Bandixon tumani xtbga qarashli 6-umumiy oʼrta taʼlim maktabida Navroʼz bayram tadbirini tashkil etish boʼyicha oʼtkazilgan yigʼilish


Download 17.69 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1620367
Bog'liq
6- maktab navro\'z bayonnoma


Bandixon tumani XTBga qarashli 6-umumiy oʼrta taʼlim maktabida Navroʼz bayram tadbirini tashkil etish boʼyicha oʼtkazilgan yigʼilish

BАYONNOMАSI

___”___________2023 yil Obod turmush MFY


Yigʼilish raisi: .S.Muhammadiyev
Kotiba : M.Chorshanbiyeva Katnashdilar:
Barcha pedagog xodimlar, faxriy ustozlar, Obod turmush MFY raisi – S.Jumayeva , Obod turmush uchastka profilaktika inspektori – M.Pardayev, MMIBDOʼ -O.Sherdanov, Targ’ibotchi – Sh.Norboyeva ota-onalar qoʼmita raisi –Bo’ronov A va ota onalar
KUN TАRTIBIDА.
1. Maktabda Navroʼz bayram tadbirini namunali tarzda oʼtkazish

Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori soʼzga chikib bugungi kunda barcha Respublikamiz boʼylab Navroʼz bayram tadbirlari oʼtkazilishi rejalashtirilganligi haqida toʼxtaldi. Shuningdek, Navroʼz bayram tadbirini namunali tarzda oʼtkazish zarur ekanligini eslatib oʼtdi.
Shundan soʼng Obod turmush MFY uchastka profilaktika inspektori M.Pardayev soʼzga chiqib Navroʼz bayram tadbirini tartibli tarzda olib borish, xonadonlarda turli xil kechalar (sumalak, shanbalik, tugʼilgan kun)ni oʼtkazmaslik, tungi vaktlarda oʼquvchilarni bemaqsad yurmasliklarini taʼminlash va bularning zararli oqibatlari haqida oʼquvchilarga tushuntirish kerak ekanligi xaqida oʼz maʼruzasini oʼqib eshittirdi.
Navroʼz bayram tadbirini namunali tarzda oʼtkazish yuzasidan MMIBDOʼ O.Sherdanov soʼzga chiqib, ushbu tadbirni oʼtkazish uchun chora-tadbirlar rejasi tuzish, sinf xonalari va tadbir uchun belgilangan joylarni Navroʼz bayrami ruhiga mos ravishda bezash haqida oʼz fikrlarini bildirib oʼtdi. Yigʼilish qaror qiladi:
1. Maktabda Navroʼz bayram tadbirini oʼtkazish boʼyicha qilingan maʼruzalar maʼlumot uchun qabul qilinsin;
2. Obod turmush uchastka profilaktika inspektori M.Pardayev , MMIBDOʼ – O.Sherdanov oʼqib eshittirgan maʼruzalaridagi topshiriqlar sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin;
3. Navroʼz bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etilsin;
4. Navroʼz bayram tadbirini oʼtkazish uchun chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin;
5. Navroʼz bayram tadbirini oʼtkazishda maktab ishchi gruxi tuzilsin;
6. Yukoridagi buyruqlarni nazorat qilib borish maktab MMIB direktor oʼrinbosari O.Sherdanov va Targ’ibotchi Sh.Norboyeva zimmasiga yuklatilsin.

Maktab direktori: S.Muhammadiyev
Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling