Baxtiyor ziyoli oila


Download 30 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi30 Kb.
#1188447
Bog'liq
BAXTIYOR ZIYOLI OILA


BAXTIYOR ZIYOLI OILA

Serqirra ijodkor Ortiq Ali Behutov 1983-yil, 19-martda Yakkabog‘ tumanidagi Minjir qishlog‘ida, ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi – Suyun Behutov ham ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, ijtimoiy-tarbiyaviy maqolalar muallifi. Ortiq Ali Behutov Yakkabog‘ tumanidagi 13-son umumta’lim maktabini bitirib Nizomiy nomidagi TDPUning o`zbek tili va adabiyoti fakultetida talaba bo`ldi. Talabalik davridayoq(2018) “Odob asli ne erur?” she’riy to‘plami nashrdan chiqdi. Universitetning bir qancha ilmiy to‘plamlarida maqolalari nashr qilindi. Bular, “Noodatiy birikmalar badiiyati, Rauf Parfi she’riyati misolida”, “Islom nuri” gazetasida “Hayo vasfi”, “Hidoyat” jurnalida “Afv vasfi” kabi maqolalari hamda turli gazetalarda badiiy-adabiy maqolalari hamda she’rlari bilan muntazam qatnashib kelmoqda.


Shundan so‘ng “Hisor tongi” (2016) va “Istiqlol sadolari”(2019) nomli kitoblari “Tafakkur” nashriyotida chop etildi. 2021-yilning yozida “Ma’rifat yog`dusi” nomli elektron(APK) kitobi ham muxlislar e’tiboriga havola qilindi. 2021-yilning kuzida esa Qashqadaryo XTB bosh metodisti Sevin Ochilov va betakror shoirimiz Lochin Elmuhammad hammuallifligida nashr etilgan “Qashqadaryolik xalq ta’limi fidoyilari” kitobiga ham tarjimayi holi hamda ijod namunalari bilan faxrli ustozlar safida kiritildi.
Ustozlari avvalo, padari buzrukvori hamda maktabda, kollejda hamda universitetda shoirga saboq bergan tabarruk zotlar – Abdulla Oripov, O`tkir Hoshimov, Xudoyberdi To`xtaboyev, Tursunboy Ochilov, Cho`li Rahmatov, Najmiddin Komilov, Fayzullaxo`ja Nabiyev, Hamidjon Hamidov, Ziyoda Masharipova, Karomat Mullaxo`jayeva, Hakim Sattoriy, Mavlon Sultonov va Kamol Fayzullayevlar hayot va ijod yo`llarida doimo yo`lchi yulduz bo`lib kelmoqdalar. “Oltin uzukka olmos ko‘z” deganlaridek ijodkorning turmush o‘rtog‘i – Sarvinoz Xo‘janazarova ham tajribali boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi. Baxtiyor ziyoli oila hozirda Yakkabog‘ tumanidagi 103-umumta’lim maktabida birgalikda mehnat qilishmoqdalar. Kasbiy hamkorlik, tafakkur mosligi natijasi o‘laroq Ortiq Ali Behutov va Sarvinoz Xo‘janazarovalar har ikkalasi ham oliy toifali ustoz maqomini egallashdi. Bu oilaning muvaffaqiyatlari boisi, avvalo, ota-onalari hamda xalqining duolarini olganlaridadir.
Padari buzrukvorlari ham pedagog bo‘lgan bu oila otalari kasbini egallab kam bo‘lishmadi. Bir-biridan ajoyib kitoblari, xalq xizmatidagi shogirdlari, suxandonligi, ta’lim-tarbiyadek savobli ishlarda kamarbastaligi bilan dovruq qozonishmoqda, elning duolarini olishmoqda. Hozirda baxtiyor ziyoli oila – Ortiq Ali Behutov va Sarvinoz Xo‘janazarova bilan ikki qiz va bir nafar o‘g‘il farzandlarini voyaga yetkazib, tarbiya qilmoqdalar.
Lochin ELMUHAMMAD
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling