Bakalavr mutaxassisligi: milliy g’oya ma’naviyat asoslari huquq ta’limi


Download 62.16 Kb.
bet1/7
Sana22.12.2022
Hajmi62.16 Kb.
#1041931
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tojiyeva Laylo Kurs ishi 310 guruhi


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRISTЕTI
TARIX FAKULTETI


Bakalavr
mutaxassisligi:

MILLIY G’OYA MA’NAVIYAT ASOSLARI HUQUQ TA’LIMI


Ta’lim mutaxasissligi 5111600 -Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim

HUQUQIY MADANIYAT VA HUQUQIY TARBIYA ASOSLARI FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: HUQUQIY MADANIYAT VA HUQUQIY TARBIYA ASOSLARI TARKIBIY QISMLARI TAMOYILLARI

Bajardi: Tojiyeva Laylo
Tekshirdi: Shodiyev Jasur


JIZZAX – 2022
Mavzu: Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari tarkibiy qismlari tamoyillari
REJA:

Kirish. Huquqiy tarbiya haqida .................................................................3
I.BOB. Huquqiy tarbiya haqida umumiy tushuncha
1.1. Huquqiy tarbiya tushunchasi mazmun-mohiyati va asoslari..….………..5
1.2. Huquqiytarbiyaningmaqsadvavazifalari……………………….....…….11
II.BOB. Huquqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari

2.1.Huquqiy tarbiyaning yo’nalishlari va tamoyillari…..………………….19


2.2.Huquqiy tarbiyaning usul, shakl va vositalari………………………….28


Xulosa…………………………………………………….………………..33
Foydalanilganadabiyotlar…………………..…………….………………35

Kirish. Huquqiy tarbiya haqida
Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan faoliyat yig’indisi.
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda ham huquqiy tarbiyaga u haqiqatda sazovor bo’lishi kerak bo’lganidek darajada e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar ediyu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo’nalishining ajratib qo’yilmasligi o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.
O’zbekiston huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo’yilib, bu yo’lda huquqiy tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bian olib borish borasida ko’p qirrali ishlar qilinmoqda. Huquqiy tarbiyali bo’lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda qabul qilishga va huquqiy madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish kerak. Lekin hozirgi paytgacha huquqiy tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari olimlarimiz tomonidan to’laligicha yoritilmagan. Huquqiytarbiyaningkengva tor maonoda ko’rish mumkin. Keng maonodabutunjamoaning, ko’pchilikning ongiga taosir ko’rsatishga qaratilgan tarbiya, tor maonoda esa alohida shaxsga, uning ongiga taosir etishyo’llari tushuniladi.
Huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki shaxs o’z hatti – harakatlarining qonuniy ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o’zini ongli ravishda, huquq normalari rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo’lib hisoblanadi.
Demak, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko’zlagan vashaxsga «guruhshaxslariga» taosir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir.

Download 62.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling