B boshqarish
Download 15.17 Kb.
|
aktamsoipov
1.Soliq nazorati soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini .......... qilishning yagona tizimidan iborat A nazorat B. boshqarish C. qaror D. to'g'ri javob yuq 2.Davlat soliq xizmati organlari quyidagilardir: A.O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari B. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, C. Bojxona qomitasi D A va B to'g'ri 3.Davlat soliq xizmati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha soliq to‘lovchilar A. Soliq agentlari uchun majburiydir B yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiydir C. Hech kimga majburiy emas D. To'g'ri javob yuq 4.Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: A.davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni ta’minlash; B.soliqlarning soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash; C.soliq to‘lovchilarni va soliq solish obyektlari o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab olinish mexanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish; D hamma javob to'g'ri 5.Davlat soliq xizmati organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: A.soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblab chiqarilishi hamda o‘z vaqtida kiritilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirishi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishi; B.soliq tekshiruvi o‘tkazayotganda: daromadlar olish uchun soliq to‘lovchilar tomonidan foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlab turish bilan bog‘liq hududni, ishlab chiqarish binolari, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish; mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish; C.savdo, tovarlarni berish va pullik xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka o‘z vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish; D B va C to'g'ri 6.Davlat soliq xizmati organlari davlat statistika, axborot, arxiv, ma’lumot va boshqa tashkilotlarining soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni berish yuzasidan ko‘rsatadigan xizmatlari (bajaradigan ishlari) uchun ............ ozod qilinadi. A haq to‘lashdan B. hisobot berishdan C. A va B to'g'ri D. To'g'ri javob yuq 7.Davlat soliq xizmati organlarining majburiyatlari A.soliq to‘lovchilarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishi; B.soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda soliq to‘lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlarini ma’lum qilishi, shuningdek tekshirishlarni tartibga solishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi; C.soliq to‘lovchilarga o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari to‘g‘risida ma’lum qilishi; D hamma javob to'g'ri 8.O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq solish masalalariga daxldor .............. qabul qiladi. A. Qarorlar B normativ-huquqiy hujjatlar C. Qonunlar D. Hamma javob to'g'ri 9.Soliq to‘lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida banklar: A.xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar beradilar; B.xo‘jalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar. C.soliq to‘lovchi mijozning mablag‘lari bo‘lsa, uning hisob-kitob yoki boshqa hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini budjet daromadiga o‘tkazadilar; D hamma javob to'g'ri 10.Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarida uchastka soliq inspektorlari lavozimi tashkil etiladi. Uchastkalarning chegaralari, shuningdek uchastka soliq inspektorlarining soni O‘zbekiston Respublikasi ............i belgilaydigan normativlar bo‘yicha belgilanadi. A Vazirlar Mahkamasi B. President C. Bosh vazir D.hamma javob to'g'ri Download 15.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling