Barqaror rivojlanish va atrof-muhit musaffoligining asosiy omili


Download 158.46 Kb.
bet1/13
Sana28.12.2022
Hajmi158.46 Kb.
#1011766
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Turdaliyev Husanjon ekalogiya joylash


BARQAROR RIVOJLANISh VA ATROF-MUHIT MUSAFFOLIGINING ASOSIY OMILI
Bugun insoniyatning tabiatga nisbatan salbiy munosabatlari oqibatlariga guvoh bo’lib turibmiz. Uzoq yillar mobaynida tabiatga yetkazilgan ta’sir oqibatida tabiiy muvozanatga putur yetdi. Bugungi kunga kelib esa, insoniyat tamadduni, uning ertangi taqdiri aynan shunday masalalarni hal etishni taqozo qilmoqda. Ayni chog’da ekologik muammolarni hal etishda tejamkor, ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini izchil olib borish yoki sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlar ularni hal etishda yetarli emasligini ko’rsatmoqda. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo’lish, tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish antropogen ta’sirlarning oldini olishda asosiy omillardandir. Bunda ekologik ta’lim-tarbiyaning ahamiyati ham nihoyatda yuqori. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha jabhalar qatorida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida to’laqonli huquqiy-me’yoriy baza yaratildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlar hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, boshqa qator hujjatlar ekologik ta’lim tarbiya tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya fanini o’qitishning majburiyligini ta’minlash mustahkamlab qo’yilgan. Shubhasiz, atrof-muhit musaffoligiga erishish va ekologik muammolarning oldini olishda aholining, ayniqsa, o’sib kelayotgan yosh avlodning ekologik madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga ega. “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKOLOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISh KONЦEPЦIYaSINI TASDIQLASh TO’G’RISIDA”gi 27.05.2019 yildagi 434-son O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining “Oliy ta’lim tizimida ekologik ta’limni takomillashtirish” ga oid 6-bobida  Oliy ta’lim tizimining bakalavriat va magistratura bosqichlarida ekologiya va atrof muhit muhofazasi bo’yicha tegishli o’quv fanlari mazmuni kuchaytiriladi va qo’shimcha mavzular bilan boyitilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Noekologik yo’nalishlarda tegishli o’quv fanlariga ekologiya va atrof muhit muhofazasiga oid mavzular kiritiladi hamda ilm-fanda erishilgan yutuqlar, ekologiya va atrof muhit muhofazasiga oid yangi texnologiya va tadqiqotlar asosida muntazam yangilanib borilishi ta’kidlangan.
Shu maqsadda Toshkent davlat iqtisodiyot universteti bakalavriat bosqichi talabalariga “Ekologik menejment”, “Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” va “Ekologik turizm” singari fanlar xam o’qitilib kelmoqda. Universitet 90 yilligi arafasida mualliflar I.Xotamov, M.Sultonov, A.Yadgarovlarning “Atrof – muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” darsligi chop etildi. Darslikda atrof-muhit muammolari, atrof-muhitni qadrlash, resurslarni taqsimlash: vaqt davomiyligi va qazib olish narxi, energiya bo’yicha qayta tiklanadigan manbaalardan foydalanish, suv resurslaridan samarali foydalanish, yerdan oqilona foydalanish, biologik resurslar va alohida muhofaza qilinadigan hududlar, umumiy hovuz resurslari va baliqchilik, ekotizim tovarlari va xizmatlari, tabiatga tahdid solish, ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti, umumiy nuqtai-nazar, havoning mahalliy va mintaqaviy ifloslanishi, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo’jaligini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Darslik oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida tahsil oluvchi barcha ta’lim yo’nalishi talabalari, ilmiy-tadqiqot bilan shug’ullanayotgan tadqiqotchilar hamda sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishlari uchun xizmat qiladi degan umiddamiz. Shuningdek, Shonazarova Gulora Baxtiyarovnaning “Ekologik menejment” darsligi chop etildi. “Ekologik menejment” dolzarb ekologik ilmiy-amaliy vazifalarning maqbul yechimini topishga yo’naltirilgan zamonaviy fanlardan biri. Bu fan talabalarni globalizasiya sharoitida iqtisodiy-ekologik hayotni boshqarishning murakkab va tez o’zgaruvchan xususiyatlarini tog’ri tushunib olishiga, ushbu sohada xilma-xil axborotlarni tahlil qilishni o’rgatishga, ekologik boshqaruvning hozirgi ilmiy-amaliy darajasi bilan tanishtirishga yo’naltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining tarixi O‘zbekiston avvalgi tuzumdan Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik inqirozni, aholi salomatligi va atrof-muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, suv va yer resurslarini yo‘qotgan yerlarni meros qilib oldi. 1980 yillar oxirida O‘zbekistondagi ekologik muammolar shunchalik kuchayganki, Respublika hukumatining 1988 yil aprel oyida qabul qilgan qarorida davlatning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari viloyatlar (tumanlar), shuningdek Toshkent shahri tashkil qilingan davlat organlari maxsus yechim bo‘lgan. Ekologik xavfsizlik sohasida davlat boshqaruvini tubdan yaxshilash maqsadida va respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik sharoitni yaxshilash, chiqindilarni atrof-muhitga zararli ta’sirini oldini olish va aholi salomatligi, aholi turmush tarzi sifati va darajasini oshirish uchun qulay sharoit yaratish, chiqindilar bilan ishlash tizimini uzoq vaqt mobaynida yaxshilash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi № PF-5024 «Ekologiya va atrof-muhit sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi № PF-2915 «O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashki etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Davlat ekologiya qo‘mitasi) ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarish sohasida davlat organi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi qo‘mitalari, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahrining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy boshqarmalaridan tashkil topgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya qo‘mitasi qoshida va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, tumanlar atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘linmalarida, «Toza Hudud» davlat unitar korxonasining shaharlar va shuningdek, respublika tumanlarida maishiy chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchastkalari asosida tuman hokimliklarining obodonlashtirish bo‘limlari tuzildi.Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qulay ekologik vaziyatni barqaror ta’minlash, hududiy birliklarning samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasining maqsadlariga muvofiqlashtirish hamda davlat boshqaruvida ma’muriy islohotlar kontseptsiyasi doirasida davlat boshqaruvining samaradorligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida quyidagilar tuzilgan:
– Biologik xilma-xillik va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va yuridik shaxsni tashkil qilmasdan chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, yo‘qotish, qayta ishlash, ko‘mib tashlash va yo‘q qilish nazorati inspektsiyasi bazasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorati inspektsiyasi;
– Respublika ixtisoslashtirilgan sanitariya tozalash korxonalari assotsiatsiyasi;
– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi va billing tizimi asosida davlat unitar korxonasi shaklida ekologik axborot markazi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimediyani joriy etish. Davlat ekologiya qo‘mitasi qoshida O‘zbekiston ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ilmiy-tekshirish instituti, O‘zbekiston ekologik qo‘mitasi, «Eko-Energiya» Ilmiy-innovatsion markazi, Ilmiy-Axborotlar markazi kabi bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati mamlakat ekologik xavfsizligini va atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning atrof muhitga zararli ta’sirini oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bir qator xalqaro konventsiyalar va tegishli rivojlanish protokollari ratifikatsiyalariga qo‘shildi:
– Ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha Vena konventsiyasi (18/05/1993 y.);
– Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo‘yicha Monreal protokoli (18/05/1993 y.);
– London Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga o‘zgartirishlar kiritish (01/05/1998 y.);
– Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga Kopengagen o‘zgartirish (01/05/1998 y.);
– Transchegaraviy suv oqimlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha BMTning YTK konventsiyasi;
– Tabiiy muhitga ta’sir etuvchi harbiy yoki boshqa dushmanona maqsadlardagi vositalaridan foydalanilishini taqiqlanishiga oid Konventsiya (05/26/1993 y.);
– Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Asosiy konventsiya (20/06/1993) (Kyoto protokoli, 1999 y.);
– Jiddiy qurg‘oqchilik va / yoki cho‘llanishga uchragan mamlakatlarda,ayniqsa Afrikada,cho‘llanishga qarshi kurash konventsiyasi (31/08/1995 y.);
– Xavfli chiqindilarning transchegaraviy harakatlarini nazorat qilish va ularni yo‘q qilish bo‘yicha Bazel konventsiyasi (12/22/1995 y.);
– Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konventsiya (06/05/1995 y.);
– Butunjahon madaniy va tabiiy merosini himoya qilish konventsiyasi (22.12.1995 y.);
– Yo‘qolib borish xavfidagi yovvoyi fauna va floraning xalqaro savdosi bo‘yicha konventsiyalar (25/04/1997 y.);
– Ko‘chmanchi yovvoyi hayvonot turlarini saqlash konventsiyasi (01/05/1998 y.);
– Suv-botqoq hududlari bo‘yicha asosan, qushlarning yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga molik Ramsar Konventsiyasi (08/30/2001 y.).
– Parijda iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi shartnoma (19/04/2018 y.).
Atrof-muhitni muhofaza qilish va rivojlantirish bo‘yicha Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi (Rio-de-Janeyro, 1992-yil), BMTning Ming yillik deklaratsiyasi (Nyu-York, 2000-yil), Barqaror rivojlanish bo‘yicha Yoxannesburg deklaratsiyasi (Yoxannesburg, 2002-yil), shuningdek BMT barqaror rivojlanish bo‘yicha konferensiyasining Rio-20 “Biz istagan kelajak” yakuniy hujjati prinsiplari va tavsiyalariga amal qilgan holda, Tomonlar davlatlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlik qilishdagi umumiy manfaatlarini inobatga olib, quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:

Download 158.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling