18- mavzu. Lolakabilar va palmakabilar sinfchasi tasnifi, tarqalishi, biologiyasi, ahamiyati. Reja


Download 20.6 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1074980
1   2   3   4
Lolasimonlar - Liliopsida sinf (ajdod)i
Lolasimonlar sinfi 63000 tur, 3100 turkum, 122 ta oila va 37 ta qabilani o‘z ichiga oladi. Bu sinf vakilla-rining urug‘pallasi bitta. Ular asosan bir yillik o‘glardan va ba’zi daraxt (palma)simon o‘simliklardan iborat. ildizlari popuk ildiz. Barglari parallel tomirlangan. Poyasida ikkilamchi yo‘g‘onlashish yo‘q, chunki bularda kam­biy rivojlanmaydi. Gul tuzilishi xam o‘ziga xos oddiy. Gulqo‘rg‘on bo‘laklari 3 tadan bo‘lib joylashadi. Hasharotlar va shamol vositasida changlanadi.
Lolasimonlar 4 ta sinfchaga bo‘linadi: Bulduruqo‘tkabilar, triuridkabilar, lolakabilar va palmakabilar.
Lolakabilar (Liliidae) sinfchasi
Lolasimonlar ichidagi eng katta sinfchalardan biri sanalgan bu (sinfcha) vakillari gulqo‘rg‘onining sodda tuzilishga ega bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ularning mevachibarglari apokarp tipda bo‘ladi. Sinfcha 21 ta qabilani, 96 ta oila, 2700 ga yakin turkum va 5600 ta­dan ziyod turni birlashtiradi.
Lolanamolar (LiIiales) qabilasi.
Qabila 9 ta oilani o‘z ichiga oladi. Savrinjondoshlar (Melanthiaceae) oilasi (Liliaceae oilasidan ajratilgan)
Qabiladagi eng yirik bu oilaga 47 turkumga mansub, 400 taga yaqin tur kiradi. Ularga ildizpoyali va piyozchali kup yillik o‘tlar kiradi. Yer yuzida ancha keng tarqalgan. Gullari aktinamorf, ikki jinsli, gulqo‘rg‘on bo‘laklari erkin joylashgan yoki qisman tutashib naycha hosil qiladi. Changchisi odatda 6 tadan, urugchisi 3 ta mevachibargdan tash­kil topgan. Mevasi ko‘p bargakli ko‘sakcha.O‘zbekistonda 2 ta turkumga mansub 3 ta turi o‘sadi.Ta’kidlash joizki, Merendera bilan Colchicium turkumlari. Oldinlari Loladoshlar (Liliaceae) oilasi tarkibida bo‘lgan. Manzaraligi jihatdan ular aloxida o‘rinda turadi. Kesselrnig savrinjoni (Colchicum kesselringii) O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan.
Loladoshlar (Liliaceae) oilasi
Bu oilaga 10 turkumga maisub 500 ta tur kiradi. Yer sharinint hamma Joyida, ayniqsa Yevrosiyo va Yevropada ko‘p uchraydi
O‘zbekistonda 4 ta turkumga kiruvchi 70 taga yaqin turlari o‘sadi. So‘ngi yillarda boychechak (Gagea) va lolalardan (Tulipa) kashf etilgan yangi turlar O‘zbekistan florasining 1941 yilda nashr etilgan birinchi tomiga kirmagan. Oilaning juda ko‘p turlari O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi'ta kiritilgan.
Ta’kidlash joizki, Loladoshlar oilasidan 10 ga yakin turkum botanika nomenklaturasi qoidalari asosida mustaqil oila etib ajratilgan. Bularga O‘zbekistonda o‘sadigan quyidagi oilalar kiradi: piyozdoshlar (Alliaseae), sarsabildoshlar (Asparagaceae), shirachdoshlar (Asphodelaceae), marvaridguldoshlar (Convallaridaceae), hiasentdoshlar (Hyacinthaceae), savrinjondoshlar (Melanthiaceae).
Loladoshlar oilasiga xos muxim belgilardan yana biri yer osti qismida piyozboshlarining bo‘tashidir. Gullari yi­rik, rangli, aktinomorf, ikki jinsli. 6 ta erkin gulqo‘rg‘on bo‘laklaridan iborat. Mevasi ko‘sakcha. Oilaning juda ko‘p turlari manzarali o‘simlik sifatida qadrlanadi.
Lolalar (Tulupa) turkumi. Yer sharida lolalarning 70 turi bo‘lib, O‘zbeklstonda 30 ga yakin turi o‘sadi. Lolalar­ning gulqo‘rg‘oni oddiy, gultojsimon. Deyarli hamma turlari O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan. Lolalarning gul­lari chiroyli bo‘lganligidan ular yulinib poymal kilinadi. Ularni asrab - avaylaylik. Lolalar ko‘pgina mamlakatlarda madaniylashtirilib, gulchilikda katta rol o‘ynaydi. Bu bora-da Gollandiya dunyoga mashhurdir. U davlatta juda katta ishlar qilingan va navlar yetishtirilgan.

Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling