘yicha ularni tarqoq kuchlarini birlashtirishga qaratilgan. Institut ichki auditorlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, professional tajriba meʼyorlarini ishlab chiqadi va umum taolim faoliyatini taominlaydi. U doim ichki auditorlar vazifalari va xizmatlarini kengaytiradi.
Institut ichki auditorlar professional dunyosida nufuzli deb tan oligan. Unda 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlovchi 10 minglab aozolari mavjud.
AqSh institutining bo‘limlaridan tashqari Avstraliya, XXR, Indiya, Izrail, Yaponiya, Molayziya, Yangi Zelanndiya, Janubiy Afrika, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyada ham huddi shunday milliy institutlar mavjud.

4. Umumiy va texnik andozalar

AICPA Kengashining umumiy andozalarni xarakati tugrisidagi 201 koidasiga kura auditorlar faoliyat davomida kuyidagi talab larga javob berishlari lozim:
A.Uz kasbining ustasi bulish.
Auditorlar va ularning firmalari uzlari yaxshi biladigan va chukur tushunib yetgan yunalishlar buyichagina xizmat kursatishlari lozim. Axborotlar kulamining keskin ortib borayotganligi, yangi-yangi xujalik muammolarining yuzaga kelayotganligi, tashki siyosat va solik masalalaridagi uzgarishlar auditordan uz faoliyatini yuritishda chukur bilim va akl talab kiladi. U buxgalteriya xisobi va xisoboti buyicha yuz berayotgan uzgarishlarnigina emas balki davlatning ichki va tashki siyosati, mijozining faoliyat yunalishlari, uni bozorni egallash buyicha kilayotgan xarakatlari, mamlakatda konunchilik soxasida va auditorlik faoliyati bilan boglik boshka yunalishlarda yuz berayotgan uzgarishlar tugrisida boxabar bulishi, ularni chukur urganib borishi va amaliyotda kullay bilishi lozim.
Mutaxassislik fanlari buyicha yetarli darajada nazariy bilim va amaliy ish tajribasiga ega bulish xam auditor etikasi koidalarida muxim urin tutuvchi xolat xisoblanadi.Chunki 10 yillab, 15 yillab bosh xisobchilik kilayetgan shaxslarni tekshirish uchun auditorda manaviy jixatdan xam xukuki bulishi lozim.Boshkacha kilib aytganda u tom manoda uzini MUTAXASSIS deb xisoblay olishi kerak.
B.Etarli darajada etiborli bulish.
Kasbga oid xizmatlarni kursatayotganda auditor tekshirilayotgan vokea va xodisa, xar bir xujjatni sinchkovlik bilan urganib chikishi lozim. Bundan tashkari u shaxsiy kuzatuvlar olib bora yotganda, yoki javobgar shaxsdan tushuntirish xatlari olayotganda, yoki joylarda buxgalteriya xodimlarining ishlarini tekshirayotganda ularning xar biriga etibor bilan munosabatda bulishi va tekshiruv natijasida ularning orasiga sovuklik tushirib kuyish yoki bir -biriga ishonchsizlikni tugdirib kuyishdan extiyot bulishi lozim.

V.Rejalashtirish va nazorat.


Moliyaviy xisobot va korxona balansini sifatli va uz vaktida tekshiruvdan utkazish, vakt fondini va vazifalarni taksimlash xamda tekshiruv xarajatlarini aniklash uchun auditor uz ishini rejalashtirib olishi va uning bajarilishini nazorat kilib borishi lozim.
Tekshiruv jarayonini oldindan rejalashtirib olish birinchidan, ishni sistemali ravishda olib borilishini taminlasa, ikkinchidan unga ketadigan vakt sarfini optimallashtiradi.
G.Etarli mikdorda tegishli malumotlarga ega bulish.
Auditor biror bir vokea yoki xodisa tugrisida fikr bildirishi yoki kursatma berishi uchun bu tugrida yetarli malumotga ega bulishi lozim.Uning korxona faoliyatidagi zaif buginlarga kilgan ishorasi xam, tekshiruv jarayenida aniklagan konundan chetga chikish xollari xam, xamda ularni bartaraf kilish yoki tasir kuchini kamaytirish bilan boglik aytilgan fikrlari xam,barcha-barchasi
mavjud xujjatlarga asoslangan bulishi shart.
Bundan tashkari audit andozalariga rioya kilish xolatini tartibga soluvchi 202 koidaga kura (22.72bet) auditor faoliyatining barcha (audit,nazorat va malumotlar yigish,boshkaruv,solik masalalari buyicha maslaxatlar berish va kasbiga oid boshka xizmatlar kursatishi) tomonlarini kamrab olgan auditning texnik andozalarini suzsiz bajarishi lozim.
Auditning texnik andozalarini yaxshi bilish va unga faoliyat jarayonida katiy rioya kilish birinchidan, tekshiruvni sifatli amalga oshirilishini taminlasa, ikkinchidan, auditorni ish jarayonida va undan keyin yuzaga keladigan kelishmovchiliklardan ximoya kiladi. Auditning texnik andozalariga kullanmaning tegishli bandida bataf-silrok tuxtalib utamiz.
Mutaxassis yoki professional auditorning asosiy hislatlaridan biri – bu jamoatchilik oldida o‘z maosuliyatini to‘g‘ri xis etishdir. Shuning uchun buxgalter-auditorlarning vakillari, boshqa muhim kasblar (tibbiyot xodimlari, muxandislar, oqlovchilar va boshqalar) qatori ahloqiy meʼyorlarni ishlab chiqilishi va ularga qatoiy rioya qilinishini talab qiladi. Hukumat, jamotchilik, ishbilarmon doiralarni moliyaviy hisobot tuzuvchilar hamda boshqa foyda keltiradigan soha uyushmalarning ishonchlarini oqlash uchun auditorlarga iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni yuklaydi. Auditor faoliyati bilan aloqadagi shaxslar taftishchilar bajarayotgan ishlarning sifatini ham doim ham to‘g‘ri baholay olmaydilar. Lekin buyurtmalarni bajarishda auditorlar o‘z ishlariga masouliyatli qarashlari va halolliklarini eotiborga olishlari kerak. Auditorlik (buxgalterlik) kasbini tanlangan shaxs domiy ravishda o‘z kasbi va mahoratini oshirish ustida ishlashi, uni mukammallashtirish va o‘stirish ustidan ishlashi kerak. Auditordan doimiy ravishda o‘z kasbini ahloqiy, maonaviy, texnikaviy va boshqa ilg‘or yo‘llari ustida tinmay mehnat qilishi talab qilinadi.
Jamoatchi buxgalter tayyorlash buyicha horij mamlakatlarida ahloqiy kodeksi qabul qilingan. Ahloqiy qoidalar mijoz va boshqa xodimlar bilan muomala, bir-biriga xurmat, eotibor va xushmuomalalikni talab qiladi.
Har qanday auditorning xulqini belgilovchi va bunga qatoiy amal qiluvchi beshta asosiy ahloqiy belgilar qo‘llaniladi:
1. ERKINLIK, HALOLLIK, XOLISLIK. Jamoatchilik hisobchilik tajribasida auditor birinchi navbatda halol va haqqoniy, har qanday vaziyatda to‘g‘ri yo‘l, hatto rahbar fikri bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ham ish olib borishi shart.
2. UMUMIY VA TEXNIK STANDARTLAR. Auditor umumiy, texnik va kasbiy standartlarga og‘ishmay amal qilishi shart va majbur. U doimo o‘z kasbiy mutahassislik malakasini oshirish ustidan mehnat qilishi kerak. Mutahassislikka oid barcha qonun-qoida, yo‘riqnomalar bilan muntazam ravishda tanishib borishi va xayotga tadbiq qilib borishi kerak.
3. MIJOZLAR OLDIDAGI VAZIFALAR. Auditor mijozlar oldida xalol, beg‘araz doimo izlanishda bo‘lishi, o‘zmahoratini mijozlarga sarflab, ularni qiziqtirgan masalalarni o‘rganib, mijozlar foydasiga hal qilishi kerak.
4. HAMKASBLARI OLDIDAGI VAZIFALARI. Auditor barcha hamkasb do‘stlari va shu kasbga aloqador shaxslar bilan o‘zi bajarayotgan ishida samara berish uchun yaqin muomalada bo‘lishi kerak.
5. BOSHQA QOIDA VA VAZIFALAR. Jamoatchi taftishchi o‘z kasbiga bo‘lgan hurmatni oshirish va uni jamiyatga foyda keltirishi to‘g‘risida o‘ylab ish tutmog‘i kerak. Ahloqiy negiz maolumotlarining majburiy kodeksdan farqi xulqni umumiy yo‘nalish deb qaraladi, ular intizomga taaluqli aniq bir xolatni belgilamaydi, lekin falsafiy kodeks negiziga xizmat qiladi.
Erkinlik, halollik va holislik to‘g‘risida so‘z yuritilganda birinchi navbatda, jamoatchi taftishchining (auditorning) halolligiga ishonch hosil qilishga jamoatchilik haqlidir. Shuningdek, auditor o‘z tajribasiga va mustaqilligaga ishonishi kerak.
Mustaqillik va erkinlik ushbu sohadagi asosiy belgilardan biri hisoblanadi. Auditorning omilkorligi qanday bo‘lishidan qatoiy nazar uning moliyaviy hisobotdagi o‘z shaxsiy fikr-mulohazalari mijozlar uchun ahamiyatlidir.
Jamoatchi buxgalter va auditorga ishonch bildiradigan va aniqlaydigan chizgilardan biri halollikdir. Ushbu siftni son jihatdan aniqlash qiyin, chunki uning “halol” yoki “yetarli halol emas”ligi oqibatida ayrim xatolik va kamchiliklar chiqib qolishi extimoldan holi emas. Halollik va holislikni son jihatdan aniqlab bo‘lmasa ham ushbu xolatlar auditor kasbining doimiy kuzatuvchi doirasida bo‘ladi. Auditor o‘z ish jarayonida halolligiga, holisligiga va mustaqilligaga doimo atrofdan taosir bo‘lib turishini sezib turadi, lekin mutahassis bularning barchasiga bardosh berishi, chidashi, har qanday vaziyatda o‘zini tutishini bulishini unutmaslik kerak. Taftishchi o‘z kasbini ulug‘lash, hurmat qilish, har qanday xolatda ham oqilona va haqiqiy ish tutishi lozim. Aks xolda uning ishidagi mustaqilligi va erkinligiga putur yetadi.

Foydalanilgan adabiyotlar



1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston, 1992 yil 8 dekabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 29.08.96 yil. 257 1-son qaroriga muvofiq, tasdiqlangan 1997 yilning 1 martidan kuchga kiritilgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi. 22.09.1994 yil
4. O‘zbekiston Rsspublikasi Oliy majlisining № 120-12 son qaror bilan tasdiqlangan (01.04.1995 yil kuchga kirgan)
5. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 24.04.1997
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining №396 1-son
qaror bilan tasdiqlangan. !
7. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni. 1996 yil 30 avgust.
8.O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni. 2000 yil 26 may.
9. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari №00-21-sonlari. «Norma” dasturi.
10.O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari.-T.: 2004.
Prezident I.A.Karimov asarlari
11.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: «O‘zbekiston”, 1997. - 286 b.
12. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. 6-tovd. - T.: «O‘zbekiston”, 1998. - 262 b.
13. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: «O‘zbekiston”, 2000. - 83 b.
14. Karimov I.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish - eng muhim vazifamiz. T.8.-T.: O‘zbekiston. 2000.
15. Karimov I.A. «Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo‘lidan izchil borish - asosiy vazifamiz”. T.12.-T.: «O‘zbekiston”. 2004.-400 b.
16. www.ziyonet.uz
17. www.nur.uz
Download 46.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling