Baxyaqator hosil bo‘lish jarayonida iplar chalishish xarakteriga qarab tikuv mashinalari ikki guruhga bo‘linadi


Download 172.6 Kb.
Sana22.11.2021
Hajmi172.6 Kb.
#176547
Bog'liq
Baxyaqator hosil bo


Baxyaqator hosil bo‘lish jarayonida iplar chalishish xarakteriga qarab tikuv mashinalari ikki guruhga bo‘linadi:
moki baxyali tikuv mashinalari;
– zanjirsimon baxyali tikuv mashinalari.

Gazlamada igna hosil qilgan qo‘shni teshiklar orasida iplar


chalishuvining bitta tugallangan davri qo‘lda bajarilgan bo‘lsa, qaviq
deyiladi, mashinada bajarilgani esa baxya deyiladi. Ketma-ket takrorlangan baxyalardan baxyaqator, qaviqlardan esa qaviqqator hosil
bo‘ladi.
Mashinada bajarilgan baxyaqator iplarining chalishishiga qarab
mokili va zanjirsimon turlarga bo‘linadi. Òikuvchilik sanoatida kiyim
tikishda moki baxyaqator eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, u ikki ipli
bitta yo‘lli moki baxyaqator (12-a rasm) va ikki ipli siniq baxyaqator (12-b rasm) bo‘ladi.
Moki yordamida hosil qilingan baxyaqator ikkita ipdan iborat
bo‘ladi. Ustki ip «igna ipi» deyiladi, chunki u igna ko‘zi bilan
birga material orqali o‘tadi. Pastki ip «moki ipi» deyiladi, chunki
u mokidagi naychadan chiqadi. Bu iplar material o‘rtasida chalishadi. Bitta yo‘lli baxyaqatorda baxyalar birin-ketin joylashgan
bo‘ladi.
Moki baxyaqatori kam cho‘ziluvchanligi va puxtalik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun moki baxyasi bilan tikuvchi mashinalari asosan qattiq va mustahkam gazlamalarni tikishda qo‘llaniladi.




Zanjirsimon baxyaqator hosil qilib tikuvchi mashinalar cho‘ziluvchan, trikotaj gazlamalarni tikishga va kiyim detallarini vaqtinchalik birlashtirishga mo‘ljallangan.

Zanjirsimon baxyaqatorlarning iplari gazlama yuzasidan chalishadi.


Ikki ipli moki baxyaqator bilan uch ipli zanjirsimon yo‘rmash baxyaqatori birga bajarilishi ham mumkin (rasm) yoki bir yo‘lli baxyaqatorlardan ikki ipli zanjirsimon baxyaqator bilan uch ipli zanjirsimon yo‘rmash baxyaqatori birga bajarilishi mumkin


Download 172.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling