Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy xaritasi. Jahonning yetakchi siyosiy, iqtisodiy tashkilotlari
Download 162 Kb.
|
Jalolova Zilola. Amaliy mashg\'ulot-9
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy xaritasi
Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy xaritasi. Jahonning yetakchi siyosiy, iqtisodiy tashkilotlari. 1. 5-mavzuda keltirilgan ma’lumotlar, jadvallar asosida Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy xaritasi tahlil qilinadi. 2. Mavjud adabiyotlar va Internet ma’lumotlari yordamida yetakchi siyosiy, iqtisodiy tashkilotlari ro‘yhatlari tuziladi. Amaliy mashg‘ulot-9 1-topshiriq Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy xaritasi Avstraliya Ittifoqi Avstraliya materigining maydonini to‘liq egallagan dunyodagi yagona mamlakatdir. Uning tarkibiga materikdan tashqari Tasmaniya va boshqa qator mayda orollar kiradi. Maydoni 7741 ming km2, shundan 7692,0 ming km2 maydonni materikning o‘zi egallagan. Dunyoning quruqlik orqali o‘tgan chegarasiga ega bo‘lmagan mamlakatlaridan biri. Iqtisodiy-geografik o‘rni uning janubiy yarimsharda yirik materiklar, regionlar va mamlakatlardan ancha olisda joylashganligi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, zamonaviy dengiz va havo transportining yuqori darajada rivojlanganligi mamlakatni jahonning barcha regionlari, davlatlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turishini ta’minlaydi. Okeaniya Tinch okeanida joylashgan orollar to‘plamidir. Okeaniya uch qismdan: Polineziya, Melaneziya va Mikroneziyadan iboratdir. Melaneziya (Solomon, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya va boshqa orollar) Avstraliyaga juda yaqin joylashgan, Polineziya (Gavayi, Samoa, Tokelau va boshqa orollar) esa aksincha, Avstraliyadan ancha olisda, Tinch okeanining janubiy va markaziy qismlarida joylashgan. Mikroneziya (Karolina, Marshall, Mariana, Gilbert va boshqa orollar) Yangi Gvineya orolidan shimolda, Filippin orollaridan sharq tomondagi akvatoriyada tarqalgan. Asosiy daryosi Murrey va uning irmog‘i Darlingning suvi mavsumlar bo‘yicha o‘zgarib turadi. Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Shulardan ba’zilari ahamiyati va zaxirasi bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarni egallaydi. Temir rudasi, mis, nikel, uran rudalari, boksitlar, ko‘mir, oltin, olmos konlari shular jumlasidandir. Ko‘mir konlari materikning janubiy va janubi-sharqiy qismlarida topilgan, neft va tabiiy gaz mamlakatning sharqiy hududlarida va g‘arbida, okean shelfida qazib olinadi. Aholisi. Aholining soni juda past sur’atlar bilan ko‘paymoqda. Aholi juda notekis taqsimlangan. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga 2,8 kishini tashkil etgani holda, ushbu ko‘rsatkich mamlakatning janubisharqiy qismida 100 – 250 kishiga yetadi. Umuman olganda, aholi materikning chekka sohil qismlarida nisbatan zich, markaziy va g‘arbiy hududlarida siyrak tarqalgan. Ba’zi bir hududlarda doimiy aholi umuman yo‘q (Eyr ko‘li atroflari va markaziy qismlarida). Aholining o‘rtacha yashash davri erkaklarda 80 yoshga, ayollarda 84 yoshga teng. Aholining milliy tarkibida avstraliyalik inglizlarning ulushi deyarli 90 % ga yetadi. Ulardan tashqari, mamlakatda amerikaliklar, fransuzlar, nemislar, afrikaliklar, hindistonliklar, Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari va, hatto, o‘zbeklar ham bor. Sidney shahrida o‘zbeklar jamoasi mavjud. Okeaniya aholisining tarkibida mahalliy xalqlarning ulushi anchagina. Jumladan, Yangi Zelandiyada mahalliy xalq – maorillarning jami aholi sonidagi ulushi 20 % ga yetadi. Bu ko‘rsatkich Papua-Yangi Gvineyada 70 – 80 % ga, mayda orollarda esa 100 % gacha boradi. Shahar aholisining ulushi Avstraliyada 89,3 % ga, Yangi Zelandiyada 86,2 % ga, Mikroneziyada 22,8 % ga teng. Papuane Yangi Gvineyada ushbu ko‘rsatkich 12,6 % ni tashkil qiladi, xolos. Okeaniya Tinch okeanining janubi-g‘arbiy va markaziy qismlarida joylashgan orollar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy maydoni – 1,26 mln km² ni tashkil etadi. Mazkur mintaqada 11 mln kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi. Uning tarkibida 40 ga yaqin turli davlat, mamlakat va hududlar mavjud bo‘lib, ularning 13 tasi mustaqil davlat hisoblanadi. Okeaniya siyosiy xartasida 1 federativ davlat (Mikroneziya Federativ shtatlari), 1 ta monarxiya davlati (Tonga) va turli davlatlarning qator mustamlaka hududlari (masalan: Amerika Samoasi, Guam, Kingmen rifi (AQSH), Pitkern (Buyuk Britaniya), Norfolk, Ashmor va Kartye orollari (Avstraliya), Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya (Fransiya) va b.) mavjud. Okeaniya davlatlari tarkibiy jihatdan Melaneziya, Polineziya va Mikroneziya mintaqalariga ajratiladi. Relyef xususiyatiga ko‘ra, Okeaniya kontinental, marjon va vulqon kelib chiqishiga ega orollardan tarkib topgan. Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya (orolning sharqiy qismi Okeaniya tarkibiga kiradi), Yangi Kaledoniya kabi yirik orollar kontinental xususiyatga ega. Ular umumiy Okeaniya hududining 87% ni egallaydi. Tog‘li relyefga ega, maydoni nisbatan yirik orollar, asosan, mintaqaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lsa, qolgan kichik va mayda orollar Tinch okean akvatoriyasida keng maydonda tarqoq ravishda joylashgan. Tinch okean akvatoriyasining 1/3 qismini Okeaniya orollari tashkil qiladi. Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling