Baxtli kelajakni mard, oliyjanob,bag'rikeng halqimiz bilan birga quramiz. Baxtli kelajakni mard, oliyjanob,bag'rikeng halqimiz bilan birga quramiz


Download 279.59 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi279.59 Kb.

Termiz Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti Fizika ta'lim yo'nalishi 201-guruh talabasi Do'stboyev Jahongirning O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi va Fuqarolik jamiyati fanidan tayyorlagan taqdimoti Termiz 2020

Baxtli kelajakni mard, oliyjanob,bag'rikeng halqimiz bilan birga quramiz.

Baxtli kelajakni mard, oliyjanob,bag'rikeng halqimiz bilan birga quramiz.

SH.M. MIRZIYOYEV

Korrupsiyaga qarshi kurash-Fuqarolik jamiyati rivojlanishining ustuvor sharti

REJA:

1.Korrupsiyaning salbiy oqibatlari.

2.Fuqarolik jamiyatini shakillantirishda korrupsiyaning salbiy ta'sirlari.

3.Xarakatlar strategiyasi davlat dasturida korrupsiyaga berilgan ta'rif.


1. Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga

jiddiy putur etkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi,

pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar

xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib,gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Ushbu illatga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 13 oktyabrdagi "Korrupsiyaga qarshi" Konvensiyasini ratifikatsiya qildi, shuningdek, "Birlashgan Millatlar Tashkilotining ''Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida korrupsiya va poraxo‘rlik haqida to‘xtalib, “Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi

davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fukarolarning xuquq va erkinliklari jiddiy

tarzda buzilishiga olib keladi.''Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir”degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot

va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi” deb

ta’kidlagan edilar

Korrupsiya o‘zi nima? Korrupsiya bu – mansab, mavqeidan shaxsiy maqsadlarda

foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona

iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat

xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora

olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi.

Ammo, umuman olganda,mansabdor shaxslargina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham

korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora emas, balki boshqa narsalar

evaziga o‘z ehtiyoj va manfaatlarini ham amalga oshirishlari mumkin. Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos

psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa.

Korrupsiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi “Transparency International” tashkilotining ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda dunyoda ko‘plab jinoyatlarga sabab bo‘layotgan nafs balosi, ya’ni korrupsiya va poraxo‘rlik natijasida yiliga bir trillion dollardan ortiq mablag‘

o‘zlashtirilar ekan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining oldida turgan eng global

muammolardan biri sanalgan korrupsiyaga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida

muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilgan. Xususan, 2005 yil

dekabr oyida kuchga kirgan "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasi global doirada qabul qilingan

xalqaro-huquqiy hujjat bo‘lib, uning loyihasi ikki yil davomida 130 dan ortiq davlatlar

ishtirokida muhokama etilgan.

2.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch”

asarida shunday ta’kidlaydi: “Biz o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, yangi taraqqiyot yo‘liga

qadam qo‘yganimizdan so‘ng xalqimizning xohish-irodasi, asriy orzu-intilishlariga tayangan

holda, sho‘ro davridan og‘ir meros bo‘lib qolgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimini tubdan isloh

qilish, uning o‘rnida mohiyat e’tibori bilan butunlay yangi – erkin bozor munosabatlariga

asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etishga azmu qaror qildik”

Lekin,taassufki, “Har bir davlat tarixida yangi ijtimoiy sifat holatiga o‘tish, afsuski, korrupsiya va noyatchilik kabi jirkanch hodisa bilan birga yuz bergan''.

Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga

ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga

parchalanishi natijasida vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo

bo‘lishidan oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”.

Siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni

o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat

qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv

ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish

maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi.

Bu esa mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib

bo‘lmaydigan zarar etkazadi.Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos

solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan o‘tish davrida

korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir.Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.

Jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi.Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga

salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini

obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni

qo‘msash hissini tug‘diradi.Hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat

uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir.

Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari

bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida

fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat

ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi.Ayni vaqtda qonunchilar, huquqni qo‘llovchilar va nazariyachilarning butun sa’y harakatlari korrupsiya tushunchasiga ta’rif berish va uning asosiy turlarini aniqlashga qaratilgan.

3.Fuqarolarning davlat tuzilmalari bilan munosabatlari jarayonida qonunlarga rioya etilishi yoki etilmasligi ''fuqaro - davlat'' munosabatlarining butun bir tizimdagi ijtimoiy adolat qoidalarining holatini belgilab beradi.Davlatimiz rahbari SH.M. Mirziyoyev ta'kidlab o'tganidek, «qonun talablarini bajarmayotgan rahbar va mansabdor shahslarni nafaqat ma'muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortish lozim».

Bu esa,o'z navbatida, rahbar va mansabdor shahslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan qonunlarga zid hatti-harakatlarni oldini olishga xizmat qiladi.Bu borada O'zbekiston Respublikasining«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi»gi qonuni (2017 yil 3 yanvar) ham muhim ahamiyat kasb etadi.Zero,«qonun ustuvorligini ta'minlash har bir mutasaddi rahbar va ayniqsa,huquq-tartibot idoralarining dolzarb vazifasi bo'lib qolishi kerak».

Mamlakatimizda "Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risidagi''gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma'qullangan.Prezident tomonidan 2017 yil 3 yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan kuchga kirdi.Qonun 34 moddadan iborat.

Xulosa qilib aytganimizda, Korrupsiya – davlat amaldorlari yoki o‘zga xizmatchilar pora evaziga og‘dirilishi va shu asosda ular o‘z xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki muayyan guruh

manfaatlarda foydalanishi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisa.Yuqorida bu salbiy illatning oqibatlarini ko‘rib o‘tdik. Korrupsiyaga qarshi kurash olib



bormas ekanmiz, u tobora chuqur ildiz otib boraveradi.

E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 279.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling