Belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Download 264.55 Kb. Pdf ko'rish
|
5Goqmv0zXBSVoc7du6qeSDoeKnk4NjgNhBzT9HVm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent 3-Mavzu: Fanda baholash topshiriqlarining ahamiyati Reja
- Normann VEBB
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2O22” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha “FIZIKA FANIDA O‘QUVCHILARNI BAHOLASH USULLARI” o‘quv kursining “Fanda baholash topshiriqlarining ahamiyati” mavzusida ma’ruza matni Ma’ruzachi: Shukurova Zarifa Xaitmuratovna Toshkent 3-Mavzu: Fanda baholash topshiriqlarining ahamiyati Reja: 1. Baholash - o‘qitish samaradorligini o‘lchash imkonidir. 2. O‘quvchilar bilim teranligining baholashning 4 ta darajasi. 3. Baholash topshiriqlaridan namunalar. “O‘quvchilarning olgan bilimlarini baholash orqali davlat ta’lim standartlariga muvofiq olinishi kerak bo‘lgan bilimlarga qay darajada mos kelishini aniqlaydi.” Normann VEBB O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi. Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotiar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealaming keying rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilaming bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilarning bilimini baholaganda uning og‘zaki javobini, uy vazifasini qay daraja bajarilganligini, yangi ma’lumotlarni o‘rganishdagi faolligini, mustaqil va yozma-amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim. Shuning bilan birga masalalar yechishdagi faolligini ham kuzatib baho qo‘yish mumkin. O‘quvchilarning yozma ishlarini baholashda fizik termin va kattalik nomlarining to‘g‘ri yozilishini, ishlarning sistemali va bartartib bajarilganligini ham nazarda tutish lozim. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda, javobning ijobiy va salbiy tomonlarini o‘quvchilarga aniq ko‘rsatib berish shart. O‘quvchilarning bilimi besh balli sistema bilan baholanadi. Besh – javob to‘liq, to‘g‘ri, o‘quvchi asosiy faktik materiallarni biladi, asosiy ilmiy tushunchalarni egallagan, fizik aloqadorlikni tushunadi va misollar keltiradi; formula va boshqa ma’lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan ishlashning izchil usullarini biladi; ulardan mustaqil foydalana oladi. O‘quvchilarning, xususan, o‘quv masalalarni yechishda ijodiy yodashishi, eng yangi fizik voqealardan xabardorligi rag‘batlantiriladi. To‘rt – javob to‘liq va to‘g‘ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tunushchalarni aniqlashda, fizik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o‘qituvchining qo‘shimcha savollari asosida osongina to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan noaniqliklarga yo‘l qo‘yadi. Uch – javob to‘g‘ri, o‘quvchi asosan materialni tushunadi, ammo tushunchalarni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi. Ikki – javob noto‘g‘ri, asosiy faktik materialni, fizik qonuniyatlarni bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi; darslik bilan ishlay olmaydi. Bir – og‘zaki javob yoki yoki amaliy ish natijasi yo‘q. Download 264.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling