Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy xaritasi. Jahonning yetakchi siyosiy, iqtisodiy tashkilotlari


-topshiriq Jahonning yetakchi siyosiy, iqtisodiy tashkilotlari


Download 162 Kb.
bet3/4
Sana16.04.2023
Hajmi162 Kb.
#1358648
1   2   3   4
Bog'liq
Jalolova Zilola. Amaliy mashg\'ulot-9

2-topshiriq
Jahonning yetakchi siyosiy, iqtisodiy tashkilotlari


Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu ayrim mamlakatlar guruhlarining ular tomonidan kelishilgan davlatlararo siyosatni o‘tkazishga asoslangan juda chuqur va barqaror o‘zaro aloqalari rivojlanishining obyektiv jarayonidir. Iqtisodiy bloklarning eng asosiylari iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mavjud bo‘lgan G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada vujudga keldi. Shuning uchun ham integratsiyalashgan guruhlarning dastlabki ikkitasi – «Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati» (YIH) hamda «Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasi» (YESA) ning aynan Yevropada barpo qilinganligi bejiz emas. Lekin ularning taraqqiyot yo‘li har xil bo‘ldi.
YIH ni barpo etish haqidagi shartnoma 1957-yili Rim shahrida imzolandi va 1958-yilda kuchga kirdi. Dastlab, uning tarkibida 6 mamlakat – GFR, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Lyuksemburg bor edi. Unga 1973-yilda Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, 1982-yilda Gretsiya va 1986-yilda Ispaniya hamda Portugaliya qabul qilindi.
YESA 1954- yilda Buyuk Britaniya tashabbusi bo‘yicha YIH ga parallel tashkilot sifatida tuzildi. Dastlab, unga Avstraliya, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya, keyinchalik Islandiya va Finlandiya qabul qilindi. Lekin, 1973- yilda mazkur tashkilot tarkibini Buyuk Britaniya va Daniya, 1986- yilda esa Portugaliya tark etdi. Shunga qaramasdan uning tarkibidagi mamlakatlar savdo aloqalarini rivojlantirishni davom ettirdilar. YESA da YIH dan farqli o‘laroq, davlatlarning suveren huquqlari saqlanadi.
YIH ga a’zo mamlakatlar 1986-yilda yagona Yevropa aktini qabul qildilar. Unda 1957-yilda «Umumiy bozor»ni barpo qilish to‘g‘risidagi Rim shartnomasining asosiy talablari yana bir bor qo‘llab-quvvatlandi hamda 12 mamlakatning yagona bozorga o‘tishi bo‘yicha yo‘l belgilandi. Keyinchalik YIH «Yevropa Hamjamiyati», 1991-yilning dekabr oyidan boshlab esa «Yevropa Ittifoqi» (YI) deb atala boshlandi. Xuddi shu yili Maastrix shahrida (Niderlandiya) «Yevropa o‘n ikkiligi», «Siyosiy va valuta-moliya Ittifoqi» to‘g‘risidagi shartnomalar qabul qilindi. Ikkinchi shartnomaga binoan 1998-yilning 1-yanvar kuni Ittifoqning barcha mamlakatlarida yagona valuta – YEVRO muomalaga kiritildi. Hozirgi vaqtda YEVRO bilan AQSH dollari quvvati o‘rtasida katta farq kuzatilmayapti. 1995-yilda Avstriya, Shvetsiya, Finlandiya YI a’zolari bo‘ldilar. Uning tarkibiga 1998 – 2003-yillarda Sharqiy Yevropaning qator mamlakatlari (Polsha, Vengriya, Chexiya va boshqalar) qabul qilindi. Bugungi kunda YI tarkibi 28 davlatdan iborat.
G‘arbiy yarimsharda 1989-yilidan beri AQSH va Kanadada «Erkin savdo» haqidagi Shimoliy Amerika kelishuvi (NAFTA) faoliyat ko‘rsatmoqda. NAFTA mamlakatlari yagona valuta barpo qilish, tashqi siyosat hamda xavfsizlik siyosatini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlashmaganlar. Lekin NAFTA YMD hajmi bo‘yicha YI va boshqa tashkilotlardan ustun turadi.
Yuqorida nomi keltirilgan tashkilotlardan tashqari Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti 1967-yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. AQSH, Kanada, G‘arbiy Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlari, Yaponiya, Finlandiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi nufuzli mamlakatlar bu tashkilot a’zolaridir. Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN) rivojlanayotgan mamlakatlar asosida tuzilgan hamda integratsiya xususiyatlari chuqur rivojlangan tashkilot hisoblanadi. Uning tarkibida Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin va Bruney kabi mamlakatlar bor. Ushbu tashkilotning yaqin kelajakdagi asosiy maqsadi erkin savdo zonasini tashkil qilishdan iboratdir.
1980 –1981-yillarda Janubiy Amerikadagi 10 ta davlat ishtirokida Lotin Amerikasini Integratsiyalashtirish Assotsiatsiyasi tuzilgan. Uning asosiy maqsadi umumiy bozorni tashkil qilishdan iboratdir. Tarkibida ikki subregional: And mamlakatlari va La-Plata mamlakatlari guruhlari rasman barpo etildi. Avstraliyaning tashabbusi bilan 1989-yilda Osiyo – Tinch okeani regionida 12 mamlakatni yagona maqsad yo‘lida birlashtirgan «Osiyo – Tinch okeanining iqtisodiy kengashi» integratsiya tashkiloti tuzildi. Uning tarkibiga AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, shuningdek, ASEAN a’zolari hamda Koreya Respublikasi, Meksika va keyinchalik Rossiya kirdi.
Yuqorida qayd etilgan regional tashkilotlar bilan bir qatorda, jahon xo‘jaligida juda ko‘p tarmoqli iqtisodiy guruhlar mavjud. Shularning ichida 13 mamlakatni o‘zida jamlagan «Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti» (OPEK) eng muhim integratsiya guruhi hisoblanadi.
Keyingi vaqtda fanda iqtisodiyotning uch turi: 1) agrar; 2) industrial; 3) postindustrial turlari mavjudligi haqida ma’lumot berilmoqda. Dunyoda sanoat taraqqiyoti yuz bergan XVII–XIX asrlargacha bo‘lgan davrda iqtisodiyotning agrar turi hukmron edi. Keyinchalik sanoat turining ahamiyati osha bordi va bu jarayon hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Shu bilan birga, dunyo miqyosida iqtisodiy faol aholining salkam yarmi qishloq xo‘jaligida band ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnat bilan band aholining deyarli 60% i qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.



Download 162 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling