Axborot va murabbiylik soati


Download 29.12 Kb.
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi29.12 Kb.
#1366898
  1   2   3   4
Bog'liq
29 xafta (3)



USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHGʻULOTLARINI OʻTKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR


MAVZU: “Amir Temur – sohibqiron, buyuk sarkarda”

Yurtimiz jahon tamadduniga juda koʻp mashhur va yorqin shaxslarni taqdim etgan. Shunday shaxslardan biri davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilm-u fan, sanʼat va meʼmorchilikka oid qarashlari va amallari bilan dunyoga mashhur sarkarda, buyuk davlat asoschisi Amir Temurdir.


Tan olish kerak, ulugʻ ajdodimizning tarixi, faoliyati, bashariyat rivojiga hissasini bugungi kunda AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Turkiya, Eron, Pokiston va boshqa mamlakatlarida koʻproq bilishadi. Ayniqsa, “Temur tuzuklari” vatanimiz zaminida yaratilgan koʻpgina asarlar singari ushbu mamlakatlarda shuhrat topgan.
Sharofiddin Ali Yazdiy Amir Temurni mohir strateg, omadli sarkarda deb taʼriflaydi va uning eʼtiqodi, saltanatida dinlarning oʻrni, holati xususida quyidagilarni yozadi: “Saltanatda diniy huquq hukmron boʻlsa-da, Amir Temur shu qadar dono ish yuritar ediki, oʻzini islomning sodiq bandasi ekanligini koʻrsatar va shu bilan birga, Ollohdan oʻzga tangrilarga eʼtiqod qoʻygan fuqarolarga qarshilik koʻrsatmas edi”.
Darhaqiqat buning isbotini uning oʻzga mamlakatlarga kirib borganida, boshqa din vakillariga nisbatan adolatsiz boʻlmaganligini, dinning majburan singdirmaganligini koʻrish mumkin.
Temur olimlar, ulamolar, shoirlar va sanʼatkorlarni oʻz himoyasiga olar, ularga gʻamxoʻrlik qilar edi. Uning bu harakatlari maʼlum bir maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlib, unga ilm va sanʼat ahli posboni, yuksak darajada madaniyatli hukmdor degan shuhrat keltirdi.
Xususan, Amir Temur yoshligidan Qurʼonni yoddan bilishi bilan birga uni sharhlay oladigan va uning qonun qoidalariga qatʼiy amal qiladigan shaxs sifatida namoyon boʻladi va asar davomida biz Temurning bevosita nasihatlariga duch kelamiz va bu nasihatlar aslida Temur tuzuklarida oʻz aksini topgan.
“Aziz farzandlarim! Soʻzlarimni yaxshilab qulogʻingizga quyib oling, mendan soʻng mamlakatni boshqarish sizning zimmangizga tushadi, shuning uchun men oʻrnatgan tartib – qoidalarga amal qiling, uning boshqalar tomonidan ham bajarilishini qatʼiy nazorat qilib boring”.
Ehtiyot boʻling, sharob, may va boshqa kayf beruvchi narsalardan saqlaning! Agar unga ruju qoʻysangiz, bilingki, mulkingiz barbod boʻladi, hokimiyatingiz qulaydi”
“Mening qattiqqoʻlligim, bagʻritoshligim, eng avvalo xalqimning tinchligi, saltanatimning ravnaqi uchundir. Dushmanlarimga ayovsizligim rost! Oʻgʻirlik, talonchilik, zoʻravonlik ildizlariga qattiqqoʻllik bilan bolta urilmasa, muloyimmijozlik bilan natijaga erishib boʻlmaydi. Buning isboti uchun mening saltanatimda oʻrnatilgan tartib-qoidalarda koʻr.”…
…nazarimda bu soʻzlar xam hozirda zamonimiz uchun xam xos va mos, oʻzining aktualligini yoʻqotmagan.



Download 29.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling