Bajardi: Jumanazarov Xayrullo
Download 56.62 Kb.
|
Mustaqil ish Bajardi: Jumanazarov Xayrullo Guruh: 206 Mavzu: mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari Reja:
Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zaruriyati. Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. Jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zaruriyati. Ma’naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar mavjud. Ularni bartaraf qilish muammosi Prezidentimiz Islom Karimovning diqqate’tiborida bо‘lib kelmoqda. Yurtboshimizning konsepsiyasiga kо‘ra, ma’naviy tahdidlarni fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya va jaholatga qarshi ma’rifat bilan bartaraf qilish mumkin. Bular muhim qarash bо‘lib, hozirgi ma’naviymafkuraviy faoliyatimizda metodologiya vazifasini о‘tamoqda. Xо‘sh, fikrga qarshi fikr bilan qanday kurash olib bormoq kerak, degan savol tug‘iladi. Avvalo, har bir kishida mustaqil fikrlash imkon qadar kengroq dunyoqarashni shakllantirish kerak. Buning uchun uning bilim va ma’lumot darajasini oshirish muhim ahamiyatga ega. «Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz fazandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bо‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida ma’fkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki, yoshlarimiz milliy о‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bо‘lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning “da’vati” ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham, ularga о‘z ta’sirini о‘tkaza olmaydi» Insonda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur, bu birinchidan. Mafkuraviy immunitet shaxs ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga hizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimidir. Demak, insonda birinchidan, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish lozim. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun о‘ziga xos xususiyatga ega. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin. “Avesto”da: “Bilim – kо‘zning chirog‘i” deb uqtirilgan. Buning ma’nosi shuki, faqat bilim vositasida inson mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bо‘lishi mumkin. Shu ma’noda mustaqil fikrga va dunyoqarashga ega odam bir yoqlama g‘arazli va zararli fikrlarni farqlay oladi. Bu “Fikrga qarshi faqat fikr tamoyilining mazmunidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «har bir inson hayotida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bо‘lgan ana shunday fikrlarni unib-о‘sib kelayotgan yoshlarning ongiga singdirish ularni hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlash bizning otaona, ustoz-murabbiy, rahbar-rahnamo sifatida, shu muqaddas yurt fuqarosi sifatidagi muqaddas burchimizdir» Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui bо‘lib, butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi Mafkuraviy profilaktika g‘oyaviy bо‘shliqni bartaraf etish biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. Shu bilan birgalikda ma’naviy qashshoqlashuv axborot xurujiga va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi tura oladigan ma’naviy immunitetni zaiflashuviga olib keladi. Har qanday g‘oyaviy - mafkuraviy taxdidga qarshi turadigan ma’naviy immunitetni shakllanishi axloqiy tarbiyani kuchayishiga bog‘liq. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda qonunga rioya qilish, hamda, tartibintizomni о‘rnatish muhim rol о‘ynaydi. Qonunga rioya qilish, adolatni qaror toptirish odamlarda daxldorlik xissi bо‘lishini talab qiladi. Agar odamlarda loqaydlik kayfiyati kuchli bо‘lsa, qonunga rioya qilishni ta’minlash murakkablashadi. Odamlardagi befarklik hissini bartaraf qilish ma’naviyatning yuksalishi bilan bog‘liq. Ma’naviyati yuksak odamning irodasi kuchli bо‘lib, u adolatsizlikka befarq qarab tо‘ra olmaydi. U jamiyatda dahldorlik hissi bilan yashaydi. Shuning uchun jamiyat taraqqiyotiga tо‘siq bо‘ladigan adolatsizlikni bartaraf qilish odamlardagi befarqlik kayfiyatini yо‘qotish demak. Odamlar о‘zlaridagi befarklikdan halos bо‘lib, daxlodorlik hissi bilan yashashlari uchun ma’naviyat yuksalishi lozim. Chunki ma’naviyat inson irodasini mustahkamlaydi iroda esa kuchli ma’naviy immunitetni shakllantiradi. Ma’naviy tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri — odamlardagi befarqlik kayfiyatini yо‘qotishdan iborat. Buning uchun befarklikni sabablarini topish lozim bо‘ladi. Xо‘sh befarqlikni sababi nimada? Befarklikni sababi nodonlik, egoizm va kolonial davr bulib xisoblanadi. Kolonial davr bu asosan sovetlardan keyingi makondagi davlatlarga taallukli. Chunki usha zamonlarda jamiyatda biror bir muammo paydo bulsa u muammoni markaz xal kilishi kerak bо‘lgan. Sovetlarga qadar muammoni podsho hal kilishi kerak bо‘lgan bо‘lsa, sovetlar zamonida Moskva hal qilishi kerak bо‘lar edi. Biz endi mustaqil davlat ekanligimizni anglab olishimiz va unutmasligimiz lozim. Befarklikni sabablaridan yana biri - egoizm ya’ni о‘z manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qо‘yishdir. Agar odam о‘zida egoizmni jilovlay olsa befarqlikdan xalos bо‘lib daxldorlik hissi bilan yashaydi. Boshqacha qilib aytganda u о‘z manfatini jamiyat manfatiga xizmat qildira oladi. Faqat о‘z manfaatini о‘ylab yashaydigan, egoizmi kuchli bо‘lgan odam adolat bilan razolat urtasidagi kurashda befarq bulib yashaydi. Chunki u razolatni tazyikiga uchrab tinchligi buzilishidan qо‘rqadi. Befarqlikni sabablaridan yana biri nodonlik ekanligini tushinish uchun oldin nodonlik nima ekanligini anglab olish lozim. Nodonlik bu bilmaslik. Nimani bilmaslik? Befarklik oqibatida razolat g‘alaba qozonishini, kimningdir huquqlari paymol qilinishini va xuddi shunday holat ertaga о‘zi bilan takrorlanishi mumkinligini bilmaslik. Agar inson befarklik oqibatida kimningdir hukuqlari paymol qilinishini va ertaga shunday holat о‘zi bilan takrorlanishini bilsa, u xech kachon befark bulmaydi. Muammoning murakkabligi shundaki inson oliy ma’lumotli, hatto fan doktori, professor bо‘lishi mumkin, lekin, ayni bir paytda nodon bulishi xam mumkin. Nodon bulmaslik uchun axlokiy tarbiya negizida ma’naviyat yuksalgan bulishi lozim. Axloqqa rioya qilishni ta’minlovchi kuch - bu avvalo jamoatchilik fikridir. Ammo axloq faqat jamoatchilik fikri bilan mavjud emas. Odamning tabiiy tuyg‘ulari va tarbiya jarayonida shakllangan burch hissi muayyan axloqiy xattiharakatga olib keladi. Axloqiy meyorlar yoki tamoyillar odam ongida buyruq shaklida paydo bо‘ladi va kishilarni ezgu ishlar qilishga undaydi, yovuzlikdan, razolatdan asraydi. Bunday buyruqlar «Tuhmat qilma», «Yolg‘on sо‘zlama», «О‘zgalar takdiriga befarq bо‘lma», «Boshiga kulfat tushgan odamga yordam ber», «Zaif, nochor odamlarni qо‘llab-kuvvatla» va shu kabilar bо‘lishi mumkin. Ammo ushbu buyruqlar qandaydir tashqi ta’sirdan emas, balkim insonning e’tiqodidan, ichki sabablar asosida kelib chiqishi lozim. Masalan, «Tuhmat qilma» degan buyrukda bir odam boshqa odamga tuhmat qilmasligiga ijtimoiy zarurat borligini anglab yetishi kerak. Agar odamlar о‘rtasida tuhmat, yolgon gapirish kо‘paya borsa, bunday jamiyat boshqarib bо‘lmaydigan son-sanoqsiz ziddiyatlardan iborat bо‘lib qoladi va muqarrar halok bо‘ladi. Shu о‘rinda Muhammad payg‘ambar (a.v.s.)ning quyidagi hadislarini eslash lozim. Hadisda shunday deyiladi: «Shariatga qarshi borish, ota - onaga itoat qilmaslik va yolgon gapirish, tuhmat qilish gunohi azimdir» 1 . Demak, axloqiy tamoyillar kishi ongida buyruq shaklida paydo bо‘lib, о‘sha buyruqni bajarish uchun ijtimoiy zarurat borligini anglatadi. Ammo biz bu zaruratni burch sifatida idrok etib, shu ishdan kо‘zlangan maqsadni qabul qilamiz va ma’qullaymiz, unga yetish uchun harakat kilishga tayyorligimizni bildiramiz. Shunday qilib, axloqiy meyorlar odamning xatti-harakatini, faqat, obyektiv qoidalar bilangina emas, balki burch, vijdon talablari bilan ham tartibga solib turadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, axloqiy xatti-harakat insoniy jamiyat taraqqiy etib borishi bilan boyib boradi va shuning uchun axloq har doim ham rasm bо‘lgan qoidalarga bо‘ysunavermaydi. Burch tuyg‘usidan kelib chiquvchi tashabbuskorlik, yangilikka intilishlik yoki qahramonona xatti-harakat yangi fikrni, ya’ni axloqiy mezonni vujudga keltirishi mumkin. Masalan, Milliy istiqlol g‘oyasining inson qalbiga singdirilishi unda yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi maqsadida xizmat qiladigan mas’uliyatni shakllantirishi mumkin. Bu mas’uliyat fuqarolarda, ayniqsa, yoshlarda о‘tmish ajdodlari va kelajak avlod oldida javobgarlikni, burchni his qilish tuyg‘usini hosil qiladi. Bunday burch esa odamlarni jamiyat manfaati yо‘lida fidokorona xatti-harakatlarga undaydigan ma’lum bir axloqiy meyorlarni yuzaga keltirib ma’naviy immunitetni mustahkamlaydi. Demokratik davlatdan fuqarolik jamiyatiga о‘tish jarayonida tarbiya jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Chunki jamiyatni tartibga soluvchi ijtimoiy regulyator bо‘lgan axloq о‘z-о‘zidan shakllanmaydi. Biz doimo boy ma’naviy merosimizni, urf-odat, an’analarimizni zamon talablaridan kelib chiqib boyitib borishimiz lozim. Ana shunda biz fuqarolik jamiyati sharoitida yashay oladigan, yetuk fuqarolik munosabati shakllangan va yuksak ma’naviyatga ega bо‘lgan kishilarga ega bо‘lamiz. Bu esa ozod, obod va farovon jamiyat kurishning muhim omilidir. Zamonamiz mohiyati bо‘lgan fuqarolik jamiyatining shakllanishida va xalqimiz hayotini farovon qilishda yuksak ma’naviyat asosiy me’zon hisoblanadi. Yuksak ma’naviyatning shakllanishida esa axloqiy tarbiya asosiy omildir. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» asaridagi g‘oyalarning mazmun-mohiyatini odamlar ongiga va qalbiga singdirish bosh maqsadimiz bо‘lgan farovon jamiyatni kurishga xizmat qiladigan yuksak ma’naviyatni shakllantiruvchi manba bо‘lib xizmat qilishiga ishonamiz. Chunki asarda ma’naviyatning ma’no-mazmuni, hayotimizdagi о‘rni va ahamiyati tо‘liq yoritib berilgan. Buni ma’naviyatga berilgan tugal ta’rifdan ham kо‘rsak bо‘ladi: «Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon - e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir» 1 . Ushbu ta’rifdagi ruxan poklanish va kalban ulgayish g‘oyalari buyuk Ibn Sinoning ulug‘ Tangri inson yuragida ikkita bо‘shliq yaratdi, shundan chap bо‘shligini ruhga о‘rin qilib yaratdi degan sо‘zlari bilan uyg‘unlashib ketganligi uni naqadar tugal va mukammalligini kо‘rsatib turibdi. Jamiyatda ma’naviy immunitetni mustahkamlaydigan axloqiy tarbiyani rolini yanada oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: -Jamiyatni ilm va ma’naviyat boshkargan taqdirdagina tartib, tarakkiyot va farovonlikni ta’minlash mumkin. Ma’naviyat jamiyat tarakkiyotini asosiy sharti bulgan ijtimoiy tartibni о‘rnatishda va har qanday tashqi tahdidga qarshi tura oladigan ma’naviy-immunitetni shakllanishida muxim axamiyatga ega. - Jamiyatda ma’naviyatni qadr topishi hokimiyat tizimida ma’naviyatni yuksalishiga bog‘liq. Hokimiyatni ma’naviy yuksalishi esa saylov jarayonida nomzod kо‘rsatishga ma’naviy salohiyat asosiy mezonlardan biri bо‘lishiga bog‘liq. Chunki ma’naviyatni qadrlash uchun о‘sha odamning о‘zida ma’naviyat yuksak bо‘lishi lozim. - Jamiyatda ma’naviy yuksalish О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarlaridagi g‘oyalarni odamlar ongi va qalbiga singdirilishiga bog‘liq. Bu borada davlat va fuqarolik jamiyati о‘rtasida ijtimoiy xamkorlik alohida axamiyatga ega. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, fukarolik jamiyatini shakllanish jarayonida odamlarning xuquqlari ortishi oqibatida xulqni erkinligi kengayishi va u esa о‘z navbatida tо‘g‘ri yо‘ldan og‘ish holatlarini keltirib chiqarishi ushbu jarayonda ijtimoiy ahlok negizida ma’naviyatni yuksalishini taqozo etadi. Bizning mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ma’naviyatni yuksaltirishga qodir, yetuk ma’naviy salohiyatga ega bо‘lgan xalq va lider mavjuddir. О‘tmishga sadoqat, hozirgi kunga kadr va kelajakka umid bilan karash xalkimiz ma’naviy immunitetini yengilmas kuchga aylanishini muhim omilidir. Download 56.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling