18- mavzu. Lolakabilar va palmakabilar sinfchasi tasnifi, tarqalishi, biologiyasi, ahamiyati. Reja


Download 20.6 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1074980
  1   2   3   4

18- mavzu. Lolakabilar va palmakabilar sinfchasi tasnifi, tarqalishi, biologiyasi, ahamiyati.
Reja

  1. Loladoshlar oilasiga tasnif.

  2. Greyg lolasi, daraxtsimon aloy

  3. Piyozdoshlar oilasiga tasnif.

  4. Sarimsoq piyozi

Tayancha atamalar: Lolakabilar sinfchasi. Lolanamolar qabilasi. Loladoshlar, piyozdoshlar, chuchmomadoshlar va gulsafsardoshlar oilalari: tavsifi, vakillari. Solabnamolar qabilasi. Solabdoshlar oilasi: tavsifi, vakillari. Hilolnamolar qabilasi. Hiloldoshlar oilasi: tavsifi, vakillari. Qo‘ng‘irboshnamolar qabilasi. Bug‘doydoshlar oilasi: tavsifi, vakillari.
Palmakabilar sinfchasi. Palmanamolar qabilasi. Palmadoshlar oilasi: tavsifi, vakillari.qo‘g‘anamolar qabilasi. qo‘g‘adoshlar oilasi: tavsifi, vakillari. Kuchalanamolar qabilasi. Kuchaladoshlar va bargpoyadoshlar (lemnadoshlar) oilalari: tavsifi, vakillari.
Bir pallalilar sinfi-Monocotyledoneae 
Gulli o‘simliklarning bu katta sinfiga, asosan mo‘ta-dil iqlimli shimoliy kengliklarda tarqalgan o‘t o‘simlik-lar, shuningdek subtropik va ayniqsa tropik oblastlarga xos bir muncha kam tarqalgan daraxtsimon o‘simliklar kira-di.
Bir pallali o‘simliklar o‘ziga xos quyidagi belgilari bilan ikki pallalilardan farq qiladi.
1. Bu sinfga mansub ko‘pchilik o‘simlik vakillaring uru-g‘ida faqat bitta urug‘ palla bo‘ladi.
2. Bosh ildizi barvaqt qurib qolib qo‘shimcha ildizlari rivojlanadi.
3. Barglari asosan, paralel yoki yoysimon ba’zan to‘g‘risi-mon tomirlangan bo‘ladi.
4. Naychalar bog‘lami tutash (kambiy qatlamisiz) bo‘ladi va ular ko‘pincha sochilib joylashadi.
5. Ko‘pchilik xollarda gullari 3 bo‘lakchali va besh qinrrali-dir.
Bu sinfga kiradigan ko‘pchilik bir pallali o‘simliklarning poya va ildizlari kambiy qatlami bo‘lmaganligidan ular, odatda yo‘g‘on toritib (ikkilamchi) o‘smaydi. Ikkilamchi o‘sish bir pallalilarning faqat ba’zi turigagina (yog‘ochsimon, drasena, yukkalarga) xos bu poyaning periferik qismida hosil bo‘ladigan ikkilamchi meristema (hosil qiluvchi to‘qima) ning bo‘lishi natijasida ro‘y beradi.
Bir pallalilar turlarining soni ikkipallalilar turlari sonining 1/3 ko‘ra kamrog‘ini tashkil qiladi. Lekin birpallalilar individlarning soni jihatidan o‘tloqlar, cho‘llar, katta - katta daryolarning sohilidagi sersuv yerlari singari ba’zi joylarda ikki pallalilardan turadi va ko‘pincha asosiy manazara fonini hosil qiladi.
Bizning floramizda bir pallalilardan faqat o‘t o‘sim-liklar bo‘lib, ular o‘tloq, dasht, shunigdek, tog‘ va cho‘l yaylovlarda o‘sadi. Odatda, bir pallali o‘simliklar orasida ildiz poyali ko‘p yillik, shunigdek,tuganakli va piyozli o‘simliklar uchraydi. Piyozsimonlar asosan yilning qurg‘oqchilik davri aniq ifodalangan oblastlar uchun xosdir. Bir pallali o‘simliklar inson xaetida katta ahamiyatga ega. Bug‘doy, javdar, makkajo‘xori, shakarqamich, palma kabi oziq ovqat tayyor-lanadi, shunigdek, har xil yem-xashak, texnika xom ashyosi va manzarali o‘simliklar sifatida qo‘llaniladi.

Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling