18- mavzu. Lolakabilar va palmakabilar sinfchasi tasnifi, tarqalishi, biologiyasi, ahamiyati. Reja


Amarillislar tartibi - Amarilidales. Piyozguldoshlar oilasi - Alliaceae


Download 20.6 Kb.
bet4/4
Sana02.01.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1074980
1   2   3   4
Amarillislar tartibi - Amarilidales. Piyozguldoshlar oilasi - Alliaceae.
Bu oilaga 32 avlod 750 tur o‘simliklar kiradi. Shulardan 310 tasi piyozlar avlodiga mansubdir. o‘zbekiston florasida bu oiladan 165 turi uchraydi. Piyozguldoshlar yer qismining hamma qismida xususan dasht va cho‘l zonalarida keng tarqalgan. Barcha piyozguldoshlar o‘t o‘simligi bo‘lib, yer ostida piyozboshi yoki ildizpoyasi bo‘ladi. Efemeroidlari ham uchraydi. Barglari ildizoldi, bandsiz, ensiz lentasimon, trubkasimon shakllarda uchraydi. Gullari ochilguncha pardasimon o‘rama bilan qoplangan bo‘lib oddiy soyabon hosil qiladi va u gul strelkasining uch qismiga joylashgan. Gulqo‘rg‘oni oddiy, 6 a’zoli erkin yoki pastki qismi birlashgan, ko‘pincha ikki doira bo‘lib o‘rnashadi. Gulqo‘rg‘oni rangli, tojbargli yoki rangsiz yupqa pardasimon bo‘lsa, kosachabargli. Changchisi 6 ta gulqo‘rg‘oni bilan birlashgan. Urug‘chisi 3 ta meva bargdan tuzilgan, qo‘shilib o‘sgan 3 uyali, tuguncha ustki. Ba’zan ustunchasi ostki R3-3 A3-3 G(3) mevasi chokidan chatnovchi ko‘sakcha, ba’zan xo‘l meva.
Piyozguldoshlarning xarakterli belgisi uning «tirik tug‘uvchanligidir» chunki piyozboshi yonida mayda piyozchalar hosil bo‘ladi. Masalan sarimsoq piyozi (A. Sativum) doim shu yo‘l bilan ko‘payadi. Bu oilaga oddiy piyoz - Allium sepa L., sarimsoq - A. Sativum L. yovvoyi cho‘l piyozi - A.Siffithianun cho‘l piyozi - A caspium lar kiradi. Ular ichida cho‘lpiyoz zaharli o‘simlik hisoblanadi.
Ko‘pgina piyozguldoshlarga mansub o‘simliklarda oltingugurt saqlovchi moddalar bo‘ladi. Ular ko‘pchiligi tibbiyotda qo‘llaniladi. Shulardan biri sarimsoq piyozi. (A.sativum.L)
Sarimsoq piyozi - Allium sativum.L.
Bo‘yi 100 sm gacha boradigan ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Piyozi tuxumsimon shaklda bo‘lib, 7 donadan 30 donagacha boradigan mayda - mayda piyozchalar tashkil topgan. Bu pallalari oqish rangda bo‘ladigan, pardadek umumiy po‘st bilan o‘ralgan. Pallalari ham, o‘z navbatida pushti yoki binafsha rang po‘st bilan qoplangan uzunligi 4 sm gacha boradi. Poyalari taxminan yarmiga qadar barg qinlari bilan o‘ralgan, ustki qismi gullagunicha halqaga o‘xshab qayrilib turadi. Gullari uzun bandli bo‘lib, soyabonsimon to‘pgul hosil qiladi. Odatda meva va urug‘ tugmaydi.
Sarimsoq piyozi jahonning ko‘p mamlakatlarida, jumladan o‘rta Osiyoning hamma rayonlarida.
Sarimsoq piyozi tarkibida 0,3% gacha alanin 0,4% gacha efir moyi, 0,06% atrofida yog‘li moy fitosterin, azotli moddalar, fitonsidlar anchagina miqdorda askarbinat kislota bor.
Sarimsoq piyozi tarkibida moddalar me’da ichak yo‘lini ishini kuchaytiradi, o‘t siydik haydaydigan, og‘riq qoldiradigan, balg‘am ko‘chiradigan va bakteratsid xususiyatlarga ega.
Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling