B meyoz c interfaza d mitoz II meyoz so’zining ma’nosi ? a kamayish


Download 29.95 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi29.95 Kb.
#110016

1.Jinsiy usulda ko’payadigan organizmlarda o’ziga xos qanday ko’payish usuli mavjud? A)mitoz B)meyoz C)interfaza D)mitoz II

2.Meyoz so’zining ma’nosi ? a)kamayish B)ko’payish C)ajralish C)qamrab olish

3.Meyoz natijasida diploid to’plamga ega qanday hujayralardan gaploid to’plamli qanday hujayralar hosil bo’ladi? A) 2-lamchi jinsiy-jinsiy hujayralar B)1-lamchi jinsiy-jinsiy hujayralar c) birlamchi jinsiy-somatik hujayralar d) 1-lamchi jinsiy-somatik hujayralar

4.Meyozning birinchi bo’linishi bilan ikkinchi bolinishi orasidagi qisqa vaqt nima ?A)interfaza B)profaza c)interkinez d)anafaza

5.meyoz davrida interkinez sodir bo’lmay qanday davr boshlanib ketishi mumkun?A)profaza I metafaza II B)anafaza I anafaza II C)telofaza I profaza II d)metafaza I anafaza II

6.Xromosomar spirallasha boshlaydi.Har bir xromasoma 2 xromatiddan iborat bo’lib,sentromera yordamida birikkan bo’ladi.Gomologik xromasomalar o’zaro yaqinlashadi.bir xromatidning har bir qismi 2-xromatidga aniq mos trushadi. Xromasomlar bir –biriga yopishib,yonma yon joylashadi. QAysi davr haqida ma’lumot berilgan ? A)metafaza I b)anafaza II c)telofaza II d)profaza I

7.qaysi davrda konyugatsiya yuz beradi? A)metafaza I b)anafaza II c)telofaza II d)profaza I

8.profaza 1 da xromasomlar o’rtasida o’xshash qismlari ,genlari almashinadi.Bu qanday hodisa ? A)krossingover B)meyoz C)interfaza D)konyugatsiya

9.qaysi davrning ohirida gomologik xromasomalar bir-biridan ajrala boshlaydi.Bu jarayon bilan bir vaqtda yadro qobig’I parchalanib,yadrochalar yo’qolib ketadi? A)metafaza I b)anafaza II c)telofaza II d)profaza I

10 qaysi davrda.Xromasomalarning spiralashish darajasi eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’ladi.Konyugatsiyalashgan xromasomalar juft-juft holatda ekvator tekisligi bo’ylab joylashib oladi.Sentromeraga bo’linish urchug’I birikadi.? A)metafaza I b)anafaza II c)telofaza II d)profaza I

11. qaysi davrda gomologik xromasomalarning yelkalari bir-biridan aniq ajraladi,lekin xromatidlarga ajralmagan holda qutblarga tomon harakatlana boshlanadi?a)telofaza 2 B)anafaza 1 C)metafaza 2 D)telofaza 1

12. qaysi davrda xromasomlar 2 hissa kamaygan hujayralar hosil bo’ladi.Qisqa vaqt ichida yadro qobig’I hosil bo’ladi? a)telofaza 2 B)anafaza 1 C)metafaza 2 D)telofaza 1

13.qaysi davrda DNK reduplikatsiyalanmaydi? A)interfaza B)profaza c)interkinez d)anafaza

14.meyozning 2 bo’linishidagi qaysi davrlarda mitozdagidek jarayonlar kuzatiladi?va ularning mitozdan farqi qanday to’plamga ega nimada ? A)profaza I metafaza II-diploid B)anafaza I anafaza II gaploid C)profaza II metafaza II gaploid d)metafaza I anafaza II diploid

15. qaysi davrda sentromera bilan birikkan xromatidlar bir-biridan ajrala boshlaydi,shu vaqtdan boshlab xuddi mitozdagidek xromatidlar mustaqil xromasoma bo’ladi? A)metafaza I b)anafaza II c)telofaza II d)profaza I

16. qaysi davrda xromasomlari soni gaploid to’plamga ega bo’lgan 2 ta hujayra hosil bo’ladi? A)metafaza I b)anafaza II c)telofaza II d)profaza I

17.jinssiz ko’payishda qanday hujayralar ishtirok etadi?A)jinsiy B)somatic C)bir hujayrali D)ko’p hujayrali

18.Jinssiz ko’payishning necha xil turi mavjud?a)10 xil B)3 xil C)5 xil D) xillari mavjud emas

19.Sodda hayvonlar qanday jinssiz ko’payish ko’p uchraydi? A)ikkiga bo’linish B)shizoganiya C)kurtaklanib ko’payish D)vegetativ ko’payish

20.qaysi usulda ko’payishda yadro ko’p marta bo’linadi,sitoplazma butunligicha qoladi.keyin sitoplazma yadrolarni o’raydi va natijada bitta hujayradan o’nlab ,minglab yangi hujayra organizmlar hosil bo’ladi? A)ikkiga bo’linish B)shizoganiya C)kurtaklanib ko’payish D)vegetativ ko’payish

21.Qaysi usulda ko’payishda ona hujayrada dastlab yadro saqlovchi bo’rtmacha paydo bo’ladi,kattalashadi va u asta o’sib ona hujayra kattaligiga yetadi va ajralib alohida mustaqil organizmga aylanadi? A)ikkiga bo’linish B)shizoganiya C)kurtaklanib ko’payish D)vegetativ ko’payish

22.sodda hayvonlardan sporalilar sinfi vakillarida ,bir hujayrali zamburug’larda,suv o’tlarda yashil o’simliklarda qanday usulda ko’payish kuzatiladi? A)ikkiga bo’linish B)spora hosil qilish C)kurtaklanib ko’payish D)vegetativ ko’payish

23.Kartoshka,batat,shoyigul qaysi organlari orqali ko’payadi ?A)ildiz bachkisi B)tugunaklari c)qalamchalari D)gajaklari

24.tol,terak,tok,qoraqat qaysi organlari orqali ko’payadi ? A)ildiz bachkisi B)tugunaklari c)qalamchalari D)gajaklari

25.olma,yantoq,olcha,terak qaysi organlari orqali ko’payadi ? A)ildiz bachkisi B)tugunaklari c)qalamchalari D)gajaklari

26.lola,piyoz,sarimsoqpiyoz qaysi organlari orqali ko’payadi ? A)piyozchalari B)tugunaklari c)qalamchalari D)gajaklari

27.qulupnay qaysi organlari orqali ko’payadi ? A)ildiz bachkisi B)tugunaklari c)qalamchalari D)gajaklari

28.begoniya qaysi organlari orqali ko’payadi ? A)ildiz poyasi B)tugunaklari c)bargi va ildizi D)gajaklari

29.kartoshkagul,iloq,ajriq,g’umay,binafsha,shirinmiyalar qaysi organlari orqali ko’payadi ? A)ildiz poyasi B)tugunaklari c)bargi va ildizi D)gajaklari

30.Erkaklik jinsiy hujayralar-………ya’ni …….hujayra.Gapni to’ldiring A)tuxum-urug’ B)tuxum-akrosoma C)sprematazoid-urug’ D)urg’ochilik-tuxum

31. Urg’ochilik jinsiy hujayralar-…….hujayr hisoblanadi.Gapni to’ldiring A) urug’ B)tuxum-akrosoma C)sprematazoid D) tuxum

32.Spermatazoid qanday shaklda bo’lib necha qismdan iborat?A)kalta ip -3 B)uzun ip-5 C)uzun ip-3 C)burama ip-2

33.Spermatazoid qanday qismlardan iborat?A)bosh,dum B)bosh ,bo’yin C)bosh,bo’yin,dum d)bosh

34.Spermatazoidning harakatlanishiga nima yordam beradi?A)oyoqlari B)xivchin C)kiprikchalari D)u harakatlanmaydi

35. Tuxum hujayra qanday shaklda ? A)yumaloq B)uzun ip C)uzun ip C)burama ip

36.Qaysi amyoba shakldagi jinsiy hujayra harakatsiz bo’ladi? A) urug’ B)tuxum-akrosoma C)sprematazoid D) tuxum

37.Qaysi umurtqalilarda tuxum hujayra ancha yirik bo’ladi?A)sutemizuvchilar B)bo’shliqichlilar C)qush,sudralib yuruvchilar D)sudralib yuruvchilar,bo’g’imoyoqlilar

38.Spermatazoidning rivojlanish nima deb ataldi?A)ovogenez B)gametogenez C)spermatogenez D)intekinez

39.Tuxum hujayraning rivojlanish nima deb ataldi?A)ovogenez B)gametogenez C)spermatogenez D)intekinez

40.Qaysi davrda 1-jinsiy hujayralar mitoz yo’li bilan ko’payishi natijasida hujayralar soni ortadi. Spermatogenezda1-lamchi jinsiy hujayralar juda tez ko’payadi,ko’pincha bu jarayon balo’g’atga yetishlik davridan to qarilik davrigacha davom etadi.Ovogenez 1-lamchi urg’ochi jinsiy hujayralarning ko’payishi tuban umurtqasizlarda butun umr davom etadi? A)Shakllanish davri B)yetilish davri C)o’sish davri D)ko’payish davri

41.qaysi davrda boshlang’ich jinsiy hujayralarning ayrimlari o’sish zonasiga o’tib kattalashadi,oziq moddalar to’playdi.Ularning DNK miqdori 2 hissa ortadi.1-lamchi spermatazoidlar o’sish zonasida tez kattalashmaydi? A)Shakllanish davri B)yetilish davri C)o’sish davri D)ko’payish davri

42.qaysi davrda hujayralar yadrosidagi diploid to’plam ikki hissa ortad.bu davrda hujayralar meyoz usulida ko’payib,gaploid to’plamga ega bo’ladi? A)Shakllanish davri B)yetilish davri C)o’sish davri D)ko’payish davri

43.Qaysi davrda hosil bo’lgan jinsiy hujayralarning ma’lum shaklga va hajmga ega bo’lishi bilan amalga oshadi.Tuxum hujayra qobiq bilan o’ralib urug’lanishga tayor bo’ladi ? A)Shakllanish davri B)yetilish davri C)o’sish davri D)ko’payish davri

44.binar bo’linish qanday organizmlarda uchraydi?A)eukariot B)prokariot C)bakteriya D)virus

45.Bezgak paraziti hayot siklida qaysi ko’payish usuli kuzatiladi? A)ikkiga bo’linish B)shizoganiya C)kurtaklanib ko’payish D)vegetativ ko’payish

46.Xlorella,xlomidomonada ,zamburug’lar qaysi ko’payish usuli kuzatiladi? A)ikkiga bo’linish B)shizoganiya C)kurtaklanib ko’payish D)spora orqali ko’payish

47.Fragmentatsiya qaysi jarayonga asoslangan?A)meyoz B)mitoz C)konyugatsiya D)regeneratsiya

48.G’ovak tanlilar,kovakichlilarda va ayrim halqali chuvalchanglarda qaysi ko’payish usuli kuzatiladi? A)ikkiga bo’linish B)shizoganiya C)kurtaklanib ko’payish D)vegetativ ko’payish

49.Yuksak hayvonlarda (Zirhlilarda) zigotadan rivojlanayotgan embrion ilk rivojlanish bosqichida bie necha fragmentlarga bo’linib,har bir fragmentdan yangi organism rivojlanadi.Bu qanday hodisa ?A)embrional B)ovogenez C)poliembrioniya d)vegetaativ ko’payish

50.Izogamiyaga ko’payish shakliga ta’rif bering A)shakli va o’chami bir xil,harakatcha erkak va urg’ochi gametalarning qo’shilishi bilan boradigan jinsiy ko’payish shakli B)erkak va urg’ochi gametalarning harakatchan ,lekin urg’ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo’lishi C)jinsiy ko’payishining bir shakli bo’lib,urg’ochi gametalar yirik,harakatsiz,tuxum hujayra deb ataladi ,erkak gametalar mayda bo’lib,harakatchan bo’lsa spermatazoid ,harakatsiz bo’lsa spermiy deb yuritiladi D)bunday ko’payish shakli mavjud emas

51. Geterogamiya ko’payish shakliga ta’rif bering A)shakli va o’chami bir xil,harakatcha erkak va urg’ochi gametalarning qo’shilishi bilan boradigan jinsiy ko’payish shakli B)erkak va urg’ochi gametalarning harakatchan ,lekin urg’ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo’lishi C)jinsiy ko’payishining bir shakli bo’lib,urg’ochi gametalar yirik,harakatsiz,tuxum hujayra deb ataladi ,erkak gametalar mayda bo’lib,harakatchan bo’lsa spermatazoid ,harakatsiz bo’lsa spermiy deb yuritiladi D)bunday ko’payish shakli mavjud emas

52. Oogamiya ko’payish shakliga ta’rif bering A)shakli va o’chami bir xil,harakatcha erkak va urg’ochi gametalarning qo’shilishi bilan boradigan jinsiy ko’payish shakli B)erkak va urg’ochi gametalarning harakatchan ,lekin urg’ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo’lishi C)jinsiy ko’payishining bir shakli bo’lib,urg’ochi gametalar yirik,harakatsiz,tuxum hujayra deb ataladi ,erkak gametalar mayda bo’lib,harakatchan bo’lsa spermatazoid ,harakatsiz bo’lsa spermiy deb yuritiladi D)bunday ko’payish shakli mavjud emas

53.Chuvalchanglar,asalarilar,chumolilar,o’simlik bitlari,tuban qisqichbaqasimon tuxum hujayra urug’lanmasdan rivojlanishi nima deb ataladi? A)embrional B)ovogenez C)poliembrioniya d)partenogenez

54.Tabiiy partenogenez kimlarda kuzatiladi? A)tovuqlardaB) asalarilarda C)tufelka D)oq planariya



55.Qaysi olim erkak jinsli ipak qurtlarini yaratish usulini ishlab chiqqan?a)Fleming B)B.L.Ataurov c)Strasburger d)Valdeyer


Download 29.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling