Belgilash usuli


Download 397.5 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi397.5 Kb.
#1546933
  1   2   3   4
Bog'liq
Mаъруза5


MA’RUZA-5
Diskret signal elementlarni ro‘yxatga olish (registratsiya qilish) usullari


Reja:

5.1. Umumiy tushunchalar.


5.2. Belgilash usuli.
5.3. Integral usulda ro‘yxatga olish.


Kalit so‘zlar
ro‘yxatga olish; belgilash, integral.

Ro‘yxatga olish deb qabul qilish manziliga kelgan xar bir elementar impulsni ma’lum pozitsiyasini tiklashga aytiladi. Bu opertasiya diskret modulyasiyaga qarama-qarshi operatsiyadir va u kelgan signallarni axborotga aylantirishning birinchi bosqichidir.


Qabul qilingan har bir impulsni individual tarzda ro‘yxatga olish amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olishning qiyinchiligi shundaki, qurilmaning kirishidagi impulslar aloqa liniyalarida turli xil xalaqit qiluvchi omillarga ta’siriga uchragan va ularning davomiyligi va shakli buzilgan bo’ladi.
Ro‘yxatga olish uchun quyidagilarni bilish kerak:

  • uzatish manzilida qo‘llanilgan modulyasiya turini, ya’ni qaysi ma’lumotli ko‘rsatgich deb “1” olingan, qaysinisi uchun “0” olingan.

  • Qanday tezlik bilan impulslar kirish qurilmasiga kelib tushadi yoki boshqa so‘z bilan ayitganda diskret modulyasiya tezligini.

Ro‘yxatga olish jarayonida birlik intervalda qaysi signalning ma’lum pozitsiyasi (“0” yoki “1”) qayd qilinishini aniqlash kerak. Undan tashqari har bir elementar impulsning ideal davomiyligini qayta tiklash lozim. Bugungi kunda ro‘yxatga olishning ikki usuli mavjuda va ular quyidagilardir [2,3]:

  • belgilash (strobirovanie) asosida ro‘yxatga olish usuli

  • integral ro‘yxatga olish usuli



5.1. Belgilash usuli
Bu usulning moxiyati shundan iboratki, qabul qiliniyotgan impulsning qayta tiklanayotgan elementar impulsning ma’lum pozitsiyasi birlik interval ichida bir martta olingan axborot ko‘rsatkichining natijasi asosida aniqlanadi va bu natija butun birlik intervalga tadbiq qilinadi.
Bu usulda to‘g‘ri ro‘yxatga olish shartlari quyidagilar:

  1. Ro‘yxatga olish (namuna olish) vaqti tp elementlar impuls vaqtidan (birlik intervaldan) t0 ko‘p martta kam bo‘lishi lozim, ya’ni tp << t0 . Amliyotda jamlagich elementlarining o’z xolatini o’gartirish vaqti orqali aniqlanadi. Bu vaqt elektromexanik qurilmalar uchun tp =0.1* t0 , elektron qurilmalar uchun esa tp =10-6 * t0 va undan kamni tashkil qiladi.

  2. Ro‘yxatga olish xar bir impuls uchun t0 davr bilan amalga oshirilishi kerak, ya’ni Tрег= t0 . Qabul qilish qurilmasida ro‘yxatga olish impulslar ketma –ketligi t0 davr bilan ishlab chiqarilishi kerak. Bu impluslarni kirishni taqsimlash qurilmasi ishlab chiqaradi.

  3. Ro‘yxatga olish momenti ideal birlik intervalning o‘rasita amalga oshirilishi kerak, ya’ni xr = t0 / 2 . Buning sababi qabul qilinayotgan impulslar ko‘rsatgichlari buzilishlari uning o‘rtasida kam sodir bo‘ladi.

4.1 - rasmda belgilash usuli bo‘yicha impulslarni registratsiya qilish jarayonini tushuntiruvchi vaqt diagrammasi keltirilgan.



4.1-rasm

v)

b)

a)

4.1-a rasmda t0 davr bilan kirish liniyasidan tushayotgan bir qutubli impulslar ko‘rsatilgan. Shtirx qilingan maydonlarda impuls buzilishlari (chetlarining o‘zgarishi yoki maydalanishi) ko‘rsatilan. 4.1-b rasmda esa ideal birlik interval o‘ratasida namuna olish momenti tp ko‘rsatilgan. 4.1-v rasmda impulsning qayta tiklanishi ko‘rsatilgan. Birinchi vaqt intervalida qabul qilinayotgan impuls tok impulsi shaklida ko‘rsatilgan, bu esa bir qutubli modulyasiyada ma’lum “1” pozitsiyasiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli “1” (bir) qabul qilinganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Bu xolat keyingi namuna olish natijasigacha amal qiladi. Tрег = t0 vaqt o’tgandan so’ng yana namuna olinadi va uning natijasi bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Ko‘rilayotgan misolda ikkinchi birlik vaqt intervalida toksiz impuls qabul qilingan. Shuning uchun bu intervalda “0” ma’lum pozitsiyasi ro‘yxatga olindi deb qaror qabul qilinadi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki bu usulda ro‘yxatga olishda, ya’ni birlik intervalning o’rtasida namuna olinganligi sababli kirishdagi impulslar buzilishlarga duchor bo‘lganiga qaramasdan qayta to’g’ri tiklangan.
Shuni takidlash kerakki, bu usulda ro‘yxatga olishda ipulslar kirishdagi impulslarga nisbatan t0 / 2 siljigan vaqt bilan ro‘yxatga olinadi.

Belgilash usulining texnik amalga oshirish 4.2 - rasmda ko‘rsatilgan. Ro‘yxatga olish qurilmasi ikki kirishga ega bo‘lgan mos keluvchi (VA &) mantiqiy sxemalardan iborat bo‘ladi. Ularning soni qabul qilinayotgan kod kombinatsiyasi elementlari (impulslar) soniga teng bo‘ladi. & sxemalaring birinchi kirishi o‘zaro parallel ulangan va kirish qurilmasdan kelayotgan ro‘yxatga olinishi zarur bo‘lgan impulslar ketma-ketligiga ulanadi. Ikkinchi kirishiga Tрег = t0 davr bilan kirish taqsimlovchisidan navbat bilan namuna olish impulslar ketma-ketligi tushadi. Agar kirishga mantiqiy “1” (tokli impuls) tushsa, VA & sxemasi chiqishida mantiqiy “1” xosil bo‘ladi va jamg‘arish qurilmasida impuls ro‘yxatga olinadi. Agar kirishga mantiqiy “0” (toklsiz impuls) tushsa, bunda (VA & sxemasi chiqishida mantiqiy “0” xosil bo‘ladi va kirish jamg‘arish qurilmasida toksiz impuls (“0”) ro‘yxatga olinadi.


Ma’lum pozitsiyalarni qayta tiklash juda kichik vaqt davomidagi tp namuna asosida amalga oshirilgani uchun impulslarni tiklash kirishga tushayotgan impulslarga nisbatan siljishi yuzaga keladi. Uning ruxsat etilgan qiymati quyidagicha aniqlanadi

Download 397.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling