Badiiy asar tahlili Ming quyosh shu’lasi Xolid Xusayniy asari bo’yich


Download 1.03 Mb.
Sana30.11.2021
Hajmi1.03 Mb.
#178130
Bog'liq
Badiiy asar tahlili

Badiiy asar tahlili

Ming quyosh shu’lasi

Xolid Xusayniy asari bo’yich


BAJARDI:

INGLIZ FILOLOGIYASI 1-KURS 109-GURUH TALABASI USMONOVA ZILOLA ASQAR QIZI


1.Muallifning qisqacha biografiyasi

  • Holid Husayniy 1965-yilda Qobulda afg’on diplomati oilasida tug’ilgan. 1980-yilda uning oilasi AQShga ko’chadi. Shu yerda u tibbiyot fakultetiga o’qishga kiradi. Husayniy 2001-yilgacha 36 yoshida Afg’onistonga qaytib kelmagan va u yerda “o’z mamlakatida sayyoh kabi” yashab yurgan. O’zining intervyulari vaqtida u o’zini aybdor sifatida his qilib kelishini qayta-qayta takrorlaydi. Uning ilk romani “Shamollar ortidan yugurib” AQShda yangi asrning bestseller asariga aylandi. Mazkur asar dunyoning qirqdan ortiq tillarida o’n million nusxada nashr qilingan. Bu kitob asosida Gollivud ijodkorlari film ham ijro etilgan.

2.Asar nomi: Ming quyosh shu’lasi

3.Asarning tematik tasnifi:

  • Asar tarixiy va avtobiografik asar hisoblanadi. Asardagi ko’plab voqealar yozuvchi o’z ko’rgan kechirganlariga asoslangan.

4.Asar mavzusi :

  • Asar Afg’onistondagi tinch hayotini buzgan g’alayonlarning qurboniga aylangan ikki ayol haqida . Muhabbat, urush, tinchlik, do’stlik, ota va bola munosabatlari barchasi bir asarda mohirlik bilan keltirilgan.

5.Asarning asosiy g’oyasi:

  • Asarda Afg’onistonning urush oqibatidagi ayanchli ahvoli ko’rsatilgan .Asarning g’oyasi: urush dahshatlarini ochibgina qolmay balki tinchlik insonlar uchun ulug’ ne’mat ekanligini,uning parokanda qilinishi qanchalar qimmatga tushishi mumkinligini doimo yodimizga solib turishdir.

6.Asar sarlavhasi haqidagi fikringiz:

  • Asar aynan ming quyosh shu’lasi deb nomlanishining asosiy sababi shundaki , buyuk ozarbayjon shoiri Tabriziy Ming quyoshning shu’lasi Qobulda doimo porlaydi deb aytgan .Asardagi aksariyat voqealar Qobulda aks etgani tufayli yozuvchi shu sarlavhani qo’yadi.

Asar sarlavhasi

7.Asarning lingvistik tahlili:

  • Frazeologizmlar:

Boshim oqqan tarafga, qay go’rdan keldi, jizzaki bo’lib qolmoq, ko’ngli ochiq ,erib ketmoq, juftakni rostlamoq,ko’zdan yo’qolmoq, hafsalasi pir bo’lmoq.

Kasb hunarga oid so’zlar:


Qo’g’irchoqboz, oshpaz,haydovchi, amaldor,usta,shifokor,xumcha , chinni, bilakuzuk, zebigardon, munchoq,soat, kursi.

Toponimlar:

8.Asardagi milliy kalorit:

  • Asarda 1974 yilda ramazon oyining kuzga to’’ri kelishi,yangi oy ko’rinishi bilan shahardagi hayot butunlay o’zgarib qolganligini ,ramazon oyining qanchalik osuda o’tishi aytib o’tilgan.”Bayramda hamma bir biriga shirinlik ulashar , hayit bilan tabriklar edi.”

9.Asardagi tugun:

  • Asardagi tugun bu ikki ayolning badbaxt bir kimsaning qo’liga tushib qilganidir. Laylo ham Maryam ham Rashiddan qutulishini , ozod erkin hayotga chiqishni hohlashardi

10.Badiiy asardagi konflikt turi:

11.Asar kulminatsiyasi

  • Asarning kulminatsiyasi Rashidning Tariqni o’ldi deb yolg’on gapirgani, va Maryamni do’pposlashidan boshlanadi.Rashidning o’lasi qilib urishi Maryamni va qamab qo’yishi ularning sabrini tugatadi.

12.Asardagi yechim

  • Asarda Maryam va Laylo va nihoyat qochib zolim qo’lidan qutulishadi . Laylo Tariq bilan baxtli hayot kechira boshlaydi.
  • Maryam esa yerdan topa olmagan baxtini samodan topishga umid qilib ko’z yumadi.

13.Asarda mavjud folklor namunalari:

  • “Raftem ba mozori sharif Mulla Muhammadjon”- (Mulla Muhammadhjon qo’shig’idan parcha)
  • Chulg’onur har tomi behad mohitob anvorida,
  • Ming quyoshning shulasi porlaydi har devorida.(Tabriziy)

14.Asardagi eng yaxshi afarizm yoki falsafiy mushohadalar:

  • 1.“O’lim -haq”
  • 2.”Biror bir afg’on yo’qki urush uning taqdiriga soya solmagan bo’lsa”.
  • 3.”Sen kim bo’lishni istasang albatta bo’la olasan”.
  • 4.”Turmush qochmaydi vaqtida bilim olish kerak”.
  • 5.”Bu urush bir kun tugaydi sen shunda Vatanga kerak bo’lasan”

15. Asardan olgan taassurotlaringiz:

  • Asar juda ham maromida yozilgan . Shunchalik ta’sirliki ko’zda yoshsiz o’qib bo’lmaydi. Vaqt o’tgani ham bilinmay , voqealar rivojini bilishga shoshilasan. Asar menga shukr qilishni tinch hayotning qadriga yetishni o’rgatdi. Biz yarim tunda ham bemalol ko’chada aylanib yurganimizda , afg’onistonda bolalarning hatto kunduzi ham ko’chaga chiqa olamsligini ko’rsatdi. Haqiqiy asar. Achchiq hayot. Shirin visol…

16.Ven diagrammasi:

  • DIAGRAM

Maryam

sodda, unchalik ham chiroyli bo’lmagan,baxtsiz,

mehribon

Laylo


Chiroyli, sodda , ona,

Samimiy,

mehribon

Umumiy jihatlari

Mehribon

Sodda


Baxtsiz

Xo’rlangan



E’TIBORINGIZ

UCHUN RAHMAT
Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling