Bekor o'tirguncha, bekor ishla. Bekordan xudo bezor


Download 20.38 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi20.38 Kb.
#1138291
Bog'liq
mehnat maqollar


Bekor o'tirguncha, bekor ishla.

Bekordan xudo bezor.

Bekorchidan — bemaza gap.

Bekorchidan el bezor
So'zidan ko'ngil ozar.


Bersang — olasan, eksang — o'rasan.


Betashvish bosh qayda, 
Mehnatsiz osh qayda.


Bir qo'llab eksang, 
Ikki qo'llab o'rasan.

Birni birov beradi, 
Ko'pni — mehnat.


Birovning bergani — ko'rgulik, 
Mehnatning bergani — to'ygulik.


Gapni oz so'zla, 
Ishni ko'p ko'zla.


Daraxt yaprog'i bilan ko'rkam, 
Odam — mehnati bilan.


Yer — ona, suv — ota, 
Mehnat — boylik.


Yer egasi bo'lma, mehnat egasi bo'l.


Yomg'ir bilan yer ko'karar, 
Mehnat bilan — el.


Ish bor yerda osh bor.


Ishlagan yerni yashnatar, 
Ishlamagan — qaqshatar.


Yigit degan er bo'lar, 
Mehnat ko'rsa, sher bo'lar.


Ketmon chopdim — non tishladim.


Kindik qoning to'kilgan joyda joning bor, 
Mehnat qilgan yerda moling bor.


Kishi bersa — ko'rimli, 
Mehnat bersa — to'yimli.


Kumushdek ter to'ksang, 
Gavhardek dur olarsan.


Mehnat baxt keltirar.

Mehnat bilan yer ko'karar, 
Duo bilan — el.


Mehnat, mehnatning tagi — rohat.


Mehnat qancha og'ir bo'lsa, 
Keti shuncha shirin bo'lar.


Mehnat etsang erinmay
To'yar qorning tilanmay.


Mehnat qilib topganing, 
Qandu asal totganing.


Mehnatning ko'zini topgan 
Boylikning o'zini topar.


Oz yesang, ko'p yashaysan, 
Mehnat qilsang, ko'p oshaysan.


Oltin o'tda bilinar, 
Odam — mehnatda.


Og'zingni ko'kka ochma, 
Halol mehnatdan qochma.
Himmat — elning tayanchi, 
Mehnat — rohat quvonchi.


Hurmating — savlating, 
Mehnating — davlating.


Loafers: Bizga dangasalikka davo bering, chunki men qila olaman, lekin men xohlamayman.
Apteka: Chivin chaqishidan xushbo'y ishqalanish bor,
Hapşırma, yutish uchun aralashma bor - va sog'lom bo'ling
O'chokli dori bor, lekin dangasalik uchun dori yo'q.
Dangasa odam: Ushbu vosita imkon qadar tezroq ixtiro qilinsa yaxshi bo'lardi,
Shunday qilib, bolalikdan barcha dangasalar buni qabul qilishlari mumkin
Agar bu dori paydo bo'lsa, men ikkita paket sotib olardim.
Yo'q, ikkita emas, balki uchtasi kerak, demang.
Apteka: Kim soatga qarab yashashni biladi va har soatni qadrlaydi,
Uni ertalab o'n marta uyg'otishingiz shart emas.
Va u turish uchun juda dangasa ekanligini aytmaydi,
Jismoniy mashqlar qiling, qo'lingizni yuving va to'shakni yig'ing.
U o'z vaqtida kiyinishga, yuvinishga va ovqatlanishga vaqt topadi,
Va qo'ng'iroq chalinguncha, maktab stoliga o'tiring.
Bolalar, nima deb o'ylaysiz, dangasalikka davo kerakmi?(Yo'q, bu odamning o'ziga bog'liq)
Rasmga qarang.(dangasa odam tasviri)
Sizningcha, u kim? Dangasa odam qanday ko'rinishga ega?

Madaniyat yuksakligi doimo to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnatga muhabbat bilan bog‘liqdir.
M. GORKIY

Madaniyat qanchalik yuksak bo‘lsa, mehnat shunchalik yuksak qadrlanadi.
V. ROSHER

Mehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosi bo‘lgan.
A. S. MAKARENKO

Hamma narsa mehnat sharofatidandir. Hamma narsa — inson mehnatidan, tarixning shiori shu.
D. I. MENDELEYEV

Hayotda hech narsa mashaqqatli mehnatsiz qo‘lga kiritilmaydi.
GORATSIY

Biz yashayotgan dunyo so‘z bilan emas, balki faoliyat, mehnat bilan yaralgan.
M. GORKIY


Qilayotgan ishingni sevishing kerak, ana shunda mehnat — hatto eng og‘ir mehnat ham — ijodga aylanadi.
M. GORKIY

Dildan mehnat qilgan odam har qanday ishni ham san’at darajasiga ko‘taradi.
N. G. CHERNISHEVSKIY


Zo‘r berib mehnat qilinmasa, na iste’dod va na daho tug‘iladi.
D. I. MENDELEYEV

Ulug‘ kishilarni mehnat yetiltiradi.
SENEKA

Shon-sharafga olib boradigan yo‘l mehnatda.
PUBLILIY SIR
Odamzodning irodasi, mehnati, hayratomuz ajoyibot yaratur!
N. A. NEKRASOV

Doimiy mehnat san’atning ham, hayotning ham qonunidir.
O.BALZAK

Inson tabiatida chuqur ildiz otgan ehtiyojlardan biri — ko‘ngil istagan ishni tanlash va uni rang-barang qilishga intilishdir.
A. BEBEL


Kimgaki ish bo‘ldi qanoat fani, bilki, ani qildi qanoat g‘aniy.
A. NAVOIY


Hech bir millat toki yer haydash ham — doston yozishdek munosib ish ekanligini tushunib yetmas ekan, u yuksaklikka ko‘tarilolmaydi.
B. VASHINGTON

Oyog‘ida tik turgan dehqon tiz cho‘kkan oliftadan ming bora afzal.
B. FRANKLIN

Birdan-bir chinakam davlat inson mehnatidir.
A. FRANS

Mehnat chinakam olijanoblikning yagona unvonidir!
R. ROLLAN


Inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, mehnat qilishi, terga botib ishlashi kerak, uning yashashdan maqsadi, baxti va hayajonlari ham ayni shu mehnatda mujassamlashgan.
A. P. CHEXOV



Download 20.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling