Bajardi: bi-121 guruhi talabasi Shokirov Azizbek


Download 225.55 Kb.
bet1/4
Sana14.05.2023
Hajmi225.55 Kb.
#1462439
  1   2   3   4
Bog'liq
ishlab chiqarishni boshqarish


Ishlab chiqarishni boshqarish
Bajardi: BI-121 guruhi talabasi Shokirov Azizbek
Reja:

Ishlab chiqarishni boshqarish mazmuni va mohiyati
Ob'ektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. har ikkisi ham doimo rivojlanishda va harakatda bo’ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir. Shunga binoan boshqaruv ham ikki asosiy turga bo’linadi:
  • jonsiz tabiatni boshqarish;
  • jonli tabiatni boshqarish.

  • Boshqarishning bu turlaridan har biri, o’z navbatida, bir necha xillarga bo’linadi. Masalan, jonli tabiatni boshqarish:
  • jamiyatni boshqarish;
  • jamoat tashkilotlarini boshqarish;
  • ishlab chiqarishni boshqarish;
  • xodimlarni boshqarish kabilarga bo’linadi.

  • Boshqaruv ijtimoiy rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining ob'ekti zaruriy unsuridir. Binobarin, har qanday nisbatan katta miqyosda amalga oshiriladigan bevosita ijtiomiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat idora qiluvchiga ma'lum darajada muhtojdir. Bu idora qiluvchi yakka ishlar o’rtasida uyg’unlik o’rnatadi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun ishlab chiqarish organizmining harakatidan kelib chiqadigan funktsiyalarni bajaradi.

Korxonani boshqarish - bu xo’jalik rahbar organlari, korxona ma'muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishishini ko’zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga, ularning o’zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad yo’nalishida tartibli ta'sir ko’rsatishdir.
Har qaysi ishlab chiqarish xoh u korxona darajasida, xoh u mamlakat miqyosida bo’lsin o’zining boshqariluvchisi (ob'ekti) va boshqaruvchisi (sub'ekti)ga ega bo’ladi.
Boshqariluvchi yoki boshqaruv ob'ekti ko’p qirrali ishlab chiqarish jarayoni bo’lib, u:
  • moddiy va texnikaviy tayyorgarlik (asosiy va aylanma fondlari);
  • tashkiliy mehnat tayyorgarligi (kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish, joy-joyiga qo’yish, o’qitish va hk.);
  • xizmat ko’rsatishni tashkil qilish (energiya berish, ta'mirlash, tashish va hk.);
  • mahsulot ishlab chiqarishning bevosita jarayoni va uni sotishni tashkil qilishni o’z ichiga oladi.


Download 225.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling