Bank ishi va auditi


Download 461.17 Kb.
bet1/8
Sana09.04.2023
Hajmi461.17 Kb.
#1342916
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim Informatika


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi
TOSHKENT MOLIYA INSTITUT

“Bank ishi va auditi” yo’nalishining 73/22-guruh talabasi Jo‘rabekova Sayyora Mahmud qizi
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: O'zbekistonda mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish tamoyili
Bajardi:Jo’rabekova S.M
Qabul qildi:Asrayev U.

TOSHKENT 2022/2023


REJA:
I K I R I SH
II Asosiy qism
1. Mobil tarmoqlarining tarixi va avlodlari
2. Mobil aloqa tarmoqlari standart texnologiyalari

3. O‘zbekistonda internet tarmog‘i «oxirgi milya» tamoyili


4. O‘zbekistonda mobil aloqa tarmoqlarini rivojlanishi.

III Xulosa
IV Nazorat savollar
V Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

K I R I SH
XX asrning boshlarida to oxirigi qadar har bir telekommunikatsiya xizmati uchun alohida tarmoq infratuzilmasi loyihalandi va qurildi. Foydalanuvchilarga xizmatlar top’lami alohida qurilgan tarmoq infratuzilmalari orqali taqdim etildi, masalan radio, telefon, sputnik, telegraf va boshqalari. 1980 yildan boshlab radio va telefon aloqa tarmoqlari orqali tarqim etilgan xizmatlaridan tashqari kompyuter tarmoqlari va telefon tarmoqlari infratuzilmalariga asoslangan xizmatlar (ISDN) alohida-alohida bo’lib rivojlantirildi. Keyinchalik paketli (IP) texnologiyalarni keng joriy yetish yo’lga qo’yilganidan keyin, har bir xizmatni bitta tarmoq orqali foydalanuvchilarga uzatish imkoniyati ishlab chiqildi hamda foydalanuvchining oxirgi terminallarida ham o’z navbatida ushbu xizmatlarni qo’llab quvvatlash imkoniyati ishlab chiqildi. Bugungi kunda smartfonlar orqali ovozli, matnli, video, radio, mobil TV, online
o’yin, videokonferensiya, faks, telegraf va ko’plab xizmatlarni qo’llab quvvatladi.

Mobil qurilmasini istalgan joyga olib yurish mumkin
Simsiz aloqa tushunchasi- bu jismoniy qurilma degan ma’noni anglatmaydi. Simsiz tarmoq degani mahalliy tarmoq (LAN), global tarmoq (WAN) yoki 4G / 3G uyali tarmoq kabi simsiz tarmoqqa kirish anglatiladi. Ushbu turdagi tarmoqlar aloqa qilish uchun elektr ta'minoti va tarmoq tugunlariga fizik ulanish uchun yaqin masofadagi ba'zi qurilmalarni talab qiladi.
Simsiz tarmoq taqsimlangan tarmoqqa ulanish uchun stasionar yoki portativ oxirgi nuqtani ta'minlaydi. Boshqa tomondan, uyali tarmoq, taqsimlangan tarmoqlarga, yetarli qamrov mavjud bo'lganda, har qanday joyga ko’chib yurish (mobillilikni) imkoniyatini beradigan portativ qurilma orqali tarmoqqa ulanishni ta'minlaydi.


Shu kunga qadar mobil tarmoqlarining bir nechta avlodlari (generation) ishlab chiqildi- 1G, 2G, 3G, 4G, 5G va texnologiyaning rivojlanish evolutsiyasi davom etib kelmoqda. 1G, 2G, 3G, 4G va 5G mobil tarmoqlarning avlodlari bo’lib, ular hozirgi kunda faol ishlatilib kelinmoqda. 5G-besh avlodini anglatadi, bu erda G "avlod" so'zini anglatadi. 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlari avlod raqamini anglatadi. 80-yillarning boshlaridan deyarli har 10 yilda mobil tarmoqlarning yangi avlodi paydo bo'ldi.






Mobil tarmoqlarining tarixi va avlodlari

Aslida, avlodlar har doim muayyan vaqt oralig'ida joylashtirilishi mumkin bo'lgan standartlar guruhlariga asoslanadi. 5G bilan davom ettirish ehtimoli katta, shuning uchun 5G joylashtirilgan bitta nuqta bo'lmaydi, aksincha uning imkoniyatlari aniqlanib, rivojlantirilganidan so'ng bosqichma- bosqich joylashtiriladi.



Download 461.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling