Reklama jarayoni qatnashchilari sifatida reklama agentliklari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: - OAVda buyurtmalar joylashtirib, ularning bajarilishini nazorat qilgan holda OAV bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshiradi;
- • reklama beruvchilardan olingan buyurtmalar asosida reklama mahsuloti yaratadi, ijodiy va texnik mutaxassislar salohiyatidan foydalanib kompleksli reklama kampaniyalari va boshqa reklama tadbirlari rejalarini ishlab chiqadi;
- • reklama beruvchilar va OAV bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi;
- • bosmaxona, studiya, reklama kombinatlari, shtatdan tashqari mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi.
- reklama axborotini tarqatish uchun tayyor shaklga keltirishni to’liq yoki qisman amalga oshiradigan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Reklama tarqatuvchi - reklama axborotini radio va televidenie texnik vositalari, jumladan, aloqa kanallari, efir vaqti va boshqa usullar orqali joylashtirish va (yoki) tarqatishni amalga oshiradigan yuridik yoki jismoniy shaxs.
- Mamlakat bozorida asosiy reklama ishlab chiqaruvchilar va reklama tarqatuvchilar sifatida ishtirok etadigan reklama agentliklarini shartli ravishda to’liq xizmatlar sikliga ega reklama agentliklari va faqat ayrim xizmatlar turlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan agentliklarga ajratish mumkin.
Keng doiradagi reklama xizmatlarini bajaruvchi yirik reklama agentliklari turli mutaxassislarni ma’lum bir bo’limlarga birlashtirishga ehtiyoj sezadi. Ular o’zining ijodiy-ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lishi ham, shtatdan tashqari yuqori malakali ijodiy xodimlardan foydalanishi ham mumkin. Bularning ikkinchisi ko’p sonli bo’linmalar strukturasiga ega bo’lgan kichikroq reklama agentliklari uchun maqsadga muvofiqdir. Odatda bo’lim faoliyati belgilangan funksiyani bajarishga qaratiladi. - Keng doiradagi reklama xizmatlarini bajaruvchi yirik reklama agentliklari turli mutaxassislarni ma’lum bir bo’limlarga birlashtirishga ehtiyoj sezadi. Ular o’zining ijodiy-ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lishi ham, shtatdan tashqari yuqori malakali ijodiy xodimlardan foydalanishi ham mumkin. Bularning ikkinchisi ko’p sonli bo’linmalar strukturasiga ega bo’lgan kichikroq reklama agentliklari uchun maqsadga muvofiqdir. Odatda bo’lim faoliyati belgilangan funksiyani bajarishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |