Barglarda organik moddalar hosil bo’lishi -FOTOSINTEZ O'simliklar, ayniqsa, urug’lar tarkibida (uning turiga qarab) har xil miqdorda suv, mineral tuzlar va organik moddalar (kraxmal, shakar, moy va oqsil moddalar) bo‘ladi. Bu organik moddalar o'simliklarning qaysi qismida qanday hosil bo’ladi, degan savol tugatadi. Olimlar ko'pgina tajribalar asosida organik moddalar barg etining hujayralarida va o'simliklarning boshqa yashil organlari hujayralarida hosil borishini aniqlashgan. O'simliklarda quyosh nuri ta'sirida va xlorofill donachalari ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bolishi va havoga kislorod ajralib chiqish jarayonifotosintez deyiladi. Fotosintez-yunoncha so‘z bo‘lib, «fotos»- yorug’lik va «sintez»-qo’shish, birlashtirish degan makoni anglatadi. Ijodiy faoliyatining asosiy qismini yashil o'simliklardagi fotosintez jarayonini o'rganishga bag'ishlagan va fanga oyining munosib hissasini qo'shgan rus olimi A. Timiryazevdir. U oyining «Quyosh, hayot va xlorofill» nomli kitobida fotosintez jarayonini asoslab bergan. O'simliklar suv va unda erigan mineral moddalarni (tuzlarni) tuproqdan ildiz tukchalari orqali so‘rib olishi sizlarga ma'lum. Suv va unda erigan mineral moddalar ildiz bosimi ostida va barg hujayralarining sovishi tufayli dastlab ildiz naychalariga sizib ortadi, so'ngra poyaga, va nihoyat, barg tomirlaridagi naychalar orqali barglarga ortadi. Barg hujayralariga suv bilan bir vaqtda og’izchalar orqali havodan karbonat angidrid gazi kiradi. Barg eti hujayralaridagi xlorofill donachalari ishtirokida va yorug’lik ta'sirida organik moddalar hosil boqadi. Bu jarayonda xlorofill donachalarida karbonat angidrid suv bilan birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |