Barchamizga ma'lumki, soliq tizimi va soliq siyosatining asosini soliqlar tashkil etadi. Soliqlarsiz mamlakatda soliq siyosatini yuritishning imkoni yo'q


Download 17 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi17 Kb.
#161575
Bog'liq
Kirish
НАВРЎЗ БАЙРАМИ, Оралик назорат (1), Mustaqil talim (1), self study 2, self study 2, M.I Dehqonova Kamola, M.I Dehqonova Kamola, 1-mavzu, may21, ETHICAL ISSUES, 1917 yil fevral inqilobi va uning Turkistonga ta’siri (1), 1575126592, ONNyn9UkH5GzT5zRGSMJop8XojOszz0TMJSkimA1, ONNyn9UkH5GzT5zRGSMJop8XojOszz0TMJSkimA1

KIRISH

Barchamizga ma'lumki , soliq tizimi va soliq siyosatining asosini soliqlar tashkil etadi . Soliqlarsiz mamlakatda soliq siyosatini yuritishning imkoni yo'q . Soliq siyosati bo'lmasa iqtisodiy siyosatni davlat miqyosida tasavvur qilish qiyin . Dunyoda hali hech bir davlat yo'qqi soliqlarsiz iqtisodiyotini tashkil qilgan bo'lsin . Tarixan olib qaraydigan bo'lsak , soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chiquvchi davlatning paydo bo'lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog'liqdir Shu o'rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqiylik sifatida yuzaga chiqishini ta'kidlash lozim . Soliq tushunchasi bu tor ma'noda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi .

Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, uni tarkibiy qayta qurish, islohotlar samarasini oshirish borasida bir qator izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Islohotlar asosiy yo'nalishlari sifatida soliq tizimini shakllantirish va takomillashtirish bilan bog'liq bо'lib, bundan asosiy magsad budjeti o'rtasida majburiy to'lovlar bilan iqtisodiy munosabatlarga o'zaro erishishdan iborat. Bu borada soliq siyosatini erkinlashtirish ushbu sohada erishiladigan yutuqlar garovidir. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo'nalishi sifatida soliq siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bеjiz emas.

Iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda mustaqil soliq siyosati ishlab chiqilib, uning taktika va strategiyasi aniqlangan holda izchil takomillashtirilib borilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan milliy soliq siyosatining ustuvor yo' nalishlari belgilab berildiki, uning asosiy maqsadi soliq to'lovchilar va davlat budjeti manfaatlari o'rtasida o'zaro uyg'unlikni ta'minlashga qaratilgan. Bunday uyg'unlikni ta'minlashning eng muhim vositalaridan biri -soliq yukini optimal belgilash va shu tariqa davlat budjetini kerakli miqdorda moliyaviy гesurslar bilan ta'minlagan holda soliq to'lovchilar zimmasidagi soliq majburiyatlari ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta'sir etmasligiga erishishdan iborat.



So'nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarining zimmasidagi solig yuki kamayib, uning oqibatida iqtisodiy o'sishga erishilmoqda. Bu borada Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: «Aytish kerakki, bunday iqtisodiy o'sish, ko'p jihatdan, iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog'liq».

O'zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy islohotlar yo'lini tanlaganidan so'ng, oldimizda mamlakatimizning o'ziga хos хususiyatlarini hisobga olib, boshqa bozor iqtisodiyotiga o'tishdek murakkab jarayonni boshidan kechirgan rivojlangan va rivojrivojlanayotgan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalaridan kelib chiqqan holda mohiyatan yangi soliq tizimini vujudga keltirish vazifasi turadi.
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling