Bajardi: Jumanazarov Xayrullo


Download 56.62 Kb.
bet2/2
Sana07.05.2020
Hajmi56.62 Kb.
#103938
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish




  1. Jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish borasidagi vazifalar. Bugungi kunda Prezidentning ta’biri bilan aytganda “Mafkura poligonlari yadro poligolaridan ham kо‘proq kuchga ega” 15 . Shu bois mafkuravy tazyiq masalasi tobora dolzarblashib bormoqda. Ma’lumki, sovuq urush tugagandan sо‘ng sobiq sovet mafkurasi barham topdi va о‘rnida g‘oyaviy bо‘shliq shakllanish havfi paydo bо‘ldi. Bu esa ma’naviy sohadagi ishlarni jonlantirishni talab etadi. Bugungi kunda jamiyatimiz hayotida mafkuraviy omillarning sezilarli ta’siri mavjudligini bir qarashdayoq sezish mumkin. Dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha xududlaridagi odamlarning о‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni о‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir. Biror-bir hudud yoki mamlakatda paydo bо‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzot ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning mafaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda. Shu ma’noda, “globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir” 1 , - deb ta’rif beradi Prezidentimiz. XX asrning 80-90 yillari va XXI asr bо‘sag‘asiga kelib dunyoning siyosiy manzarasi tubdan о‘zgardi, ikki qutbli dunyo barham topdi. Nisbiy muvozanat buzildi. Dunyodagi ikki qutbning biri bо‘lgan sotsialistik lager tarqalib ketdi. Uning eng katta va totalitar tuzum bо‘lgan asosiy davlati-sobiq ittifoq о‘tmishga aylandi. Bu davlatning о‘rnida mustaqil davlatlar yuzaga keldi. Bu davlatlar о‘z milliy davlatchilik an’analarini tikladi.
    Bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tomoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g‘oyalari ustivordir. Bu tamoyillarga asoslangan ezgu g‘oyalar umuminsoniy manfaatlar orzusi bо‘lgan yorug‘ kelajak uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga ming afsuski, hozirgi vaqtda dunyoning mafkuraviy manzarasida turli vositalar orqali о‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan tajavuzkor millatchilik, shovinizm, neofashizm, irqchilik, diniy ekstremizm kabi siyosiy, kuchlar va oqimlar ham bor. Bunday g‘ayriinsoniy, bugungi g‘oyalar xalqlar boshiga sо‘ngsiz kulfatlar keltirib, insoniyatning tinchligi, osoyishtaligini buzib, odamlar ongiga turli balolar yog‘dirmoqda. Afg‘onistonda 25 yildan ortiq davom etayotgan birodar kushlik urushi, Bolqon mintaqasida mustahkam tinchlik о‘rnatishga haligacha erishilmagani ana shunday bugungi g‘oyalarning ta’siri oqibatidir. XX asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib bordiki, bu jarayondan о‘zini tо‘la ajratib olgan birorta davlat yо‘q deb tо‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bо‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan tо‘liq javob olishimiz mumkin. “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bо‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini kо‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim. Eng yomoni bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni, ayniqsa, yoshlarni о‘zi tug‘ilib о‘sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd bо‘lgan shaxsga aylantirishga qaratilgani bilan xavflidir. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman degan mamlakatlar uning ta’siriga kо‘proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir esa kо‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Globallashuvning turli mamlakatlarga о‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shunday jarayonlarning har bir mamlakatga о‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini о‘rganish lozim. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur о‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodiyoti va madaniyati, ma’naviyatini “tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qо‘yish” bilan barovar bо‘lar edi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari о‘tkazgan va о‘tkazayotgan tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. Bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadidir. Shuning uchun ham Yer yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g‘oyalari sinash maydoniga, mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “...bugungi zamonda mafkuraviy poligonlar yadro poligonlaridan ham kо‘proq kuchga ega” 1 dir. Ana shunday sharoitda xalqning barcha qatlamlariga bnrilayotgan bilimlar obyektiv, voqelikni tо‘liq va tо‘g‘ri aks ettirishi, jamiyat taraqqiyotiga, Vatan va halq manfaatlariga, qadriyatlarni saqlashga xizmat qilishi lozim. Bu boradagi bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bо‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik ustuvor bо‘ladi. Ularni egallagan odam mafkuraviy tajovuzlarga munosib zarba beradi. Bunga erishish jarayoni nihoyatda serqirra bо‘lib, u о‘z mohiyatiga kо‘ra, yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish va ularning yо‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar, g‘oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini о‘z ichiga oladi.

Hozirgi davrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari kuchliroq bо‘lib borayotgan davrdir. Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit’alariga bо‘linishi geografiya darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonnning siyosiy xaritasiga qarab va mavjud davlatlarning chegaralarini xisobga olgan holda ham yer yuzining hududiy bо‘linishini ham bemalol tasavvur qila olamiz. Insoniyat XXI asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. Shu bilan birga, axborot oqimining tezlashuvi davridamiz. Bunga shak-shubxa yо‘q. Ammo tarixda mavjud chegaralarni о‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun sonsanoqsiz urushlar bо‘lgani ma’lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib yorganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan kо‘proq bir davlat ichida, ikki davlat о‘rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bо‘lishi mumkin edi. Tо‘g‘ri, aytaylik, Aleksandr Makedonskiy, Chingizxonning ulkan davlat barpo etish uchun yoki о‘rta asrlardan boshlab Yevropalik istilochilarning boshqa qit’alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari kо‘lami jihatidan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno hodisalar sifatida baholanmog‘i kerakka о‘xshaydi. XX asrda rо‘y bergan ikkita jahon urushida о‘nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada о‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi о‘z maqsadlari yо‘lida о‘zgartirmoqchi bо‘layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Ta’lim-tarbiya tizimida bunday tahdidlarga qarshi kurashda quyidagi vazifalarni asosiy e’tiborni qaratish zarur: Birinchidan, Taraqqiyotga nisbatan xavf-xatarlardan biri buyuk davlatchilik shovinizmidir. Muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan sodir etilayotgan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik, millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish hissi ba’zilarni tark etmayapdi. Uning zararli oqibatlarini, kо‘zlangan maqsad-manfaatlarni, uni amalsha oshirish usul va vositalarini keng tahlil etib borish zarur. Ikkinchidan, milliy suverenitetdan voz kechish hisobiga yagona davlat tuzishni kо‘zlayotgan, xalifalikni tiklashga, uning tо‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar xamon uchraydi. Bu hol aynan millat sifatida о‘zligimizni anglashga yо‘l qо‘ymasligini yashiradilar. Bu g‘oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e’tiqod qilishimizga alohida urg‘u beradilar. О‘zbekiston dunyoviy kо‘p konfessiyali, kо‘p millatli davlat. Undagi taraqqiyot ijtimoiy hamkorlik, milliy totuvlikka bog‘liq ekanini ta’kidlash zarur. Uchinchidan, mafkuraviy profilaktika bilan bog‘liq ma’rifiy chora-tadbirlar tizimini yanada kuchaytirish talab etiladi Tо‘tinchidan, mafkuraviy immunitetni yuksaltirish, uni tashkil etuvchi elementlarni yanada qaror toptirish bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samarasini oshirish ustida tinimsiz ishlash talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari: 1. Karimov I. A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, 1-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1996. 2. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Asarlar, 2-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1996. 3. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Asarlar, 3-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1996. 4. Karimov I. A. Havfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. Asarlar, 6-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1998. 5. Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Asarlar, 10-jild. –T.: «O‘zbekiston», 2002. 6. Karimov I. A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. Asarlar, 13-jild. –T.:«O‘zbekiston», 2005. 7. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.:«Ma’naviyat», 2008. Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, uni O‘zbekiston sharoitida bartaraf etishning yo‘llari va choralari – Toshkent, O‘zbekiston, 2009. 8. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent.: «O‘zbekiston», 2011.
Download 56.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling