Avloniy nomidagi xalq


Download 21.86 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi21.86 Kb.
#1535293
  1   2   3   4
Bog'liq
6YZ4A1pk2WAiefyXraB4XmnizrQZKKx0xLvjln0B (1)


.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot
instituti
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi


Ta’limda boshqaruv
Moduli bo‘yicha

Umumta’lim maktab o‘quv ishlari bo‘yicha”


o‘quv kursining
Ta’lim muassasasini boshqarishning usullari”
mavzusidan ma’ruza matni

Ma’ruzachi: Sam.VXTXQTMOM


katta o‘qituvchisi Z.T.Nazarova
Toshkent 2022
1-mavzu: Ta’lim muassasasini boshqarishning usullari
Reja:
1.Prezidentning Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018-yil 5-sentabr, PF-5538-sonli Farmonining mazmun-mohiyati
2. Ta’lim muassasasini boshqarishning usullari


1. Prezidentning Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018-yil 5-sentabr, PF-5538-sonli Farmonining mazmun-mohiyati
Prezidentimizning 2018-yil 5-sentabr, PF-5538-son Farmonida Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning eng muhim shart ekanligi aytilgan. Farmonda,
- birinchidan, joylarda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
- ikkinchidan, umumta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos bo‘lmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash;
-uchinchidan, umumiy o‘rta ta’limning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi,
-to‘rtinchidan, rahbarlar, o‘qituvchilar va umumta’lim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi
-beshinchidan, o‘quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi;
-oltinchidan, xalq ta’limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash mexanizmining mukammal emasligi
Shu bilan bir qatorda xalq ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari:
1.Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish.
2. Har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash.
3. Xalq ta’limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
4. Xalq ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish
Quyidagilar umumta’lim muassasasi kuzatuv kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
-umumta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish
-o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish
-o‘quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish
-umumta’lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish.Quyidagilar xalq ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
-umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;
-ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) muvofiqlashtiruvchi roli va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish;
-rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish;
-xalq ta’limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish;
-xalq ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
-zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo‘li bilan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatishga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — nodavlat umumta’lim tashkilotlari) tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;
Xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

Download 21.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling